Rzambet Kosbergenov
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Rzambet Kosbergenovich Kosbergenov (1905—1979) – tarixchi olim. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), tarix fanlari doktori (1973). Qoraqalpogʻiston pedagogika institutini tugatgan (1948). OʻzFA Qoraqalpogʻiston boʻlimi Iqtisod va madaniyat institutida ilmiy xodim (1951 – 53), shu institut direktori (1953—59); Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston filiali N. Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida tarix shoʻbasi mudiri (1959). S. P. Tolstoye va T. A. Jdanko boshchiligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi qatnashchisi (1946—56). Kosbergenovning ilmiy faoliyati qoraqalpoq xalqining etnik tarixi va shakllanishiga bagʻishlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |