Kontent qismiga oʻtish

Rus qishi haykaltaroshlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rus qishi — Moskvaning diqqatga sazovor joylaridan biri. 1960-yili Xavskaya koʻchasidagi maydonda tashkil etilgan.

1941-yil kuzida fashistlar uchuvchilariga Moskva shahrining strategik muhim obyektlaridan — Shuxov minorasi va Podshipnik zavodini yoʻq qilish topshirigʻi berilgan. Maxsus jangovar amaliyot davomida snaryadlardan biri oʻsha paytda bombadan boshpanalar qurilayotgan Xavskaya koʻchasi hududiga tushdi. Bomba tushgan joyda chuqur hosil boʻlib, unga yaqin joyda boʻlganlarning barchasi halok boʻlgan va teshik ommaviy qabrga aylangan. Chunki kuchli zarba natijasida halok boʻlganlarning qoldiqlari saqlanib qolmagan[1].

1958-yilda haykaltarosh va xizmat koʻrsatgan rassom Lev Davidovich Muravin dastlab „Rus qishi“ deb nomlangan granit kompozitsiyasini yasagan[2]. Keyinchalik haykal nomi oʻzgartirilgan. Buni 2009-yili haykal poydevoriga oʻrnatilgan lavha ham tasdiqlaydi: „Bombalash paytida halok boʻlgan moskvaliklarga“. Yangi nom Ukrainaning yodgorlikni Ulugʻ Vatan urushi voqealari xotirasi uchun Moskvaga sovgʻa sifatida taqdim etish toʻgʻrisidagi qarori bilan bogʻliq[1]. Shuningdek, yodgorlik urushda halok boʻlgan onalar va bolalarning timsoli ekanligiga ishoniladi[2].

Yodgorlik 1960-yili xiyobonning chuqur joyiga oʻrnatilgan. Koʻp qavatli turar-joy binolarini qurish chogʻida kompozitsiya boshqa joyga koʻchirilgan, ammo qurilish tugagach yana joyiga qaytarilgan[1].

"Rossiya qishi" yoki „Bomba portlashlarida halok boʻlgan moskvaliklarga“ granit kompozitsiyasi qoʻlida kichkina bolasi bilan oʻtirgan onani tasvirlaydi. Ular qishki mavsumga mos ravishda issiq kiyingan. Ehtimol, yodgorlikning birinchi nomi shu bilan bogʻliq. Haykal vandalizm qurboniga aylandi — onaning yuzini buzib ketishgan.

  1. 1,0 1,1 1,2 „Памятник москвичам, погибшим при бомбежках“. Путеводитель Intomoscow.ru (2014-yil 1-oktyabr). 2022-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
  2. 2,0 2,1 Александра Маянцева. „Малышам и мамам, погибшим в прифронтовой Москве, посвящается…“. Комсомольская правда (2011-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.