Safo Zufarov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Safo Zufarov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1909-yil Toshkent shahri |
Vafoti | 1977-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | oʻzbek |
Kasbi |
|
Safo Zufarov (1909—1977) — sovet pedagogi, lingvist va fan doktori.
Hayoti va mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Safo Zufarov Toshkent shahrida oddiy kosib oilasida dunyoga kelgan. 1918—1924-yillarda „Namuna“ maktabida tahsil olgan. 1925—1931-yillarda esa N.Narimonov nomidagi pedagogika bilim yurtida oʻqigan hamda shu maktabda oʻzbek tili va adabiyotidan dars bergan. 1934-1936-yillarda Oʻzbekiston fanlar qoʻmitasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim va aspirant lavozimida ishlagan.
Surgundan ozod boʻlgach 1941—1944-yillarda Toshkent viloyati Yangi yoʻl tumanida maorif boʻlimida va Samarqand viloyati Forish tumanida 18-oʻrta maktabda direktor va oʻqituvchi vazifasida faoliyat olib boradi. 1944-yilda Samarqand universitetida oʻzbek tili oʻqituvchisi lavozimida ishlaydi.
Safo Zufarov 1957-yilda surgundan qaytib kelgach, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi til va adabiyoti institutining lugʻat boʻlimida hamda H.Sulaymonov nomidagi qoʻlyozmalar institutida ilmiy xodim vazifasida ishlagan. 1966-yilda „Oʻzbek tilining Sayram shevasi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan[1].
Surgunlarda boʻlib, qiyinchiliklarn boshdan kechirgan Safo Zufarov oʻzbek tilshunosligining birinchi professorlaridan biri hisoblanmish Gʻozi Olimning unga bergan maslahatlari haqida shunday deb eslaydi:
— 1930-yillari N.M.Marra nomidagi Leningrad Til va Falsafa universitetida aspirant boʻlib oʻqiganimda men oʻqituvchilar bilan uchrashdim. Oʻsha vaqtda Gʻozi Olim Yunusov sharqshunoslik universitetiga ilmiy kotib vazifasida ishlashga keladi. Oʻshanda u menga koʻplab maslahatlar berdi. Shunday Polivanov va Batmanov kabi katta lingvistlar Gʻozi ogʻa bilan qanchalar ehtiyotkorona, har bir soʻzni oʻylab bahsga kirishganlarini haligacha eslayman[2].
Ayblov
[tahrir | manbasini tahrirlash]1936-yil iyunda NKVD tomonidan qamoqqa olingan va 5 yilga surgun qilingan. 1941-yil 29-martda surgundan ozod qilingan. 1945-yil 20-iyunda ikkinchi bor qamoqqa olingan. 1945-yil 30-noyabrda NKVD tomonidan 10 yilga surgun qilingan.
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-yilda vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.
- ↑ „Трагедия ученого-лингвиста“. oyina.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.