Kontent qismiga oʻtish

San Paulu

Koordinatalari: 23°32′0″S 46°38′0″W / 23.53333°S 46.63333°W / -23.53333; -46.63333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(São Paulodan yoʻnaltirildi)
San Paulu
portugalcha: São Paulo

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi San-Paulu
Aholi (2010) 41 262 199 kishi
Zichligi 166,25 kishi./km²
Maydoni 248 197,0 km² (12-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-SP
Rasmiy sayti http://www.saopaulo.sp.gov.br/ www.sp.gov.br
Xaritada
San Paulu xaritada
San Paulu, Xarita
23°32′0″S 46°38′0″W / 23.53333°S 46.63333°W / -23.53333; -46.63333

San-Paulu — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 248,8 ming km². Aholisi 36,6 mln. kishi (2000), 9U% dan ortigʻi shaharliklar. Maʼmuriy markazi — SanPaulu sh. Braziliya yassitogʻligining jan.sharqiy qismida joylashgan. Iklimi tropik, oʻrtacha oylik tralar ichki xududlarda 14—16° dan 22°gacha, sohil qismida 18—26°. Yillik yogʻin 1200–2500 mm. Sernam tropik oʻrmonlar bor. S.P. — mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Mamlakat sanoat mahsulotining 1/2 qismi shu shtatda ishlab chiqariladi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: avtomobilsozlik, elektrotexnika, qogʻozsellyuloza, poʻlat prokati. Oziqovqat, toʻqimachilik, kimyo, farmatsevtika sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Foydali qazilmalardan slyuda, kaolin, ohaktosh qazib olinadi. Qishloq xoʻjaligida kofe, paxta, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, donli ekinlar ekiladi. Goʻshtsut chorvachiligi, parrandachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil