Rubin Okotie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rubin Rafael Okotie (talaffuzi: Rubin Rafael Okoti) — 1987-yilning 6-iyunida Pokistonning Karachi shahrida tugʻilgan. Asli nigeriyalik boʻlgan futbolchi Avstriya fuqarosi boʻlib, „Beerschot Wilrijk“ klubi va Avstriya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Rubin Okotie
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rubin Rafael Okotie
Tavallud sanasi 6-iyun 1987-yil (1987-06-06) (36 yosh)
Tavallud joyi Karachi, Pokiston
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—1998 SC Wiener Viktoria
1998—2001 Rapid Vienna
2001—2005 Frank-Stronach-Fußballakademie
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2007 Austria Vienna II 55 (19)
2007—2010 Austria Vienna 57 (21)
2010—2012 1. FC Nürnberg 4 (0)
2010—2012 1. FC Nürnberg II 7 (1)
2011—2012Sint-Truiden (ijara) 9 (1)
2012—2013 Sturm Graz 43 (11)
2013—2014 Austria Vienna 13 (1)
2014SønderjyskE (ijara) 15 (11)
2014—2016 1860 Munich 57 (21)
2016—2017 Beijing Enterprises Group 24 (3)
Milliy terma jamoa
2005—2006 Avstriya U19 13 (1)
2006—2007 Avstriya U20 9 (2)
2007—2008 Avstriya U21 7 (2)
2008—2016 Avstriya 18 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-sentyabr uchun)

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rubin Okotie Avstriya terma jamoasi safida

Rubin Okotie professional faoliyatini „Austria Wien“ klubida boshlagan. U oʻzining dastlabki ikki mavsumini oʻrinbosarlar jamoasida oʻtkazdi. 2007-yil 5-avgustda Rubin Okotie Avstriya Bundesligasida „Rapid Vienna“ga qarshi debyut qildi. 2008-yil 23-fevralda „Red Bull Salzburg“ga qarshi kechgan duelda u Avstriya terma jamoasi safida ilk golini urdi[1]. 2009-yil 16-may kuni „Altach“ klubiga qarshi duelda Rubin Okotie faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi[2]. Oʻsha yili Rubin Okotie jamoasiga Avstriya kubogini yutishda yordam berdi va 14 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.

2010-yilda Rubin Okotiening Avstriya bilan shartnomasi tugadi va u Germaniyaning „Nürnberg“ klubiga koʻchib oʻtdi. U Bundesligadagi debyutini 18-dekabr kuni „Hannover 96“ klubiga qarshi oʻtkazdi[3]. 2011-yilda yuqori raqobat tufayli Rubin Okotie Belgiyaning „Sent-Truiden“ klubiga ijaraga oʻtdi. 13-avgust kuni Monsga qarshi oʻyinda debyut qildi[4]. 15-oktabr kuni „Bearshot“ga qarshi duelda Rubin Okotie yangi klubi safida ilk golini urdi[5].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Rubin Okotie Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi va bir yildan soʻng Kanadada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

2008-yil 19-noyabrda Turkiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Rubin Okotie Avstriya terma jamoasi safida debyut qildi[6]. 12-oktabr kuni Chernogoriya terma jamoasiga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bahsida Rubin Okotie terma jamoa safidagi ilk golini urdi[7].

2016-yilning yozida Rubin Okotie Fransiyada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoa tarkibiga kiritildi. Turnirda u Vengriya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rubin Okotie Karachida nigeriyalik otadan va avstriyalik onadan tugʻilgan. 1991-yilgacha u Barcelonada yashab, keyin Venaga koʻchib oʻtgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mavsum Liga Kubok Yevropa kubogi Boshqa Total
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Austria Vienna 2007-2008 19 3 19 3
2008-2009 34 14 5 1 39 15
2009-2010 4 4 3 1 7 5
Jami 57 21 8 2 63 23
1. FC Nürnberg 2010-2011 4 0 2 0 6 0
2011-2012 0 0 0 0
Jami 4 0 2 0 6 0
Sint-Truidense (Ijara) 2011-2012 9 1 1 0 10 1
Sturm Graz 2011-2012 13 2 1 0 14 2
2012-2013 30 9 3 3 33 12
Jami 43 11 4 3 47 14
Austria Wien 2013-2014 13!!1 1 0 6 0 20 1
SønderjyskE (ljara) 2013-2014 15 11 15 11
1860 Munich 2014-2015 25 13 2 3 2 0 29 16
2015-2016 30 8 3 1 33 9
Jami 55 21 5 4 2 0 62 25
Beijing Enterprises Group 2016 9 1 0 0 9 1
2017 15 2 0 0 15 2
Jami 24 3 0 0 24 3
Umumiy karyerasida   218 68 12 7 14 2 2 0 246 77

Avstriya terma jamoasi uchun gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2014-yil 12-oktabr Ernst Happel, Vena, Avstriya Chernogoriya Chernogoriya 1 :0 1 :0 Yevropa chempionati 2016 saralash
2. 2014-yil 15-noyabr Ernst Happel, Vena, Avstriya Rossiya Rossiya 1 :0 1 :0 Yevropa chempionati 2016 saralash

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Avstriya kubogi sohibi — 2008-2009

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Аустрия VS. Ред Булл Зальцбург 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (23-fevral 2008-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
  2. „Аустрия VS. Альтах 4:1“ (inglizcha). soccerway.com (16-may 2009-yil). 4-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
  3. „Нюрнберг VS. Ганновер 96 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (18-dekabr 2010-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
  4. „Монс VS. Сент-Трюйден 4:2“ (inglizcha). soccerway.com (13-avgust 2011-yil). 28-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
  5. „Сент-Трюйден VS. Беерсхот 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (15-oktabr 2011-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
  6. „Австрия VS. Турция 2:4“ (inglizcha). soccerway.com (19-noyabr 2008-yil). 31-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
  7. „Австрия VS. Черногория 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (12-oktabr 2014-yil). 13-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
  8. „Австрия VS. Венгрия 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (14-iyun 2016-yil). 16-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2016-yil.