Kontent qismiga oʻtish

Rossiya imperatorlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Butun Rossiya imperatori (ruscha: Imperatorʼ i Samoderjesʼ Vserossіyskіy, Imperatritsa i Samoderjitsa Vserossіyskaya[1]) — 1721-yildan 1917-yilgacha Rossiya imperiyasining monarxi unvoni.

Imperator unvoni Shimoliy urushdagi gʻalaba munosabati bilan qabul qilingan va Yevropada qabul qilingan unvonlar tizimiga moslashtirilgan. "Butunrossiya" atamasi Vladimirning Buyuk Gersoglari davridan beri rus hukmdorlari unvonlarida qoʻllangan anʼanaviy "Butun Rossiya" atamasi edi.

Barcha ruslarning Imperatori
Император Всероссийский

Eng so'ngisi: Nikolay II
1-noyabr 1894-yil – 15-mart 1917-yil
Tafsilotlar
Uslub Imperator Janobi Oliylari
Vorisi Yo'q (Oila a'zolar barchasi qatl etilgan)
Birinchi monarx Pyotr I
Oxirgi monarx Nikolay II
Shakllanishi 2-noyabr 1721-yil
Bekor qilinishi 15-mart 1917-yil
Rezidensiyasi Qishki saroy
Kreml
Yekaterina saroyi
Tayinlovchi Merosiy
Daʼvogar(lar)

Unvonning qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butun Rossiya imperatori unvoni Pyotr I davrida joriy etilgan. Shimoliy urushdagi gʻalabadan va 1721-yil sentabrda Nishtadt shartnomasi imzolangandan soʻng, Senat Pyotrga Butun Rossiya imperatori unvonini topshirgan[2].

1721-yil 2-noyabr Muqaddas Uchlik cherkovida podshoh Pyotr Alekseevich ishtirokida marosim boʻlib oʻtdi, unda graf G.I. Golovkin Senat nomidan: „Vatanning otasi, Buyuk Pyotr, Butun Rossiya imperatori“ unvoniqdim etdi. Ushbu voqea qal’alar garnizonlari qurollaridan va general M.M.Golitsinning 125 ta toʻplaridan oʻq otish bilan nishonlandi. Marosimda Yevropa vakillaridan quyidagi shaxslar ishtirok etdi:[3]

  • Fransiya elchisi Jak Kampredon;
  • Chexiya elchisi Stepan Villem Kinskiy;
  • Prussiya elchisi baron Gustav fon Mardefeld;
  • Polsha elchisi Yogann Lefort;
  • Gollandiya diplomati Villem de Uayld;
  • Daniya elchisi Peter Iversen;
  • Tirholm va Meklenburg gersogligi elchisi Iogann Oster.

Imperatorlik unvonini Prussiya va Gollandiya darhol, Shvetsiya — 1723-yilda, Turkiya — 1739-yilda, Buyuk Britaniya va Avstriya 1742— yilda, Fransiya— 1745-yilda, Ispaniya— 1759-yilda tan oldilar. Rossiya davlati rasman Rossiya imperiyasi (Russkoy imperiey) deb atala boshlandi[4].

1722-yil 5-fevralda Pyotr I "taxt vorislig toʻgʻrisida farmon" chiqardi, unda u taxtni toʻgʻridan-toʻgʻri erkak avlodlarga topshirishning qadimgi odatini bekor qildi, har qanday munosib shaxsni merosxoʻr etib tayinlanishiga ruxsat berdi.

1797-yil 16-aprel Pavel I vorislikning yangi tartibini belgiladi. Oʻsha vaqtdan boshlab, Rossiya taxtiga, keyin esa u bilan bogʻliq boʻlgan Polsha va Fin taxtlariga vorislik tartibi primogenitura tamoyiliga, yaʼni qirol vafot etgan yoki oʻlgan taqdirda uning avlodi toʻgʻridan-toʻgʻri taxtga oʻtiradi. Taxtga oʻtirish uchun pravoslav dinida boʻlishi qatʼiy belgilab qoʻyildi[5].

Rossiyani boshqargan barcha imperatorlar — Romanovlar sulolasiga tegishli boʻlib, uning birinchi vakili 1613-yilda monarxga aylangandi. 1761-yildan beri Pyotr I ning qizi Anna va Golshteyn-Gottorp gersogi Karl-Fridrixning avlodlari hukmronlik qildilar, ular Golshteyn-Gottorpdan (Oldenburg sulolasining bir tarmogʻi) erkak avlodidan kelib chiqqan va Romanovlar sulolasining bu vakillari Pyotr III dan boshlab, Golshteyn-Gottorp-Romanovlar deb ataladi[6].

1917-yil 15-martda imperator Nikolay II oʻgʻli Aleksey uchun taxtdan voz kechgan va 1917-yil 14-sentabrda Muvaqqat hukumat Rossiyani respublika deb eʼlon qilgan.

Nikolay II ning amakivachchasi Kirill Vladimirovich 1924-yil 31-avgustda sulolaning katta vakili sifatida oʻzini Kiril I nomi bilan butun Rossiya imperatori deb eʼlon qildi. Bu qaror barcha rus monarxistlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanmadi va amaliy harakatlarga olib kelmadi. Uning oʻgʻli Vladimir Kirillovich oʻzini imperator deb eʼlon qilmagan lekin Rossiya imperatorlik uyining boshligʻi unvonini qabul qilib olgan.

1906-yilgacha boʻlgan davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1906-yilgacha amalda boʻlgan Rossiya imperiyasining asosiy qonunlarining 1-moddasida "Butun Rossiya imperatori avtokratik va cheksiz monarxdir. Xudoning O'zi nafaqat qo'rquv tufayli, balki vijdon tufayli ham O'zining tayinlagan hukmdoriga itoat qilishni buyuradi''. „Avtokratik“ va „cheksiz“ atamalari oʻz maʼnosiga koʻra bir-biriga toʻgʻri kelib, davlat hokimiyatining huquqni shakllantirish, qonun doirasidagi maqsadga muvofiq faoliyat (maʼmuriy-ijroiya) va odil sudlovni amalga oshirishdagi barcha funksiyalari boʻlinmasdan va majburiy ishtirokisiz amalga oshirilishini anglatadi. Davlat rahbari vakolatlarining ayrimlarini amalga oshirishni oʻz nomidan va vakolatiga koʻra ishlaydigan ayrim organlarga topshiradi (81-modda) deb belgilab qoʻyildi[7].

1906-yildan keyingi davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1906-yil 23-aprelda Rossiya imperatori Nikolay II tomonidan 1905-yil 6-avgustda Davlat Dumasini tashkil etish toʻgʻrisidagi manifest eʼlon qilinganligi munosabati bilan asosiy qonunlarga oʻzgartirishlar kiritildi. Rossiya imperiyasining asosiy qonunining 1-moddasi 4-moddaga aylandi va avtokratiya va ustunlik belgisini saqlab qolgan boʻlsa-da endi cheksiz degan bandini yoʻqotdi. Uning yangi matnida shunday deyilgan: "Butun Rossiya imperatori Oliy avtokratik hokimiyatga ega. Uning hokimiyatiga faqat qo'rquv tufayli emas, balki vijdonan ham bo'ysunishni Xudoning O'zi buyuradi''[8].

Uning quyidagi vakolatlari mavjud edi:

  • Imperator Rossiya va xorijiy davlatlar oʻrtasidagi barcha tashqi aloqalarning oliy rahbari boʻlgan va mamlakatning xalqaro siyosati yoʻnalishini belgilagan (12-modda);
  • Urush eʼlon qilgan va tinchlik oʻrnatgan, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan shartnomalar tuzgan (13-modda);
  • 14-moddaga koʻra, Rossiya Qurolli Kuchlarining "suveren rahbari" edi, u Rossiya davlatining barcha quruqlik va dengiz qurolli kuchlari ustidan oliy qoʻmondonlik va farmon va buyruqlar chiqarishning mutlaq huquqiga ega edi. Qurolli kuchlarni tashkil etish va Rossiya davlatining mudofaasi bilan bogʻliq barcha narsalarga, shuningdek, armiya va dengiz floti uchun qal’a va istehkomlarini tashkil etishni boshqargan;
  • Imperator hududlarni harbiy yoki favqulodda holat sifatida eʼlon qilishi mumkin boʻlgan. (15-modda);
  • U tanga zarb qilish va uning tashqi koʻrinishini belgilsh huquqiga ham ega edi (16-modda);
  • 17-moddaga koʻra, agar ular uchun qonunda boshqa lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish tartibi belgilanmagan boʻlsa imperator Vazirlar Kengashining raisi va aʼzolarini, alohida boʻlimlarning bosh maʼmurlarini, shuningdek, boshqa mansabdor shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qilgan;
  • Xodimlarga nisbatan imperator davlat xizmatining talablaridan kelib chiqadigan cheklovlarni oʻrnatgan (18-modda);
  • U davlat mukofotlari va davlat imtiyozlarini bergan, shuningdek davlat mukofotlari bilan taqdirlash shartlari va tartibini belgilagan (19-modda);
  • Imperator bevosita oʻzining shaxsiy mulkiga nisbatan ham, suveren mulkiga nisbatan ham farmon va farmoyishlar chiqargan, Bu va boshqa mulklar soliq va yigʻimlardan ozod qilingan (20-modda);
  • Hech kimning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasa, umumiy qonunlarga boʻysunmaydigan maxsus holatlarda „afv etish“ va umuman rahm qilish huquqiga ega boʻlgan (23-modda);
  • Asosiy qonunning 23-moddasida imperatorning farmonlari va farmoyishlari Senati tomonidan tasdiqlanishi va Vazirlar Kengashining Raisi yoki mas’ul vazir yoki alohida boʻlim boshligʻi tomonidan eʼlon qilinishi nazarda tutilgan[9].

Rossiya imperatorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
NomiHayot davomiyligiHukmronlik boshlanishiHukmronlik tugashiEslatmalarOilaTasvir
Pyotr I
  • Пётр Вели́кий
    Pyotr Buyuk
9-iyun 1672-yil

8-iyun 1725-yil
podshoh sifatida:
2-iyun 1682-yil
imperator sifatida:
2-noyabr 1721-yil
8-fevral 1725-yilAleksiy I va Natalya Narishkinaning o'g'li, Sofiya Alekseyevna, Feodor III va Ivan V ning ukasi. U Ivan IV bilan birgalikda hukmronlik qilgan. Rossiyaning eng buyuk monarxlaridan biri hisoblanadi.Romanovlar
Yekaterina I
  • Yekaterína I Alekséevna
15-april 1684-yil
-
17-may 1727-yil
8-fevral 1725-yil17-may 1727-yilPyotr I ning rafiqasiSkovronskiy
Pyotr II
  • Pyotr II Alekseevich
23-noyabr 1715-yil
-
30-yanvar 1730-yil
18-may 1727-yil30-yanvar 1730-yilPyotr I ning nabirasi.Romanovlar
Anna
  • Anna Ioannovna
7-fevral 1693-yil
-
28-oktabr 1740-yil
15-fevral 1730-yil28-oktabr 1740-yilIvan V ning qiziRomanovlar
Ivan VI
  • Ivan VI
23-avgust 1740-yil
-
16-iyul 1764-yil
28=oktabr 1740-yil6-dekabr 1741-yilIvan V ning nevarasiBrunsvik-Bevern
Yelizabeta
  • Yelizavéta
29-dekabr 1709-yil
-
5-yanvar 1762-yil
6-dekabr 1741-yil5-yanvar 1762-yilPyotr I va Yekaterina I ning qiziRomanovlar
Pyotr III
  • Pyotr III Fyodorovich
21-fevral 1728-yil
-
17-iyul 1762-yil
9-yanvar 1762-yil9-iyul 1762-yilPyotr Ining nabirasi, Yelizavetaning oʻgʻliGolshteyn-Gottorp-Romanov
Yekaterina II
  • Yekaterina Alekseevna
    Yekaterina Buyuk
2-may 1729-yil
-
17-noyabr 1796-yil
9-iyul 1762-yil17-noyabr 1796-yilPyotr III ning rafiqasiAskaniya
Pavel I
  • Pável I Petróvich
1-oktabr 1754-yil
-
23-mart 1801-yil
17-nayabrr 1796-yil23-mart 1801-yilPyotr III va Yekaterina II ning oʻgʻliGolshteyn-Gottorp-Romanov
Aleksandr I
  • Aleksandr Pavlovich
23-dekabr 1777-yil
-
1-dekabr 1825-yil
23-mart 1801-yil1-dekabr 1825-yilPavel I va Vyurtemberglik Sofiya Doroteyaning oʻgʻli. Polsha qiroli va Finlandiya Buyuk shahzodasi boʻlgan birinchi RomanovGolshteyn-Gottorp-Romanov
Nikolay I
  • Nikolay I Pavlovich
6-iyul 1796-yil
-
2-mart 1855-yil
1-dekabr 1825-yil2-mart 1855-yilPavel I va Vyurtemberglik Sofiya Doroteyaning oʻgʻli, Aleksandr I ning ukasi'Golshteyn-Gottorp-Romanov
Aleksandr II
  • Aleksándr II Nikoláevich
29-april 1818-yil
-
13-mart 1881-yil
2-mart 1855-yil13-mart 1881-yilNikolay I ning oʻgʻliGolshteyn-Gottorp-Romanov
Aleksandr III
  • Nikolay II Aleksándrovich
10-mart 1845-yil
-
1-noyabr 1894-yil
13-mart 1881-yil1-noyabr 1894-yilAleksandr II va Mariya Aleksandrovnaning oʻgʻliGolshteyn-Gottorp-Romanov
Nikolay II8-may 1868-yil
-
17-iyul 1918-yil
1-noyabr 1894-yil15-mart 1917-yilAleksandr III va Mariya Fedorovnaning oʻgʻli, bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan fevral inqilobi natijasida taxtdan voz kechganGolshteyn-Gottorp-Romanov


  1. Russian: (pre 1918 orthography) Imperatorʼ Vserossіyskіy, Imperatritsa Vserossіyskaya, (modern orthography) Imperator Vserossiyskiy, Imperatritsa Vserossiyskaya, Imperator Vserossiyskiy, Imperatritsa Vserossiyskaya
  2. Shubinskiy S. N. Istoricheskie ocherki i rasskazi. 6-e izd. — SPb., 1911. — S. 44—51. Arxivnaya kopiya ot 4-yanvarya 2012 na Wayback Machine
  3. Istoriya Pravitelstvuyuщego senata za dvesti let. 1711—1911 gg. T. 1. // Runivers.
  4. Rossіya // Bolshaya ensiklopediya / Pod red. S. N. Yujakova. — SPb.: Prosveщenіe, 1903.
  5. Robert D. Crews, For Prophet and Tsar: Islam and Empire in Russia and Central Asia, Harvard University Press, 2006, ISBN 0-674-02164-9, Google Print, p.77
  6. Stephen J. Lee Russia and the USSR, 1855-1991: Autocracy and Dictatorship, Routledge, 2006. ISBN 0-415-33577-9, Google Print, p.1-3
  7. Kostogrizov P. I. Razdelenie vlastey po Osnovnim Zakonam Rossiyskoy Imperii v redaksii 23-aprelya 1906 g. // Tavricheskie chteniya 2015. Aktualnie problemi parlamentarizma: istoriya i sovremennost. Mejdunarodnaya nauchnaya konferensiya, S.-Peterburg, Tavricheskiy dvores, 10-11-dekabrya 2015 g. SPb.: Izd-vo „Elek-Sis“, 2016. Ch. 2. S. 5-9.
  8. Kostogrizov P. I. Osnovnie Gosudarstvennie Zakoni Rossiyskoy Imperii v redaksii 23-aprelya 1906 g.: problemi tolkovaniya v rossiyskoy pravovoy misli. // Istochniki prava i istochniki poznaniya prava. Teoreticheskie, metodologicheskie i metodicheskie problemi issledovaniya. Mat-li kruglogo stola 21-22-iyunya 2013 g. Yekaterinburg: UrGYuA, 2013. S. 263-268.
  9. Polnoe sobranie zakonov Rossiyskoy Imperii. Sobranie Vtoroe. Tom XXXII. Otdelenie 1. № 31720.. runivers.ru. Data obraщeniya: 24-iyunya 2019.
  • Zaxarov N. A. Sistema russkoy gosudarstvennoy vlasti. M.: Moskva, 2002. 400 °C.
  • Kazanskiy P. Ye. Vlast Vserossiyskogo Imperatora. M.: Moskva. 1999. 512 s.
  • Korkunov N. M. Russkoe gosudarstvennoe pravo. SPb. 1908. 624 s.
  • Excerpts from Statesmanʼs Handbook for Russia. By the Chancery of the Committee of Ministers, St. Petersburg. 1896.