Kontent qismiga oʻtish

Saksofon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saksofon

Saksofon (inglizcha: saxophone) — puflama tilchali musiqa cholgʻu asbobi. Belgiyalik musiqa cholgʻulari ustasi Adolphe Sax ixtiro qilgani (1841) uchun uning nomi bilan atalgan.[1] Turli (jez, rux va boshqalar) metallar qorishmasidan tayyorlanadi. Mundshtugi yakka tilli. Chalgʻichbarmoq teshiklari klapanlar bilan berkitiladi. Asosan, 7 turi (sopraninodan kontrabasgacha) mavjud. Yorqin, kuchli va shirali tovushi, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega boʻlgan saksofon jaz musiqasida asosiy cholgʻulardan hisoblanadi. Puflama sozlar orkestri, estrada orkestri, baʼzida simfonik va opera orkestrlari tarkibiga kiradi. Yakkanavoz konsert musiqa cholgʻusi sifatida ham foydalanilmoqda (K. Debyussi, Rapsodiya; A. Glazunov, S. va torli orkestr uchun konsert va boshqalar).

Oʻzbekistonga 19-asrning oxirgi choragida rus harbiy orkestrlari bilan birga kirib keldi. Hozirda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar orkestrlari, turli estrada orkestr va ansambllari tarkibidan oʻrin olgan. 1990-yil Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida, keyinchalik, musiqa kollejlarida saksofon sinfi ochilgan. Sh. Esonboyev, B. Shukurov, Y. Jivayev, B. Murtazoyev, Y. Gulzarov kabi S. ijrochilari tanilgan.[2]

  1. Raumberger, Ventzke, Claus, Karl. Saxophone. Oxford Music Online, 2001. DOI:10.1093/gmo/9781561592630.article.24670. ISBN 978-1-56159-263-0. Qaraldi: 2019-yil 6-aprel. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]