Rossiya Buyuk Gersoginyasi Catherine Mikhailovna
Rossiya Buyuk Gersoginyasi Catherine Mikhailovna | |
---|---|
Buyuk Gertsog Catherine Mixaylovna, 1850-yil, Karl Timoleon fon Neff | |
Tavalludi |
28-avgust 1827-yil |
Vafoti |
12-may 1894-yil (66 yoshda) Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Dini | Rus pravoslav |
Turmush oʻrtogʻi | |
Bolalari | 5 |
Otasi | Grand Duke Michael Pavlovich of Russia |
Onasi | Princess Charlotte of Württemberg |
Rossiya Buyuk Gertsogi Catherine Mikhailovna (ruscha: Великая Княжна Екатерина Михайловна 1827-yil 28-avgust — 1894-yil 12-may) — Rossiyaning Buyuk Gertsogi Mixail Pavlovich (imperator Paul I ning kenja oʻgʻli) va Vyurtemberg malikasi Sharlottaning (nikohdan keyin Buyuk Gertsog Elena Pavlovna nomini olgan) besh qizining uchinchisi edi. U Meklenburg-Strelitz gertsogi Georg Avgustga turmushga chiqqan. U buyuk xayriyachi edi va u qoʻllab-quvvatlagan va yaratgan koʻplab xaytiya tashkilotlari bugungi kunda ham faoliyat yuritmoqda[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Catherine 1827-yil 28-avgustda Rossiya imperiyasining Sankt-Peterburg shahrida ota-onasining asosiy qarorgohi boʻlgan Mixaylovskiy saroyida tugʻilgan[2]. U Rossiyaning Buyuk Gertsogi Mariya Mixaylovna va Rossiya Buyuk Gertsoginyasi Yelizaveta Mixaylovnaning singlisi, Rossiya Buyuk Gertsogi Aleksandra Mixaylovna va Rossiya Buyuk Gertsogi Anna Mikhailovnaning opasi edi. Onasi qizlarini juda yaxshi koʻrgan, u bolalarini nisbatan qattiqqoʻllik bilan tarbiyalagan va chet tili, qoʻshiqchilik, rasm chizish kabi fanlardan oʻqituvchilarni shaxsan oʻzi tanlagan[3]. Afsuski, Anna va Aleksandra bolalikda, Elizabeth va Maria esa atigi bir yil farq bilan 1845-yil va 1846-yillarda vafot etgan[4]. Shuningdek, 1846-yilda Catherine keyinchalik oʻz nomi bilan atalgan Sergievsky dragun polkining „boshligʻi“ boʻlgan, ammo 1851-yilda polk tarqalib ketgan. 1856-yilda u „Imperator janoblarining Dragun polki, Buyuk Gertsogi Catherine Mikhailovna“ nomi bilan mashhur boʻlgan boshqa polkka boshliq etib tayinlangan[5]. 1849-yilda Catherine otasi Varshavada ellik bir yoshida toʻsatdan vafot etgan. Shundan keyin onasi xayriya ishlarini boshlagan, oʻz navbatida Catherine ham, keyinchalik onasining ishlarini davom ettirgan.
Nikohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1851-yil 16-fevralda Catherine Sankt-Peterburgda Mecklenburg-Strelitz gertsogi Georg Aleksandrga turmushga chiqqan. Catherine yosh oʻrtasidagi[6], uch yillik farq va onasining noroziligiga qaramay unga turmushga chiqqan. Bu nikohdan besh farzand tugʻilgan, ulardan uchtasi voyaga yetgan. 1854-yil 12 -yulda Catherine Nikolaus (yoki Nikolay) ismli oʻgʻil tugʻdi, bola "tugʻilish bilan darhol vafot etgan[7]. 1857-yil 16-yanvarda er-xotinning tirik qolgan yagona qizi tugʻildi va unga Catherinening onasi sharafiga Elena ismi qoʻyilgan. Elena Saks-Altenburg shahzodasi Albertga turmushga chiqgan va Meklenburg-Strelits gertsogi Helene nomini olgan[8]. Catherinening uchinchi farzandi, Meklenburg-Strelits gertsogi Georg Aleksandr 1859-yil 6-iyunda Germaniyaning Remplin shahridagi oila mulkida tugʻilgan. U Natalia Fedorovna Vanljarskayaga uylangan. Bu nikohdan toʻrt farzandi tugʻilgan. Catherine bu nikohga qattiq qarshilik qilgan va umrining oxirigacha aynan shu masalada ogʻli bilan janjallashib yashagan[9].
1861-yilda Mariya-Frederika ismli yana bir qiz tugʻildi, u tugʻilgandan koʻp oʻtmay vafot etgan[10]. Nihoyat, 1863-yil 17-iyunda Catherine Rossiyaning Oranienbaum shahrida Meklenburg gertsogi Charlz Mayklni dunyoga keltirgan. U hech uylanmagan va umrining koʻp qismini Rossiyada oʻtkazgan. Fevral inqilobidan keyin hibsga olinganidan koʻp oʻtmay qochishga muvaffaq boʻlgan. Uning eri 1876-yil iyun oyida ellik yoshida vafot etgan. Catherine erining oʻlimidan keyin oʻn sakkiz yil yashagan[11].
