Kontent qismiga oʻtish

Salta provinsiyasi

Koordinatalari: 24°47′0″S 65°25′0″W / 24.78333°S 65.41667°W / -24.78333; -65.41667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salta provinsiyasi

Salta
24°47′0″S 65°25′0″W / 24.78333°S 65.41667°W / -24.78333; -65.41667
Mamlakat Argentina
Maydon 155,488 km2 (60,034 kv mi)
Aholisi
1,440,672
Salta provinsiyasi xaritada

Salta (ispancha: salta) – Argentina provinsiyasi, mamlakat shimoli-gʻarbida joylashgan. Qoʻshni provinsiyalar: Formosa, Chaco, Santiago del Estero, Tucuman va Catamarka. Shimolda Boliviya va Paragvay bilan, gʻarbda esa Chili bilan chegaradosh.

Ispaniya istilosidan oldin, hozirgi Salta provinsiyasi vodiylarida koʻplab mahalliy xalqlar (hozir Diaguitas va Calchaquies deb ataladi) yashagan. Ular koʻplab turli qabilalarni oʻz ichiga olgan: Kvilmlar, Humahuacas, Puna, Vichis. Ularning barchasi Kakan tilida soʻzlashishgan.

Ernando de Lerma 1582-yilda Oropes grafligi vitse-qiroli Fransisko de Toledoning buyrugʻiga binoan bu yerda San Felipe de Lermaga asos solgan. Tez orada shahar nomi „San Felipe de Salta“ ga oʻzgartirilgan. 1650-yilga kelib shaharda besh yuzga yaqin aholi bor edi.

Salta shahridagi mustamlakachi Kabildo.

„Salta del Tucuman“ shahri Rio-de-la-Plata vitse-qirolligi tarkibida tashkil qilingan. 1783-yili shaharning ahamiyati ortib borayotgan davrda, Salta del Tucuman shahrining markazi San-Migel-de-Tucumandan Saltaga koʻchirildi.

1813-yildagi Salta jangida hudud Ispaniyadan ozod qilindi, ammo vaqti-vaqti bilan Peru vitse-qirolligi tomonidan 1826-yilgacha hujumlar uyushtirildi. Gervasio de Posadas 1814-yilda hozirgi Salta, Jujuy provinsiyalari hamda Boliviya janubi va Shimoliy Chilining bir qismini oʻz ichiga olgan Salta provinsiyasinini tashkil qildi.

La Kaldera vodiysi, Salta.

Provinsiyaning umumiy yer maydoni 155,488 km2 (60,034 kv mi). Argentinadagi yer maydoni kattaligi boʻyicha oltinchi provinsiyasi[1]. Provinsiyaning asosiy daryolari Pilkomayo, Bermexo, Juramentova va Salado hisoblanadi[2]. Salta provinsiyasi geologik jihatdan faol mintaqada joylashgan va vaqti-vaqti bilan zilzilalardan aziyat chekadi. Provinsiyada toʻrtta zilzila qayd etilgan:

Köppen iqlim xaritasi Salta, Argentina

Salta provinsiyasi Capricorn tropikiga yaqin joylashgan boʻlsa-da, balandlikning oʻzgarishi tufayli turli iqlimga ega[3]. And togʻlarining yoʻnalishi provinsiya ichida yogʻingarchilikning taqsimlanishiga taʼsir qiladi[3].

Salta iqtisodiyoti unchalik rivojlanmagan, ammo xilma-xildir. 2006-yilda uning iqtisodiyoti 5,141 milliard AQSh dollarini yoki aholi jon boshiga 4,764 AQSh dollarini tashkil etdi, bu milliy oʻrtacha koʻrsatkichdan 45 foizga past[4]. 2012-yilda uning iqtisodiyoti aholi jon boshiga 30,613 milliard peso yoki 23,971 dollar deb baholandi[5] [6].

Alta Montana, Salta Arxeologiya muzeyi

Salta provinsiya bir qator tabiiy, ijtimoiy va tarixiy diqqatga sazovor joylarga ega. Ular orasida uning mustamlaka uylari va sobori hamda Llullaillako vulqonidan topilgan Llullaillako bolalari sifatida tanilgan uchta muzlatilgan Inka mumiyasi saqlanadigan Arqueología de Alta Montaña de Salta muzeyi ham bor.

Salta poyezd yoʻli eng baland temir yoʻllardan biri boʻlib And togʻlarining baland choʻqqilari boʻylab oʻtadi[7].
Salta qonun chiqaruvchi organi

Provinsiya hokimiyatning vakillik va respublika shakli sifatida boshqariladi[2]. Provinsiya hukumati uch boʻlimga boʻlingan: ijro hokimiyati,qonun chiqaruvchi va Oliy sud boshchiligidagi sud tizimi.

Argentinada eng muhim huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot Argentina federal politsiyasi hisoblanadi, ammo qoʻshimcha ish Salta provinsiya politsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Siyosiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kafayate yaqinidagi Valles Calchaquíes .
Lerma vodiysi va Salta shahrining koʻrinishi.

Provinsiya 23 departamentga boʻlingan 59 munitsipalitetni oʻz ichiga oladi[8].Provinsiya markazi Salta shahri boʻlib, u yerda provinsiya hukumati joylashgan[8].

  1. „Anuario Estadístico Año 2015–Avance 2016“ (es). Dirección General de Estadísticas de Salta. 2018-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-fevral.
  2. 2,0 2,1 „Anuario Estadístico Año 2015–Avance 2016“ (es). Dirección General de Estadísticas de Salta. 2018-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-fevral.„Anuario Estadístico Año 2015–Avance 2016“ (PDF) (in Spanish).
  3. 3,0 3,1 „Clima de la Provincia de Salta“ (es). Portal Informativo de Salta. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  4. „El déficit consolidado de las provincias rondará los 51.500 millones este año“ (es). Instituto Argentino para el Desarrollo de las Economías Regionales. 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
  5. „Producto Bruto Geográfico–Provincia de Salta“ (es). Dirección General de Estadísticas de la Provincia de Salta. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
  6. The average exchange for 1 US dollar was 4.54 Argentine pesos in 2012 according to the World Bank
  7. „Train to the clouds - ARGENTINEAN NORTH“. Trenalasnubes.com.ar. 2012-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-aprel.
  8. 8,0 8,1 „Salta–División Política“ (es). Portal Informativo de Salta. 2018-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-fevral.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]