Sadriddin Sharifxoʻjayev
Sadriddin Sharifxoʻjayev Sadriddin Muftiy | |
---|---|
Sadriddin Sharifxoʻjayev | |
Turkiston Milliy Majlisi aʻzosi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1878-yil Toshkent |
Vafoti |
1946-yil Qandahor |
Otasi | Sharifxo’ja |
Sadriddin Sharifxoʻjayev (Sadriddin Muftiy) — (1878—1946) — Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan yirik davlat va jamoat arbobi. Turkiston Milliy Majlisi aʼzosi.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sadriddin Sharifxoʻjayev 1878-yilda Toshkentda Sharifxo’ja xonadoni tavallud topgan. Uning otasi Sharifxo’ja XX asr ikkinchi yarmida Toshkentning mashhur din peshvolaridan biri bo’lgan. Sadriddin Sharifxoʻjayev yoshligida mukammal dini tarbiya oladi va dastlab Toshkentdagi rus-tezem maktabida tahsil oladi. Buxoro shahridagi Miri Arab madrasasida ham tahsil olgan. U faoliyati davomida muftiy unvoni bilan Toshkentdagi qozixonada ishlagan va Ko’kaldosh madrasasida talabalarga ta’lim bergan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1917-yilgi Turkistondagi ishtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol qatnashadi. Sadriddin Sharifxoʻjayev “Sho’royi Islomiya” jamiyatining rahbarlaridan biri bo’lgan. 1917-yil iyul oyida Toshkentda tashkil etilgan “Turk Adami Markaziyat (Federalistlar) firqasi” tashkil etilishda, firqa nizomi va dasturini tayyorlashda faol qatnashgan. 1917-yil avgust Turkistonda “Fuqaho” jamiyatini tashkil etib, unga o’zi rahbarlik qilgan. 1917-yil Turkiston muxtoriyati tashkil topgach, u Turkiston Milliy Majlisi a’zoligiga saylangan. Tarixchi olim Qahramon Rajabov fikriga ko’ra Sadriddin Sharifxoʻjayev Turkiston tarixidagi dastlabki demokratik hukumatning parlamenti — Milliy Majlis faoliyatiga 1917-yil dekabrdan rahbarlik qilgan. Sadriddin Sharifxoʻjayev 1921-yildan Buxoroda tashkil etilgan “Turkiston Milliy Birligi” tashkilotining Toshkentdagi raisi. 1920-yil sentyabrda Bakuda bo’lib o’tgan Sharq xalqlari qurultoyida Turkiston delegatsiyasi a’zolari bilan bir qatorda faol qatnashgan[1]. U 1923-yil iyun oyida Turkiyalik Salim Poshsho bilan Avgʻonistonga muhojir bo’lib, jo’nab ketishga majbur bo’lgan. 1946-yilda Qandahorda Sadriddin Sharifxoʻjayev zaharlanib o’ldirilgan[2].