Xayriya ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Catherine Sankt-Peterburg jamiyatida yuqori mavqega ega edi[12][13]. 1870-yilga kelib, u 1847-yildan buyon aʼzo boʻlgan Sankt-Peterburg ayollar vatanparvarlik jamiyatining (St.Petersburg Womenʼs Patriotic Society) raisi etib tayinlandi va baʼzi fondlari bilan onasiga yordam berishga koʻproq vaqt ajrata boshladi[14]. 1873-yilda onasi vafot etganida, Catherine Mixaylovskiy saroyini meros boʻlib qoldi, u Elena tomonidan boshlangan saroydan turli sanʼat va hunarmandchilik koʻrgazmalari uchun foydalanishni oʻz ichiga olgan koʻplab anʼanalarni davom ettirdi. Shuningdek, u onasi boshlagan ish va homiylik qiladigan xayriya tashkilotlari roʻyxatiga koʻproq qiziqishni boshladi. Ushbu xayriya va tashkilotlarning juda kichik tanloviga quyidagilar kiradi:[15]
- the St. Helena School (Muqaddas Yelena maktabi)
- the Elisabeth Hospital for Young Children (Yosh bolalar uchun Elizabet kasalxonasi)
- the Clinical Institute (now the Institute for Advanced Medical Studies) (Klinik institut (hozirgi ilgʻor tibbiy tadqiqotlar instituti))
- the Frebelev Society (Frebelev jamiyati)
- the Berlin Society of Art Lovers (Berlin sanʼat ixlosmandlari jamiyati)
U shuningdek, har yili yirik bayramlarda qabul qilgan arizalari orqali yordam soʻrab murojaat qilgan deyarli har bir kishiga yordam bergan[16]. 1881-yilda Rossiyaning Aleksandr II oʻldirilganida, Catherine Peterburg meridan podshohga yodgorlik oʻrnatishga yordam berishni soʻradi. U buni qabul qildi va hatto Mixaylovskiy saroyiga tutash oʻz erlaridan bir qismini taklif qildi, sharti bilan yaqin atrofdagi daraxtlar saqlanib qolishi, chunki ularning koʻpchiligi Peter the Great (Buyuk Pyotr) hukmronligi davridan beri mavjud edi[17].
Oʻlimi va merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1893-yil oxiri yoki 1894-yil boshida Catherine gripp bilan kasallangan[18]. Oʻlim toʻshagida yotganida, u yozgan vasiyatnomasini tasdiqlash uchun Aleksandr III ni chaqirgan[19]. Lekin vasiyatnomasini oʻqimasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri imzoladi[20]. Catherine 1894-yil 12-mayda vafot etgan. Uning dafn marosimi Mikhailovskiy saroyidan oʻtkazilgan keyin Sankt-Peterburgdagi Avliyo Pyotr va Pol soborida dafn qilingan[21]. Dafn marosimidan soʻng uning vasiyatnomasi oʻrganilgan va ikkita muammo aniqlangan. Birinchidan, u oʻgʻli Georgni oʻziga yoqmagan qizga uylangani tufayli merosdan mahrum qilgan[22]. Ikkinchidan va eng muhimi, u Mikhailovskiy saroyini imperator oilasiga emas, balki Mecklenburg-Strelitz knyazlariga (yaʼni qizi va kenja oʻgʻli) qoldirgan edi. Bu muammo edi, chunki Catherine saroyga ega emas edi, saroy aslida otasiga tegishli edi lekin uning vafotidan keyin uning merosxoʻrlari rus pravoslav cherkovining aʼzolari boʻlmagani uchun saroy imperator oilasiga qaytarilishu kerak edi[23]. Sergey Witte shunday deb esladi: „Imperator bir marta Imperator uyiga tegishli bu tarixiy saroy qandaydir tushunmovchilik bilan bu knyazlar qoʻliga oʻtib ketgani oʻzi uchun juda yoqimsiz boʻlganini aytdi“[24]. Imperator vasiyatnomani bekor qilishga urinish haqida oʻylamadi, chunki Catherine jamiyatda juda hurmatga sazovor boʻlgan. Bu yerda esa imperatorning aybi ham boʻlgan, chunki u vasiyatnomani mazmunini koʻrib chiqmasdan tasdiqlagan[25].
Ajdodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
- ↑ „Вел. княгиня Екатерина Михайловна (1827—1894)“ (inglizcha). Хранители Каменноостровского дворца!. 2022-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
- ↑ „Вел. княгиня Екатерина Михайловна (1827—1894)“ (inglizcha). Хранители Каменноостровского дворца!. 2022-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
- ↑ „Trask, Katrina, (died 7 Jan. 1922), living in retirement on her estate since the death of her husband“, Who Was Who, Oxford University Press, 1-dekabr 2007-yil, doi:10.1093/ww/9780199540884.013.u203913
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Вел. княгиня Екатерина Михайловна (1827—1894)“ (inglizcha). Хранители Каменноостровского дворца!. 2022-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
- ↑ „Вел. княгиня Екатерина Михайловна (1827—1894)“ (inglizcha). Хранители Каменноостровского дворца!. 2022-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
- ↑ „Category:Ekaterina Mikhailovna of Russia – Wikimedia Commons“ (inglizcha). commons.wikimedia.org. Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
- ↑ „Екатерина Михайловна (1827—1894)“. funeral-spb.narod.ru. Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
- 28-avgustda tugʻilganlar
- 1827-yilda tugʻilganlar
- 12-mayda vafot etganlar
- 1894-yilda vafot etganlar
- Golshteyn-Gottorp-Romanov uyi
- Rossiya gersogliklari
- Rossiya imperiyasining XIX asr xalqi
- Rossiya imperiyasining XIX asr ayollari
- Meklenburg-Strelits gersoginyalari
- Sankt-Peterburgdagi Avliyo Pyotr va Pol soboridagi dafn marosimlari