Kontent qismiga oʻtish

Rustam Joʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jo'rayev Rustam Mirzayevich
 Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondoni
 
Mansab davri
2020-yil 16-martdan
Oʻtmishdoshi Bahodir Toshmatov[1]
 Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri
 
Mansab davri
2017-yildan – 2018-yilgacha[2]
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Tursinxon Xudayberganov
Vorisi Tursinxon Xudayberganov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-iyul 1968-yil (1968-07-26) (56 yosh)
Toshkent
Mukofotlari
Unvoni General-mayor[3]

Rustam Mirzayevich Joʻrayev (1968-yil 26-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan) – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, general-mayor[4].

  • 1968-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
  • 1986—1988-yillarda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan.
  • Oliy maʼlumotli, 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.
  • Xizmat faoliyatini 1989-yilning aprel oyida jinoyat-qidiruv boʻlimining kichik inspektori lavozimidan boshlagan.
  • 1994-yildan 2003-yilga qadar Toshkent shahar Yunusobod tumani IIBda tergovchi, katta tergovchi boʻlib ishlagan.
  • 2003—2008-yillar. – Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv va Tergov Bosh boshqarmalarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.
  • 2008—2012-yillar. – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida inspektor, yetakchi inspektor, bosh inspektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
  • 2012—2015-yillar. – Toshkent shahar IIBB boshligʻining oʻrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʻi.
  • 2015-yil. fevral-oktyabr oylarida – Namangan viloyati IIB boshligʻi.
  • 2015—2017-yillar. – Xorazm viloyati IIB boshligʻi.[5]
  • 2017—2018-yillar. – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.[6]
  • 2018—2020-yillar. – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi.[7]
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16 martdagi Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni etib tayinlangan.
  • 2020-yil 11-sentyabrda Oʻzbekiston huquqni muhozafa qiluvchi organlar qoʻl jangi federasiyasi raisi etib saylandi.
  • 2021-yil 27-sentyabrda Kamondan otish federasiyasi raisi etib saylandi.
  • 2018-yil 14-fevral kuni general-mayor unvoni berilgan.

Idoraviy mukofotlarga ega.