Azimboy Saʼdullayev
Azimboy Saʼdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
9-yanvar 1947-yil Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR Oʻzbekiston |
Kasbi | matematik olim |
Sohasi | matematika |
Ish joylari | Oʻzbekiston Milliy universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | fizika-matematika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | akademik |
Mukofotlari |
Azimboy Saʼdullayev (1947-yil 9-yanvar, Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1985).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azimboy Saʼdullayev 1947-yil 9-yanvarda Shovot tumanida ishchi va dehqon oilasida tugʻilgan[1][2]. 1952—1963-yillarda Shovot umanidagi oʻrta maktabni tamomgan. 1963—1966-yillarda Toshkent davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida oʻqigan. 1966-yilda Azimboy Saʼdullayev oʻqishini Moskva davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga koʻchirgan[1]. Oʻqishini u yerga koʻchirishni akademiklar T. A. Sarimsoqov va S. H. Sirojiddinovlar maslahat berishgan. 1969-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan[2], 1969—1972-yillarda Moskva davlat universitetining aspiranturasida tahsil olgan.
1972-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Каноническое произведение и аналитические множества“, 1982-yilda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun „Комплексная теория потенциала и её применения“ mavzusida dissertatsiyalrini himota qilgan[3]. 1989-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan, 1995-yilda esa akademiyaning akademigi etib saylangan.
1972—1978-yillarda Toshkent davlat universiteti matematik analiz kafedrasining katta oʻqituvchisi, dotsent, 1978—1983-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutining katta ilmiy xodimi, 1983—1992-yillarda matematik analiz kafedrasining mudiri, 1985—1992-yillarda matematika fakultetining dekani boʻlib ishlagan.
1992-yilda Azimboy Saʼdullayev Urganch davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan. Ushbu vazifada 2007-yilgacha ishlagan[2]. Aynan uning harakati bilan institut univeristet maqomini oladi[4]. 1997—2007-yillarda Xorazm Maʼmun akademiyasi rahbarlik qilgan. 2007—2012-yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri, 2012—2017-yillarda matematik analiz kafedrasi professori hamda Matematika institutining bosh ilmiy xodimi boʻlib ishlagan[2]. 2017-yildan Oʻzbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri[2].
Ilmiy ishlari koʻp argumentli funksiyalar nazariyasiga oid. Azimboy Saʼdullayevning amerikalik olimlar bilan birga kompleks potensiallar nazariyasi asosini yaratishgan[3]. Bu nazariyani amaliyotda qoʻllab, bir necha yirik ilmiy muammolarni yechgan.
Fundamental ishlarining bir qanchasi chet ellarda nashr qilingan, darslik va monografiyalarida chop etilgan. Azimboy Saʼdullayev 3 ta monografiya va 6 ta darsliklar, 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi[4]. Azimboy Saʼdullayev AQSh, Fransiya, Turkiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlarga davlat va ilmiy delegatsiyalar tarkibida borgan[4].
1990-yilda Oʻzbekiston Faxriy yorligʻi, 2000-yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni, 2020-yilda esa „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan[5].
Azimboy Saʼdullayev 1994-yilda I chaqiriq, 1999-yilda esa Xorazm viloyati 206-Ichan qaʼla okrugidan II chaqiriq[6] Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1999—2003) etib saylangan[4]. 2004—2009-yillarda xalq deputatlar Xorazm viloyati kengashi deputati boʻlgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Азимбой Садуллаевич Садуллаев“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „АЗИМБОЙ САДУЛЛАЕВ 70 ОЛИМ, УСТОЗ, ДЎСТ“.
- ↑ 3,0 3,1 „Академик Азимбой Садуллаевич Садуллаев“.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „AKADEMIK AZIMBOY SADULLAEVICH SADULLAEV, 75 YOSHGA TO‘LDI“.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“ (2020-yil 28-avgust).
- ↑ „САДУЛЛАЕВ Азимбой“.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oliy matematika asoslari, T., 1998; Matematik analizdan misol va masalalar toʻplami, T., 2000.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |