Ruslanbek Davletov
Ruslanbek Kuroltayevich Davletov | |
---|---|
Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalar boʻyicha prezident maslahatchisi | |
Mansab davri 2022-yil 15-noyabr[1] | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan[2] |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri | |
Mansab davri 2017-yil 14-sentyabr – 2022-yil 15-noyabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Muzrob Ikromov |
Vorisi | Akbar Toshqulov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-dekabr 1980-yil Xorazm, Oʻzbekiston SSR |
Mukofotlari | |
Unvoni | 3-darajali davlat adliya maslahatchisi |
Ruslanbek Davletov Kuroltayevich (1980-yil 1-iyunda tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalar boʻyicha maslahatchisi[1][2]. Oʻzbekiston Respublikasining sobiq Adliya vaziri (2017—2022).
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1980-yil 1-iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy, huquqshunos, iqtisodchi. Millati oʻzbek.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yil Buyuk Britaniyaning Varvik universiteti, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura), 2007-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2010-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyatini 2001-yilda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida yetakchi mutaxassis sifatida boshlagan. Keyinroq mazkur qoʻmitada bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan. 2004−2012-yillarda Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2012−2014-yillarda Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish, sud tizimi mustaqilligini taʼminlash tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari va direktor v.b, 2014−2016-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi tuzilmalari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish shu’basining mudiri lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2016-yil sentyabridan 2017-yil yanvarigacha Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-yanvardagi Farmoni bilan Davletov Ruslanbek Quroltaevich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha Davlat maslahatchisining birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi[3].
2017-yil 14-sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri[4].
2018-yil 2-iyundan Oʻzbekiston Basketbol Federatsiyasi prezidenti vazifasini ham bajarib kelmoqda[5]. 2022-yil 15-noyabrdan Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalar boʻyicha prezident maslahatchisi etib tayinlandi va shu munosabat bilan adliya vaziri lavozimidan ozod etildi[1][2].
Xorijiy safarlar va delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ruslanbek Davletov xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan bir qancha uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazgan.
2017-yil oktyabr oyida Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Kristofer Allan bilan uchrashuv oʻtkazgan[6]. Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi huquqiy sohadagi hamkorlikning turli jihatlari muhokama qilingan.
2017-yil noyabr oyida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Oʻzbekistondagi Isroil Davlati elchisi Eduard Shapira bilan uchrashuv oʻtkazgan[7]. Uchrashuv davomida tomonlar turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning quyidagi jihatlarini muhokama etdilar: respublika turistik tarmogʻini takomillashtirish maqsadida Isroildan ekspertlarni jalb qilish; isroillik sayyohlar uchun viza tartibini yengillashtirish va tranzit turlarni tashkil etish; Isroil OAVda Oʻzbekiston turistik salohiyatini keng targʻib etish va reklama qilish; “Ipak yoʻli” hududiy turlarni tashkil etish; sayyohlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan vaqtida qulay sharoitlar yaratish; Samarqand va Buxoro shaharlarida joylashgan tarixiy yahudiy sinagogalar boʻylab turlar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilingan.
2018-yil 25-iyul kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Vashingtondagi Milliy press-klubda “Oʻzbekistonda diniy erkinliklarning yangi davri” mavzusida maxsus brifingda ishtirok etgan[8].
2018-yil 24-avgust kuni Qirgʻizistonning Choʻpon-ota shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining 6-majlisida ishtirok etgan[9]. Majlisda R.Davletov mamlakatimizda 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan va qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarga bagʻishlangan maʼruza bilan chiqish qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 PMK Telegram mesenjerida
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „2017 yildan buyon O‘zbekiston Adliya vazirligini boshqarib kelayotgan Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazildi.“ (oʻzbekcha). Qaraldi: 18-dekabr.
- ↑ „Ruslanbek Davletov Prezident Davlat maslahatchisining birinchi o’rinbosari etib tayinlandi“. Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ „Adliya vaziri o‘zgardi“ (2017-yil 14-avgust). Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ „Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekiston basketbol federatsiyasiga prezident etib saylandiAdliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekiston basketbol federatsiyasiga prezident etib saylandi“ (06\04\2022). Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ „Adliya vaziri Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashdi“ (2017-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ „O‘zbekiston adliya vaziri Isroil elchisi bilan muzokara o‘tkazdi“ (2017-yil 18-noyabr). Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ „O‘zbekiston delegatsiyasi Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi“ (2018-yil 26-iyul). Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ruslanbek Davletov ShHTga a'zo davlatlar adliya vazirlari majlisida ishtirok etdi“ (2018-yil 25-avgust). Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.