Kontent qismiga oʻtish

Saboxon Karimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saboxon Karimova (1917.8.1, Qoʻqon — 1988.7.7, Toshkent) — aktrisa, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1932— 1956 yillar Qoʻqon teatrida, 1957—80 yillar Hamza teatrida ishlagan. Saboxon Karimova qajvkorlik qobiliyati bilan hazilkash, gʻayratli, jurʼatli ayollar, shuningdek, muhabbat sanamlari obrazini oʻziga xos mahorat bilan yaratgan. Eng yaxshi rollari: Shirin (Xurshid asari; Yunus Rajabiy musiqasi, "Farhod va Shirin"), Onaxon (Komil Yashin, "Nomus va muxabbat"), Oftobxon (Komil Yashin; X. Toʻxtasinov, "Oftobxon"), Oybarchin (S. Abdulla; T. Jalilov, "Alpomish"), Sanobar (Baxrom Rahmonov, "Yurak sirlari"), Netayxon (A. Qahxrr, "Tobutdan tovush"), Dilbar (R. Bobojon, "Togʻajiyanlar"), Huriniso (Erkin Vohidov, "Oltin devor") va boshqa reja sifatida U.Hojibekovning "Arshin mol olon", Uygʻunning "Qaltis hazil", Komil Yashinning "Gulsara", "Nurxon" kabi asarlarini sahnalashtirgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil