Rosatom
Moskvaning Bolshaya Ordinka koʻchasidagi Rosatom bosh ofisi | |
Turi | Davlat kompaniyasi |
---|---|
Tarmogʻi |
Yadro energetikasi Shamol energetikasi Vodorod energetikasi |
Qachon asos solingan | 1-dekabr, 2007-yil[1] |
Asoschi(lari) | Vladimir Putin qonun imzolash orqali[2] |
Direktori | Aleksey Lixachev |
Mahsulot(lar)i |
Atom reaktori Yadro yoqilgʻisi Uran qazib olish Uranni boyitish Yadroviy ishdan chiqarish Yadro tibbiyoti Shamol energetikasi Vodorod yoqilgʻilsi Qoʻshimcha ishlab chiqarish Kompozitlar |
Daromadi | ₽1,207.4 mlrd[3] |
Aylanma daromadi | 967 400 000 000[4][5] |
Boyligi | ₽4,722.4 mlrd[3] |
Ishchilar soni | 276,100[3] |
Vebsayti | rosatom.ru |
Rosatom (ruscha: Росатом), Rosatom yadro energiyasi davlat korportasiyasi, Davlat atom energiya korporatsiyasi Rosatom yoki Rosatom davlat korporatsiyasi, bosh ofisi Moskvada joylashgan Rossiya davlat korporatsiyasi boʻlib, u atom energetikasi, yadroviy energetik boʻlmagan tovarlar va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan[6]. 2007-yilda tashkil etilgan va 350 dan ortiq korxonalarni, shu jumladan, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, yadro qurollari majmuasi va dunyodagi yagona yadroviy muzyorar flotini oʻz ichiga oladi[7].
Tashkilot Rossiyaning eng yirik elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi boʻlib, 215,746 TVt / soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi, bu mamlakatning umumiy elektr energiyasining 20,28% ni tashkil qiladi. Korporatsiya xorijda atom elektr stansiyasi qurish boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi, global yadro texnologiyalari eksporti boʻyicha 76% ulushga egalik qiladi. 2020-yil dekabr holatiga koʻra, 12 mamlakatdagi turli xil qurilish bosqichidagi 35 ta AESni Rosatom quryapti[8]. Kompaniya asbob-uskunalar, yadroviy tibbiyot uchun izotoplar ham ishlab chiqaradi, tadqiqotlar olib boradi va moddiy izlanishlar olib boradi. U, shuningdek, superkompyuterlar va dasturiy taʼminot hamda turli yadroviy va yadroviy boʻlmagan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Rosatom qayta tiklanadigan energiya va shamol energetikasini yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Rossiyada Kursk-2 AESda ikkita atom elektr stansiyasi qurilmoqda, Kola AESda yana 2 ta agregat qurish rejalari eʼlon qilindi[9]. Rosatom jahon bozorida 38% ulushga ega va 2019-yilda uranni boyitish boʻyicha global xizmatlar (36%) boʻyicha yetakchilik qiladi va global yadro yoqilgʻisi bozorining 16% ni qoplaydi[10][11][12].
Davlat korporatsiyasi davlat nomidan Rossiyaning atom energiyasidan foydalanish va yadroviy materiallarni tarqatmaslik sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish vakolatiga ega[6]. Rosatom ITER va FAIR kabi yirik loyihalarda ham ishtirok etadi.
2021-yil fevral holatiga koʻra, Rosatomning umumiy portfel buyurtmalari 250 milliard dollarga yetdiref>„Rosatom's 10-year foreign order portfolio at about $140 bln“. Interfax.com. Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.</ref>[13]. 2020-yilgi korporativ hisobotga koʻra, uning 10 yillik xorijiy buyurtma portfeli 138,3 milliard dollarni tashkil etdi, daromadi esa 7,5 milliard dollarga yetdi. Yangi mahsulotlar uchun 10 yillik buyurtmalar portfeli ₽1602,1 mlrd, daromadi esa ₽261,1 mlrdni tashkil etdi[14][15].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashkil etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turli vazifalarni bajargan bir qancha sovet va rus hukumat idoralari Rosatomning oʻmishdoshlari sanaladi[6]. 1953-yil 26-iyunda Ministrlar Soveti Yadro quroli dasturi boʻyicha birinchi bosh boshqarmani Oʻrta mashinasozlik vazirligiga (MinSredMash) aylantirdi. Vazirlikka fuqarolik yadro energetikasi dasturini ishlab chiqish topshirildi. 1989-yilda Minsredmash va Atom energetika vazirligi birlashib, SSSR Yadro muhandisligi va sanoat vazirligini tashkil qildi[16][17].
Rossiya Federatsiyasi Atom energiyasi vazirligi (ruscha: Министерство по атомной энергии Российской Федерации yoki qisqacha Minatom) 1992-yil 29-yanvarda, Sovet ittifoqi parchalanganidan keyin SSSR Yadro muhandisligi va sanoat vazirligining Rossiya qismlari vorisi sifatida tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan vazirlik ittifoq boʻlimiga qarashli boʻlgan korxonalarning 80% ini, shu jumladan, 28 ta blokdan iborat 9 ta AESni oʻzida birlashtirdi. Bu nom ostida vazirlik 2004-yil 9-martgacha mavjud boʻlib, oʻshanda Atom energiyasi boʻyicha Federal agentlikka aylantirildi[16][17].
2007-yil 1-dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Kengash tomonidan qabul qilingan qonunni imzoladi, unga koʻra, Atom energiyasi boʻyicha Federal agentlik tugatilib, uning vakolatlari va aktivlari yangidan tashkil etilgan „Davlat atom energiya korporatsiyasi Rosatomga“ oʻtkazildi. Oʻsha yilning 12-dekabrida agentlik davlat korporatsiyasiga aylanyirildi[16][18]. 2015-yilda kompaniyaning daromadi 126 milliard rublni tashkil qildi[19].
Xalqaro bozorlardagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000—2015-yillarda Rosatom „atom elektr stansiyasi qurilishi, reaktori va yoqilgʻi bilan taʼminlash, foydalanishdan chiqarish va chiqindilarga oid barcha xalqaro shartnomalarning qariyb yarmida yetkazib beruvchi boʻlgan[20].“ Rossiya yadroviy energetika diplomatiyasi orqali turli mamlakatlar bilan turli diplomatik aloqalarga ega[21]. 2023-yil holatiga koʻra 54 davlat bilan rasmiylashtirilgan kelishuvning qandaydir shakli mavjud boʻlsa-da, Rossiya tomonidan qurilgan atom elektr stansiyalari boʻyicha baʼzi rejalar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin bekor qilingan[20].
Shamol energiyasiga sarmoyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilda Rosatom qayta tiklanadigan sanoatda tannarxning tez pasayishi yadro energetikasi uchun raqobatbardosh tahdidga aylanishiga ishonib, shamol energetikasiga sarmoya kiritishga qaror qildi va shamol turbinasi qurishni boshladi. Rosatom yadro eksporti imkoniyatlari tugab borayotganidan ham xavotirda edi. Oktyabrda Rosatom Rossiyada yangi atom stansiyalarini ishga tushirishni kechiktirish masalasini koʻrib chiqayotgani va yangi yadroviy elektr narxi mavjud stansiyanikidan yuqori ekanligi haqida xabar bergan edi. Rossiya hukumati „Dogovor Postavki Moshnosti“ (DPM) deb nomlangan qoʻllab-quvvatlash shartnomalari boʻyicha yangi yadroviy energiyani qoʻllab-quvvatlashni qisqartirishni koʻrib chiqmoqda, bu esa ishlab chiquvchilarga 20 yil davomida isteʼmolchilardan toʻlovlarni oshirish orqali investitsiyalarni qaytarishni kafolatlaydi[22][23][24].
2017-yilgi ruteniy shlyuzidagi tortishuvlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uran-235 boʻlinishining qoʻshimcha mahsuloti boʻlgan ruteniy yadroviy monitoring obyektlari tomonidan yadroviy avariya koʻrsatkichi sifatida foydalaniladi[25]. 2017-yil oktyabrda butun Yevropa boʻylab koʻplab laboratoriyalar tomonidan ruteniy-106 shleyfini aniqladi. Rosatom oʻzining yadroviy obyektlarida suv oqishi yoki avariya sodir boʻlganini rad etdi va shleyfga yoʻldosh qayta kirishi bilan yonib ketganligi sabab boʻlgan, deb taxmin qildi[26]. 2019-yilgi tadqiqot yoʻldosh gipotezasini rad etdi. Bir nechta kuzatuv obyektlaridan olingan havo namunasi maʼlumotlarini tahlil qilib, olimlar plyajning eng koʻp ehtimolli sababi ruteniyni seriy-144 ga qayta ishlashga urinish paytida yongʻin yoki portlash ekanligini aniqladilar[26]. Rosatom oqish yoki portlash borligini inkor etishda davom etmoqda.
Boshqa voqealar (2017–2020)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil 28-iyunda Financial Times Rosatomni „Kreml nazoratidagi kompaniya“ sifatidagi roli orqali ekspansionistik kun tartibiga nisbatan shaffoflik yoʻqligida tanqid qildi[27]. 2018-yil 20-martda bu tanqidni Bellona jamgʻarmasi taʼkidlab oʻtdi va u Rosatomning Sudandagi faoliyati haqidagi maʼlumotlar kamligiga eʼtibor qaratdi[28].
2020-yil 20-avgustda Rosatom Rossiya yadro sanoatining 75 yilligini nishonladi. Bayram doirasida Rosatom oʻzining „Birlashgan Rosatom“ rebrending kampaniyasini boshladi, buning natijasida yadro sanoatidagi shoʻba korxonalar Rosatomning Möbius logotipidan foydalanishga majbur qildi. 2020-yilda Rosatom oʻz daromadini 2030-yilga kelib ₽4 trlnga yetkazishni maqsad qilib qoʻydi, uning 40% biznesning yangi yoʻnalishlaridan, birinchi navbatda, barqaror texnologiyalarga eʼtibor qaratiladi[29][8][30]. 2020-yilda Rosatom 100 ta yangi biznes sohalariga, jumladan, yadroviy tibbiyot, kompozitlar, shamol energiyasi, vodorod, chiqindilarni boshqarishga yoʻnaltirilgan yangilangan strategiyani tasdiqladi[3].
2022-yilgi Ukrainaga bosqin
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilgi Rossiya bosqinidan keyin Ukrainani qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar Rosatom va uning shoʻba korxonalariga sanksiyalar joriy qildi. 2023-yil 24-fevralda Birlashgan Qirollikning Tashqi ishlar, hamdoʻstlik va taraqqiyot idorasi Rosatom va uning rahbarlariga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri sanksiyalar kiritdi[31]. AQSh Gʻaznachilik boshqarmasi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish departamenti Rossiyaning uglerod tolasi yetkazib beruvchilariga qarshi kurash doirasida 14024-sonli Ijroiya qaroriga muvofiq, Rosatomning Rossiya va Chexiyadagi uglerod tolasi ishlab chiqaruvchi UMATEX shoʻba kompaniyalari guruhini sanksiyaga qoʻshdi[32]. Demokratiyalar mudofaa jamgʻarmasi AQShda Rosatomga butunlay taqiq qoʻyishni tavsiya qiladi. Unda aytilishicha, Rosatom tomonidan AQSh va Yevropa manbalaridan olingan jami daromad 2023-moliya yilida taxminan 2 milliard dollarni tashkil etgan va bu qabul qilinishi mumkin emas[33]. Yevropa Ittifoqi qitʼada egallab turgan nufuzi tufayli Rosatomni sanksiyalashga jur’at eta olmaydi[34], garchi Yevroparlament 2023-yilning 2-fevralidayoq sanksiyalar qoʻllashga chaqirgan edi[35][36].
2022-yil 24-fevralda Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Chernobil AESni egallab olgandan soʻng keyingi ikki kun ichida Rosatom xodimlari stansiyaga ruxsatsiz kirishga muvaffaq boʻlishdi, ukrainalik xodimlarga tahdid qilishdi va stansiyadan qoʻllanmalar, tartiblar va boshqa hujjatlarni talab qilishdi[37].
2022-yil 12-martdan beri[38] Rossiya qurolli kuchlari Zaporojye atom elektr stansiyasini egallab olganidan beri, Rosatom xodimlari stansiya egasi Energoatom ruxsatisiz u yerga kirishga va baza oʻrnatishga kirishdi. Rosatom muhandislari zavod faoliyati boʻyicha hujjatlar va qoʻllanmalarni talab qilishdi. Rosatom vakilining taʼkidlashicha, uning xodimlari AESda zavod xavfsizligini taʼminlash uchun hozir boʻlib, uni boshqarish yoki xavfsizlik bilan shugʻullanmaydi[39].
2022-yil 29-sentyabr kuni Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikka Ukraina elchisi Rosatom Ukrainadan Rossiyaga egalik huquqini oʻzgartirishni amalga oshirish uchun Zaparojye AESga qoʻshimcha amaldorlarni yuborgani va zavod xodimlariga Rosatom bilan ishlash uchun ariza topshirish uchun ikki hafta muhlat berishini aytdi. Gʻarb OAV Bloombergga koʻra, Zaparojye AESga egalik qilishiga ruxsat berish tarixdagi eng katta yadroviy oʻgʻirlikni anglatadi[40].
2023-yil iyul oyida yozilgan inshoda Rosatom 15 mamlakatdagi 78 ta energetik reaktorni yonilgʻi bilan taʼminlagani va global yadro yoqilgʻisi bozorining uchdan biridan koʻprogʻiga ega ekanligi yozilgan edi. Cameco, Orano va ConverDyn raqobatchilar sifatida qayd etilgan[41].
Korporativ boshqaruvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kuzatuv kengashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rosatomning eng yuqori ijroiya organi Kuzatuv kengashi boʻlib, u toʻqqiz kishidan, xususan Raisdan iborat. Kengashga 2005-yildan beri Sergey Kiriyenko raislik qiladi. Kengashning boshqa aʼzolari quyida keltirilgan[42]:
- Igor Borovkov – Harbiy-sanoat komissiyasi apparati rahbari
- Larisa Brichyova- Rossiya prezidenti yordamchisi
- Aleksey Lixachev – Rosatom bosh direktori
- Andrey Klepach – Iqtisodiy taraqqiyot vaziri oʻrinbosari
- Sergey Korolev – Federal xavfsizlik xizmatining iqtisodiy xavfsizlik boʻyicha direktori
- Aleksander Novak – Rossiya Energetika vaziri
- Yuriy P. Trutnev – Rossiya prezidentining Uzoq Sharq federal okrugidagi vakili
- Yuriy V. Ushakov – Rossiya prezidenti yordamchisi
Boshqaruvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rosatomning strategiyalari, siyosati va maqsadlari oʻn toʻrt kishi, xususan Bosh direktordan iborat Boshqaruv tomonidan belgilanadi. Boshqaruvga 2016-yildan beri Bosh direktor Aleksey Lixachev rahbarlik qiladi[43].
- Aleksey Lixachev – Rosatom bosh direktori
- Ivan Kamenskix – Bosh direktorning yadro qurollari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
- Kirill Komarov – Bosh direktorning korporativ rivojlanish va xalqaro biznes boʻyicha birinchi oʻrinbosari
- Aleksandr Lokshin – Bosh direktorning operatsiyalarni boshqarish boʻyicha birinchi oʻrinbosari
- Nikolay Solomon – Bosh direktorning korporativ vazifalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari va moliya direktori
- Konstantin Denisov – Bosh direktorning xavfsizlik boʻyicha oʻrinbosari
- Sergey Novikov – Davlat kotibi – Bosh direktorning davlat vakolatlari va budjet ijrosi boʻyicha oʻrinbosari
- Nikolay Spasskiy – Bosh direktorning xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari
- Oleg Kryukov – Radioaktiv chiqindilar, ishlatilgan yadro yoqilgʻisi va yadroviy foydalanishdan chiqarish boʻyicha davlat siyosati direktori
- Andrey Nikipelov – Atomenergomash bosh direktori
- Sergey Obozov – Rosatom ishlab chiqarish tizimi direktori, Rosenergoatom direktorlar kengashi aʼzosi
- Yuriy Olenin – Bosh direktorning innovatsiyalarni boshqarish boʻyicha oʻrinbosari
- Andrey Petrov – Rosenergoatom bosh direktori
- Yuriy Yakovlev – Bosh direktorning atom energiyasidan mudofaa foydalanishda davlat xavfsizligi siyosati boʻyicha oʻrinbosari
Bosh direktor
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rosatomning yagona ijro etuvchi organi kundalik faoliyatni boshqaradigan Bosh direktor hisoblanadi. 2005-yilda Rossiya yadro sanoatini boshqargan Sergey Kiriyenko Rosatom tashkil etilganidan to 2016-yil 5-oktyabrda Iqtisodiy rivojlanish vazirining sobiq oʻrinbosari Aleksey Lixachevga almashtirilgunga qadar uning bosh direktori boʻldi[44].
- Sergey Kiriyenko (2007-yil 1-dekabr – 2016-yil 5-oktyabr)
- Aleksey Lixachev (2016-yil 5-oktyabrdan beri)
Jamoatchilik kengashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rosatom Jamoatchilik kengashi yadro energetikasidan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash uchun fuqarolik tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Kengashning vazifalari:
- Rosatom faoliyati haqida jamoatchilik xabardorligini oshirish
- Fuqarolik tashkilotlarini yadro energetikasi boʻyicha siyosat ishlab chiqishga jalb qilish
- Yadroviy masalalarni keng jamoatchilik bilan muzokaralar olib borish
- Manfaatdor tomonlar bilan samarali muloqot qilish.
Kengash aʼzolari[45]:
- Aleksey Lixachev – Rosatom bosh direktori, Jamoatchilik kengashi raisi
- Aleksandr Lokshin – Bosh direktorning operatsiyalarni boshqarish boʻyicha birinchi oʻrinbosari
- Sergey Baranovskiy – Rossiya Yashil Xoch prezidenti, Rossiya Ekologik kongressi raisi, Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari
- Rudolf Aleksaxin – ROSATOMning „Proriv“ loyihasining yetakchi ekologi
- Rafael Arutyunyan – Rossiya fanlar akademiyasining Atom energiyasini xavfsiz rivojlantirish instituti direktorining birinchi oʻrinbosari
- Valeriy Bochkarev – Yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik federal markazining radiatsiyaviy xavfsizlik boʻlimi boshligʻi
- Natalya Davidova – „Ekologik loyihalar boʻyicha konsalting instituti“ direktori
- Mark Glinskiy – Gidrospetsgeologia Geologiya xizmati bosh direktorining birinchi oʻrinbosari
- Vladimir Grachev – ROSATOM Bosh direktori maslahatchisi, Rossiya Yadro, sanoat va atrof-muhitni tartibga solish federal organi (Rostexnadzor) bilan jamoat kengashi raisi
- Aleksandr Xarichev – Mahalliy hamjamiyat bilan aloqalar boʻlimi rahbari, ROSATOM Bosh direktori maslahatchisi (Jamoatchilik kengashi kotibi)
- Viktor Ivanov – Rossiya tibbiyot akademiyasi Tibbiy radiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktorining oʻrinbosari, Rossiya Federatsiyasining radiatsiyaviy himoya komissiyasi raisi
- Valeriy Menschikov – Rossiya Ekologik siyosat markazi bilan kengash aʼzosi
- Oleg Muratov – Rossiya yadro jamiyati shimoli-gʻarbiy boʻlimining mas’ul kotibi, Ekologiya, inson va tabiat xavfsizligi akademiyasining aʼzosi
- Aleksandr Nikitin – Bellona jamgʻarmasi raisi (Sankt-Peterburg ofisi)
- Vladimir Ognev – Atom sanoati va energetika faxriylarining mintaqalararo jamoat harakati raisi
- Natalya Shandala – Burnazyan federal tibbiy va biofizika markazi bosh direktori oʻrinbosari
- Yuriy Tebin – Moskva viloyati Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti
- Albert Vasilev – Dollejal energetika ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti bosh ilmiy xodimi
- Valeriy Vasilyev – Krasnodarsk oʻlkasi fuqarolar yigʻini aʼzosi, Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik kengashi
- Andrey Vajenin – Chelyabinsk viloyat klinik onkologik davolash markazi bosh shifokori, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir aʼzosi
- Yan Vlasov – Roszdravandzor huzuridagi Bemorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoat kengashi raisi, Bemorlar jamoat tashkilotlari Butunrossiya ittifoqi hamraisi
- Sergey Javoronkin – Murmansk viloyatidagi Yadro xavfsizligi boʻyicha jamoat kengashi kotibi
- Yelena Yakovleva – „Yadroviy texnologiyalar va atrof-muhit xavfsizligi“ xalqaro jurnali bosh muharriri, Rossiya yadro jamiyati Internet-loyihasi rahbari
- Sergey Yudintsev – Rossiya fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, Rossiya fanlar akademiyasi ruda konlari geologiyasi, petrografiya, mineralogiya va geokimyo instituti radiogeologiya va radiogeoekologiya laboratoriyasi mudiri[46]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Putin ratifies law on formation of Rosatom“. 2011-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „World Nuclear Association - World Nuclear News“.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „ГОСУДАРСТВЕННАЯ КОРПОРАЦИЯ ПО АТОМНОЙ ЭНЕРГИИ «РОСАТОМ» ИТОГИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ 2020“ (ru-RU).
- ↑ (unspecified title) — С. 12.
- ↑ (unspecified title) — Expert RA.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Szulecki, Kacper; Overland, Indra (April 2023). "Russian nuclear energy diplomacy and its implications for energy security in the context of the war in Ukraine" (en). Nature Energy 8 (4): 413–421. doi:10.1038/s41560-023-01228-5. ISSN 2058-7546.
- ↑ Manaranche, Martin „Russia Signs Contract to Build World's Largest Nuclear-Powered Icebreaker“. Naval News (2020-yil 4-may). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ 8,0 8,1 Astrasheuskaya, Nastassia. „Russia's Rosatom seeks to tap global transition to low-carbon fuels“. Financial Times (2021-yil 20-iyun). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ „Kola II construction to start in 2028 : New Nuclear - World Nuclear News“. world-nuclear-news.org. Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ „About us“. rosatom.ru. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
- ↑ Patel, Sonal „Pressure on U.S. Nuclear Power Could Mount if Sanctions Imposed on Russian Uranium“. POWER Magazine (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
- ↑ Nouvelle, L'Usine (2022-04-13). "Pourquoi le nucléaire russe n'est pas visé par les sanctions occidentales" (fr). L'Usine Nouvelle. https://www.usinenouvelle.com/article/pourquoi-le-nucleaire-russe-n-est-pas-vise-par-les-sanctions-occidentales.N1992997.
- ↑ „Rosatom claims its foreign business will double over the next five years“. Bellona.org (2019-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ „STATE ATOMIC ENERGY CORPORATION ROSATOM. PERFORMANCE IN 2019“. 2022-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
- ↑ „Портфель зарубежных заказов "Росатома" на 10 лет превысил $100 млрд“ (ru-RU). Interfax.ru (2014-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 Росатом (Wayback Machine saytida 2014-12-19 sanasida arxivlangan) // РБК Инновации.
- ↑ 17,0 17,1 Отечественный локомотив экономического прогресса (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) // Деловая газета. — Декабрь 2010. — С. 66—67.
- ↑ „Putin ratifies law on formation of Rosatom“. www.world-nuclear-news.org. Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.
- ↑ „Госкорпорация "Росатом"“ (ru). www.rusprofile.ru. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
- ↑ 20,0 20,1 Szulecki, Kacper; Overland, Indra (2023). "Russian nuclear energy diplomacy and its implications for energy security in the context of the war in Ukraine" (en). Nature Energy 8 (4): 413–421. doi:10.1038/s41560-023-01228-5. ISSN 2058-7546.
- ↑ Szulecki, Kacper; Overland, Indra (April 2023). "Russian nuclear energy diplomacy and its implications for energy security in the context of the war in Ukraine" (en). Nature Energy 8 (4): 413–421. doi:10.1038/s41560-023-01228-5. ISSN 2058-7546.
- ↑ Foy, Henry. „Rosatom powers through nuclear industry woes“ (2017-yil 28-iyun). Qaraldi: 2017-yil 2-iyul.
- ↑ Cottee, Matthew. „China's nuclear export ambitions run into friction“ (2017-yil 2-avgust). Qaraldi: 2017-yil 6-avgust.
- ↑ „Rosatom considers delaying reactor commissioning“. Nuclear Engineering International (2017-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 6-noyabr.
- ↑ Fore, Meredith. „A Strange Radioactive Cloud Likely Came From Russia“. Wired (ingliz (Amerika)). ISSN 1059-1028. Qaraldi: 2023-07-14.
- ↑ 26,0 26,1 Howes, Laura. „What caused a plume of radioactive ruthenium in Europe in 2017?“. Chemical & Engineering News (2019-yil 29-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
- ↑ Foy, Henry „Rosatom powers through nuclear industry woes“. Financial Times (2017-yil 28-iyun). Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Rosatom reportedly offering unlikely floating nuclear power deal to Sudan“. Bellona.org (2018-yil 20-mart). Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Rosatom chief outlines commercial vision“. World Nuclear News (2017-yil 8-mart). Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ „Rosatom marks 75th anniversary of Russian nuclear industry : Corporate - World Nuclear News“. www.world-nuclear-news.org. Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.
- ↑ „New sanctions ban every item Russia is using on the battlefield“. GOV.UK. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
- ↑ „Targeting Key Sectors, Evasion Efforts, and Military Supplies, Treasury Expands and Intensifies Sanctions Against Russia“. U.S. Department of the Treasury. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
- ↑ Stricker, Andrea. „Ending Dependence on Russia's Nuclear Sector“. Foundation for Defense of Democracies (2024-yil 18-fevral).
- ↑ „Why EU sanctions don't include Russian nuclear industry“. Deutsche Welle (2023-yil 19-iyul).
- ↑ „Texts adopted - Preparation of the EU-Ukraine Summit - Thursday, 2 February 2023“.
- ↑ „EU Sanctions Against Russia: Coherence and Efficiency during the Large-Scale Invasion of Ukraine. A Ukrainian Assessment“.
- ↑ „Inside Chernobyl: We stole Russian fuel to prevent catastrophe“. BBC News (2022-yil 9-aprel). Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.
- ↑ „Rosatom participates in raiding of Zaporizhia NPP – Energoatom head“.
- ↑ Parkinson, Drew Hinshaw and Joe. „Russians Hunt for Spies at Ukrainian Nuclear Power Plant“. Wall Street Journal (2022-yil 17-iyun). Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
- ↑ „Russia Forcing Ukraine Workers Into Rosatom After Nuclear Theft“ (2022-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
- ↑ Farbar, Kateryna. „Why Russia's nuclear energy company Rosatom has avoided sanctions“. openDemocracy (2023-yil 31-iyul).
- ↑ „Supervisory Board“. www.rosatom.ru. Qaraldi: 2018-yil 14-fevral.
- ↑ „Management Board“. www.rosatom.ru. 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-fevral.
- ↑ „Director General“. rosatom.ru. 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-fevral.
- ↑ „Public Council“. www.rosatom.ru. 2020-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-mart.
- ↑ „Public Council“. www.rosatom.ru. 2020-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.