Rossiya fanlari kuni
Rossiya fanlari kuni |
---|
Rossiya fanlari kuni — 8-fevralda nishonlanadi. U Rossiya Prezidenti B.N.Yeltsinning 1999-yil 7-iyundagi farmoni bilan tashkil etilgan[1]. Bayram birinchi marta 1999-yilda Rossiya Fanlar akademiyasi tashkil etilganligining 275-yilligi munosabati bilan nishonlangan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu sana Rossiya Fanlar akademiyasining tashkil etilgani munosabati bilan bayram kuni sifatida belgilangan. Imperator Pyotr I buyrugʻi bilan Senat 1724-yil 28-yanvar farmon qabul qiladi (yangi taqvim boʻyicha 8-fevral). Ushbu hujjat bilan Rossiya Fanlar akademiyasiga asos solinadi.
Sobiq Ittifoq davrida aprel oyining uchinchi yakshanbasida Ilm-fan kuni tantana qilingan. 1918-yil 18-25-aprel kunlari V.I. Lenin „Ilmiy-texnikaviy ishlar rejasi“ni tuzgani bayramga asos qilib olingan. Bugungi kunga qadar koʻplab ilmiy jamoalar Fan kunini „eski uslubga koʻra“, yaʼni aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlaydi (2022-yilda bayram 17-aprelga toʻgʻri keldi)[2].
Biroq, 1999-yildan beri Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1999-yil 7-iyundagi farmoniga binoan „davlat va jamiyat taraqqiyotida vatan ilm-fanining muhim rolini hisobga olib hamda tarixiy anʼanalarga rioya qilgan holda va Rossiya Fanlar Akademiyasi tashkil etilganining 275-yilligini nishonlash maqsadida“ 8-fevralda nishonlanadi[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „День российской науки“. РИА Новости (2022-yil 8-fevral). Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |