Rossiya Superligasi
Rossiya Superligasi (ruscha: Чемпионат России Суперлига), (odatda, RSL sifatida qisqartiriladi) Rossiyadagi asosiy professional xokkey ligasining eng yuqori divizioni edi. Rossiya Superligasi Shimoliy Amerika Milliy xokkey ligasidan (NHL) keyin turuvchi dunyodagi ikkinchi eng yaxshi liga
hisoblangan edi. U uchta divizion — Superliga, Oliy Liga (Vysshaya Liga) va Birinchi Liga (Pervaya Liga)dan iborat boʻlgan Rossiya Pro-Xokkey ligasining bir qismi edi[1].
Rossiya Superligasining nomi 2007—2008-yilgi mavsumdan soʻng Kontinental xokkey ligasi (KHL) nomiga oʻzgartirildi. Kontinental xokkey ligasi (KHL) oʻzining dastlabki mavsumi uchun oldingi Rossiya Superligasi mavsumidagi barcha 20 ta jamoani (jami 24 ta jamoani) oʻz ichiga oldi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiya Superligasining kelib chiqish tarixi 1946-yilda tashkil etilgan sobiq Sovet ligasiga borib taqaladi. Sovet davrida Qizil Armiyaga qarashli „CSKA Moscow“ xokkey jamoasi yaqqol ustunlikka ega boʻlgan jamoa edi. U 46 ta chempionatning 32 tasida gʻalaba qozongan edi. Sovet ligasi Sovet Ittifoqi parchalanishi sababli 1992-yilgada tugatildi. Uning nomi Xalqaro xokkey ligasiga aylantirilgandan soʻng, liga 1996-yilda Rossiya xokkey ligasi deb qayta nomlandi. 1996-yildan 1999-yilgacha ligaga aʼzolik huquqi faqat ruslar uchun edi. 1999-yilda ligaga aʼzolik barcha uchun ochiq deb belgilandi. Shundan soʻng, liga xalqaro miqyosga chiqdi va uning nomi Rossiya Superligasi deb oʻzgartirildi. Jurnalist Vsevolod Kukushkin liga matbuot kotibi lavozimida ishlagan edi[2].
Jamoalar (2007—2008)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007—2008-yilgi mavsumda Superligada 20 ta jamoa bor edi.
- Amur Khabarovsk
- Avangard Omsk
- Ak Bars Kazan
- CSKA Moscow
- Dynamo Moscow
- Khimik Moscow Oblast
- Lada Togliatti
- Lokomotiv Yaroslavl
- Metallurg Magnitogorsk
- Metallurg Novokuznetsk
- MVD Moscow Oblast
- Neftekhimik Nizhnekamsk
- Salavat Yulaev Ufa
- Severstal Cherepovets
- Sibir Novosibirsk
- SKA Saint Petersburg
- Spartak Moscow
- Torpedo Nizhny Novgorod
- Traktor Chelyabinsk
- Vityaz Chekhov
Musobaqa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiya Superligasida musobaqalar muntazam mavsum va pley-offdan iboratdir. O‘yinlar Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Muntazam mavsum davomida har bir jamoa bir-biri bilan uch marta toʻqnash keldi (ikki marta uyda / bir marta mehmonda yoki bir marta uyda / ikki marta mehmonda). Mavsum davomida har bir jamoa 57 ta o‘yin o‘tkazadi. Agar oʻyinda durang qayd etilsa, besh daqiqalik gʻalabagacha boʻlgan qoʻshimcha vaqtda oʻynaladi. Undan keyin esa penaltilar seriyasi oʻtkaziladi.
Muntazam mavsumda eng yaxshi natija qayd etgan 16 ta jamoa pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi. Har bir pley-off bosqichida jamoalar beshlik seriyasida musobaqalashishadi. Har bir turda jamoalar mavsumdagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi. Yuqori jamoa quyi jamoa bilan, ikkinchi oʻrindagi jamoa ikkinchi eng yomon mavsumiy koʻrsatkichga ega boʻlgan jamoa bilan juftlashtiriladi va hokazo. Yuqori oʻrinni egallagan jamoa birinchi, ikkinchi va beshinchi oʻyinlarni oʻz uyida oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladi.
Chempionlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiya Superligasi chempioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2008-yil — Salavat Yulaev Ufa
- 2007-yil — Metallurg Magnitogorsk
- 2006-yil — Ak Bars Kazan
- 2005-yil — Dynamo Moscow
- 2004-yil — Avangard Omsk
- 2003-yil — Lokomotiv Yaroslavl
- 2002-yil — Lokomotiv Yaroslavl
- 2001-yil — Metallurg Magnitogorsk
- 2000-yil — Dynamo Moscow
- 1999-yil — Metallurg Magnitogorsk
- 1998-yil — Ak Bars Kazan (Rossiya kubogi — Metallurg Magnitogorsk)
- 1997-yil — Torpedo Yaroslavl (2000-yildan Lokomotiv Yaroslavl nomi bilan atalgan)
Eng koʻp chempionlikka erishgan xokkeychilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Igor Shodilov 2000, 2005, 2006, 2008
- Alexei Tereshchenko 2000, 2005, 2006, 2008
- Vladimir Antipov 1997, 2002, 2003, 2008
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mullen. „Some NHLers getting million-dollar salaries in Russia“. Sports Business Daily (2004-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
- ↑ Mullen. „Some NHLers getting million-dollar salaries in Russia“. Sports Business Daily (2004-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rossiya Superligasi (ruscha)
Oʻtmishdoshi: Xalqaro xokkey ligasi |
Rossiya Superligasi 1996—2008 |
Vorisi: Kontinental xokkey ligasi |