Rojiy (xattot)
Rojiy, Sulaymonqul usta Suyarqul oʻgʻli (1871 — Qoʻqon — 1924.11.11) -shoir, xattot. Qoʻqon madrasalarida tahsil koʻrgan. R. ishqiy gʻazallar, satirik sheʼrlar, taʼrixlar yozgan. Ularda samimiy muhabbat ulugʻlangan, Birinchi jahon urushi voqealari aks etgan, insonning jamiyatda tutgan oʻrni va qadrqimmatiga baho berilgan. 880 misra sheʼr, 400 dan ortiq maqol va hikmatli soʻzlarni oʻz ichiga olgan "Zarbulmasal" asarida shoirning gumanistik hamda didaktik qarashlari, davrning ijtimoiy masalalariga munosabati aks etgan. P. 20-asr vaqtli matbuotida ham faol qatnashgan. Jumladan, M. Behbudiyning "Oyna" jur.ida uning 2 ta sheʼri bosilgan. R. Navoiyning "Majolis unnafois" va "Hamsat ulmutahayyirin" asarlarini koʻchirgan. R. asarlaridan baʼzilarini oʻz ichiga olgan, Abdulmajid Kotib tomonidan tuzilgan qoʻlyozma bayoz Qoʻqondagi Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot muzeyida saqlanadi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |