Kontent qismiga oʻtish

Salazar Slytherin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salazar Slizerin
Salazar Slizerin

Salazar Slizerin (ing. Salazar Slytherin) – eng buyuk afsungarlardan biri, Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4ta asoschilaridan biri. Qora Afsunga qiziqqan, Sehrli Jamiyatning tozaqonligining eng ashaddiy kurashchisi ekanligi bilan tanilgan. Uning sharafiga Hogwartsdagi fakultetlarining biriga Slizerin nomi berilgan. Slizerinning ramzi – yashil fondagi kumushrang Ilon. Ilonlar tilida gaplasha olgan. Mohir legiliment („legilimensiya“ – boshqalarning fikrini oʻqiy olish qobiliyati)[1]. Insonlardagi qatʼiyat, shuhratparastlik, ayyorlik va tozaqonlikni qadrlar edi va shunga tayangan xolda oʻziga oʻquvchi qabul qilar edi. Taqsimlovchi Shlyapaning qoʻshigʻiga koʻra, Slizerin qaysidir botqoqda tugʻilgan (yoki yashagan), umri davomida Godrik Griffindorning eng yaqin doʻsti boʻlgan, ammo oxirida u bilan urishib qolishgan.

Tozaqonlik eng asosiy mezon

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salazar Slizerin tozaqon boʻlmagan afsungarlarni juda ham yomon koʻrgan. Va maktabda faqat, tomirlarida toza Afsungarlarning qoni oqadigan bolalar oʻqishi kerak, maggllarning bolalariga afsunlash ilmining sirlarini ishonib topshirish mumkin emas deb hisoblar edi. Shu mavzuda u har doim boshqa asoschilar bilan janjallashib kelgan va buning natijasida maktabni tark etishga majbur boʻlgan.

Maktabni tark etishi va Maxfiy Hujra

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slizerin, boshqa asoschilar uning fikrlarini qoʻllab quvvatlamaganlari sababdan, maktabni tark etgan. Ketishidan oldin, Hogwartsni tozaqon boʻlmaganlardan himoya qilish uchun qasr ichida Maxfiy Hujra yaratadi va u yerga oʻz monstriVasiliskni qoldiradi. Uning vazifasi Hujra ochilganida maktabni tozaqon boʻlmaganlardan „tozalash“ edi. Maxfiy Hujrani koʻp bora qidirishga urinishgan, lekin barcha harakatlar besamar ketgan, buning sababi – Hujrani faqatgina, ilonlar tilida gaplasha oladigan, Slizerinning vorisi ocha oladi.

Slizerin vorislari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slizerin oilasi ota tomonidan ancha oldin chatishib ketgan. Lekin uning uzoq qarindoshlari boʻlgan Mrakslar oilasi tozaqonlikni saqlagan xolda, XX asr oʻrtalarigacha yashab kelishgan. XVIII asrning boshida bu oilaning vakili boʻlgan Korvin Maks Maxfiy Hujrani Hogwarts yerlari ostida butunlay qolib ketishi uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilgan. Bundan tashqari, Mrakslar oilasi Slizerin artefaktlaridan biri boʻlgan – Medalyonini saqlab kelishgan. Mrakslarning eng soʻngi avlodi – Meropa, goʻyo Slizerin va uning nazariyalariga oʻyin tariqasida qarab magglga turmushga chiqadi. U taqdiriga Slizerinning eng soʻngi mashhur vorisi boʻlish yozilgan oʻgʻil koʻradi va uning ismini Tom Reddl qoʻyadi.

Hogwartsning atigi 5-sinf oʻquvchisi boʻlib turib, Tom Reddl Maxfiy Hujrani topadi va uni ochib Vasiliskni qoʻyib yuborishga muvaffaq boʻladi. Bu jarayon natijasida maggllar oilasida tugʻilgan Mirtl ismli qizcha vafot etadi. 3-sinf talabasi yarimdev boʻlgan Rubeus Xagrid esa, qotillikda ayblanib maktabdan haydaladi. Qiziq tomoni shuki, hechkimning hayoliga Xagridning aybdorligiga gumon qilish kelmaydi va bu Tom Reddlga kulgili tuyuladi. Chunki, oʻsha vaqtda Xagrid uchun doʻst orttirish qiyinchilik tugʻdirgan va uni himoya qiladigan odam boʻlmagan. Bundan tashqari Xagrid ilontil (ilonlar tilida gaplasha oluvchi) boʻla olmas edi, chunki talaffuzi devqomatlardan ancha yaxshi boʻlgan insonlar uchun ham bu til katta iqtidor talab etardi.

1992-yilda Tom Reddl krestrajlaridan biri boʻlgan, uning kundaligining harakatlari bilan Maxfiy Hujra qayta ochiladi. Griffindor fakulteti talabasi boʻlgan 12 yoshli Garri Potter boshlangan dahshatli voqealarni tugatadi. Garri Potter Maxfiy Hujraga tushib Godrik Griffindorning qilichi bilan Vasiliskni oʻldiradi va uning tishi bilan kundalikni yoʻq qiladi. Slizerinning rejalari barbod boʻlganini koʻrgan Tom Reddl yana Slizerinning „afsun – faqat tozaqonlar uchun“ degan taʼlimotini hayotga tatbiq qilishga urinadi. Ikkinchi afsunlar jangi davomida, u Afsun Vazirligini qoʻlga olishga muvaffaq boʻladi va maggllardan tugʻilgan afsungarlarning koʻplab huquqlarini cheklab qoʻyadi.

Tozaqonli Hogwarts

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda Salazar Slizerinni hursand qiladigan voqea sodir boʻladi, yaʼni uning avlodi boʻlgan va afsungarlar orasida Lord Voldemort ismi bilan tanilgan, Tom Reddl Afsungarlar orasida va Hogwartsda toʻliq hokimiyatni qoʻliga oladi. Bir yil davomida maggllardan tugʻilgan afsungarlar uchun Hogwarts yopiladi, tozaqonli afsungarlar uchun esa maktabda oʻqish majburiyatga aylanadi.

1998-yili, Tom Reddlning vafoti va Ikkinchi afsunlar jangidan keyin, bu yangi kiritilgan qonunlar oʻz kuchini yoʻqotadi[2].

Qiziq Faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Har xil rasmda Salazar Slizerin har xil koʻrinadi. Baʼzida soqol bilan baʼzida esa umuman soch-soqollarsiz, biroz ilonni eslatuvchi qiyofada. Uning haqiqatga yaqin eng ishonarli koʻrinishi – Maxfiy Hujradagi haykali deb hisoblangan. Qadimgi chol, kitobda: „… tosh mantiyaning etaklarigacha yetadigan soqoli…“ deb tasvirlangan. Filmda esa, butun boʻyli haykal oʻrniga faqat boshining tasviri tushirilgan haykali ishlatilgan.
  • Malfoylar, Bleklar va Goyllar kabi tozaqonli afsungarlar oilasi, Salazar Slizerinni juda ham hurmat qilishadi. Bu oilalarning deyarli barcha vakillari Slizerin fakultetida tahsil olishgan. Lekin Sirius Blek Griffindorda oʻqib onasini qattiq jahlini chiqaradi.
  • Har bir asoschi oʻzidan keyin qandaydir artefakt qoldirib ketgan. Ulardan baʼzilari (Godrik Griffindorning qilichi va shlyapasi, Rovena Reyvenkloning diademasi va Helga Hafflpuffning finjoni) sehrli kuchga ega edi. Slizerinda medalyon shunday kuchga ega boʻlgan. Medalyon keyinchalik, Voldemort tomonidan krestrajga aylantirilgan. Medalyon, Lord Voldemort unga oʻz qalbining parchasini kiritishidan oldin ham sehrli kuchga ega ekanligi haqida maʼlumot mavjud emas.
  • Slizerinning sevimli hayvoni – Ilon. U parseltangda („parseltongue“ – ilonlar tili) gapira olar edi. Qadimdan, agar bu qobiliyat tugʻma boʻlsa, bu Qora Afsungarlikning belgisi, deb hisoblangan. Slizerindan 1000 yilcha oldin Qadimgi Yunonistonda, G’azabdor Gerpiy ismli mashxur qora afsungar yashagan, u eng birinchi Vasilisk va Krestrajlarni yaratgan deb hisoblanadi, bundan tashqari u birinchi ilontillardan biri boʻlgan. Ilon tilida soʻzlashish qobiliyati irsiy boʻlgani sababli, Slizerin – aynan G’azabdor Gerpiyning avlodiligining ehtimoli yuqori.
  • Hech qayerda boshqa asoschilar oʻz hayvonlari tilida gapira olishi haqida maʼlumot keltirilmagan. Misol uchun, Godrik Griffindor sheʼrlar bilan gaplasha olishi haqida yozilmagan.
  • Slizerin „oʻrmalovchi“ degan maʼnoni anglatadi, Salazar esa – Portugaliya diktatorining familiyasi.
  • Bundan tashqari uning familiyasidagi birinchi qism – Sly „ayyor“ deb tarjima qilinadi, aniqroq aytganda „mugʻombir“ degan maʼnoni anglatadi. Bu esa Slizerin talabalarining sifatlarini yaqqol tasvirlab beradi.

Koʻrinishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Garri Potter va Falsafa Toshi (videooʻyin) (kolleksiya kartasida)
  • Garri Potter va Maxfiy Hujra (birinchi marta tilga olingan)
  • Garri Potter va Maxfiy Hujra (film) (Maxfiy Hujradagi haykal)
  • Garri Potter va Maxfiy Hujra (videooʻyin) (Maxfiy Hujradagi haykal)
  • Garri Potter va Azkaban Maxbusi (film) (Portret)
  • Garri Potter va Azkaban Maxbusi (videooʻyin) (kolleksiya kartasida)
  • Garri Potter va Tilsim Shaxzodasi (Faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Tilsim Shaxzodasi (film) (Portret)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari (Faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 2-qism (Maxfiy Hujradagi haykal)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 2-qism (videooʻyin) (Maxfiy Hujradagi haykal)
  • LEGO Garri Potter: 1-4 yosh
  • LEGO Garri Potter: 5-7 yosh
  • Wizarding World
  • Harry Potter: Hogwarts Mystery (kolleksiya kartasida)
  1. „Salazar Slytherin“. Wizarding World. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
  2. Rouling, Joan. Garri Potter va Ajal tuhfalari. Rosmen. 
  1. Harry Potter Fandom
  2. Wizarding World
  3. J. K. Roulingning rasmiy sayti
  4. J. K. Roulingning „X“ dagi rasmiy sahifasi