Kontent qismiga oʻtish

Santiago del Estero provinsiyasi

Koordinatalari: 27°47′0″N 64°16′0″E / 27.78333°N 64.26667°E / 27.78333; 64.26667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Santiago del Estero

Provincia de Santiago del Estero (Ispan tilida)
Provinsiya
Bicentennial madaniyat markazi
Bicentennial madaniyat markazi
Santiago del Estero
Bayroq
Santiago del Estero
Gerb
27°47′0″N 64°16′0″E / 27.78333°N 64.26667°E / 27.78333; 64.26667
Mamlakat Argentina
Ichki boʻlinishi
  • Departament 27
  • Munitsipalitet 28
Hukumat
 • Gubernator Gerardo Zamora
Asos solingan 1820-yil
Maydon 334.8 km2 (129.3 kv mi)
Markazi balandligi 135 m
Rasmiy til(lar)i Ispancha
Aholisi
 (2022-yil[1])
1 054 028
Zichligi 6.41[2] kishi/km2
Milliy tarkib
Konfessiyaviy tarkib Katolik, dunyoviylik va boshqalar
Etnoxoronim Ispanlar
Vaqt mintaqasi UTC−3
Telefon kodi +54 385
Pochta indeks(lar)i 4200
Santiago del Estero xaritada
Santiago del Estero
Santiago del Estero

Santiago del Estero (Ispancha talaffuzi: sanˈtjaɣo ðel esˈteɾo), shuningdek, Santiago nomi bilan tanilgan – Argentina shimolidagi provinsiya. Shimoldan soat mili boʻyicha qoʻshni provinsiyalari – Salta, Chaco, Santa Fe, Córdoba, Catamarca va Tucumán.

Bastakor va qonun chiqaruvchi Amancio Jacinto Alcorta.
Avliyo Mariya Antonia de San-Xose argentinalik diniy rohiba.
Argentinalik sanʼatkorlar Rio-Hondo Hot Springsda dam olishmoqda, 1958.

Ushbu hududning tub aholisi Juríes-Tonokotes, Sanavirones va boshqa qabilalar hisoblanadi. Santiago del Esteroda 100 000 ga yaqin mahalliy kechua tilida soʻzlashuvchilar istiqomat qiladi. Ular inklar tilidan foydalanadigan eng janubiy tubjoy aholi hisoblanadi. Til qachon va qanday qilib bu hududga yetib kelgani aniqlanmagan, ehtimol, ilk Ispaniya ekspeditsiyalariga hamrohlik qilgan mahalliy askarlar bilan yetib kelgan boʻlishi mumkin.

1542-yilda bu hududga Diego de Rojas ilk bor qadam qoʻygan. 1553-yilda Francisco de Aguirre boshchiligidagi ispan konkistadorlari tomonidan barpo etilgan va shimoldagi eng uzoq shahar boʻlgan.

Keyinchalik, Santiago Tucumándan Audiencia de Charcasgacha boʻlgan turli provinsiyalar tarkibida boʻlgan. Biroz muddatdan soʻng yana Tucumán tarkibiga qaytarilgan va poytaxt etib belgilangan.

1699-yilda yepiskop Córdobaga va ikki yildan soʻng hukumat Saltaga koʻchib oʻtdi. Buning ustiga, Buenos Aires va Peru vitse-qirolligi oʻrtasidagi kumush savdo yoʻli Santiago orqali emas, balki Tucuman orqali oʻtadigan boʻldi. Ushbu holatlar birgalikda shahar va hududning ahamiyatini keskin pasaytirib yubordi. Natijada, XIX asr boshlariga kelib, shaharda atigi 5000 aholi qolgan edi.

Salta provinsiyasi tashkil etilishi bilan Santiago del Estero Tucumanning yangi provinsiyasi tarkibiga oʻtkazildi. Milliy mojaro vaqtida Santiago del Estero 1820-yili Tucumandan ajralib chiqdi va muxtoriyat tarafdori gubernator Juan Felipe Ibarra nazorati ostiga oʻtdi. Yangi provinsiya tashkil etilganida uning dastlabki oʻn yilliklarida eng mashhur himoyachilari orasida 1826-yildan 1862-yilgacha oʻz provinsiyasini himoya qilgan yosh musiqa bastakori Amancio Jacinto Alcorta ham bor edi. U hududda savdoni modernizatsiya qilishga va soliqqa tortishga yordam berdi hamda mahalliy bank va kreditni targʻib qildi. 1856-yilda provinsiya konstitutsiyasi ishlab chiqildi.

XX asrning boshlarida Santiago del Estero Chaco provinsiyasi bilan tortishuvga sabab boʻlgan yerlarning bir qismini sotib oldi. Oʻsha paytga kelib provinsiyada toʻrtta shahar va 35 000 aholi bor edi, ularning aksariyati qiyin sharoitlarda yashagan. 1950-yilda Los Quiroga toʻgʻonining qurilishi sugʻorish orqali boshqa qurgʻoqchil yerlarning mahsuldorligini oshirish imkonini berdi.

1890-yillarda siyosatchilar Santiago del Estero shahrining shimoli-gʻarbidagi kam eʼtibor qilingan turistik yoʻnalishdan xabardor boʻldilar. Ushbu yoʻnalishda transport yoki mehmonxona qulayliklarining yoʻqligiga qaramay, sayohatchilar 1543-yildan buyon aholiga maʼlum mineral buloqlarni koʻrish maqsadida borishardi.

Argentina qishloq xoʻjaligi departamenti Buenos Aires universiteti kimyo fanlari professori Hercules Cortiga buloqlarni oʻrganish vazifasini topshirdi. 1918-yilda oʻz hisobotini yakunlar ekan, Corti Rio Hondo issiq buloqlari yer yuzidagi eng shifobaxsh buloqlardan biri ekanligini va mineral buloqlar sogʻliqni saqlash turizmi uchun muhim joy hisoblanishini bildirdi. Rio Hondo tezda Argentinaning barcha burchaklaridan tashrif buyuruvchilarni jalb qila boshladi. 1932-yilda jamoat kurorti sifatida ajratilgan, birinchi rasmiy mehmonxona obyektlari esa 1940-yillarning oxirida ochilgan.

1948-yilda provinsiya peronist faoli Carlos Arturo Juárez viloyat gubernatori etib saylandi. XX asr oxirlarida Santiago del Esteroning asosiy siyosiy arbobiga aylangan Juárez gʻayratli va intiluvchanligi tufayli tez orada mahalliy siyosatda muhim oʻrin egalladi (asosan boshqalar orqali). Caudillo (mahalliy rahbar) sifatida tanilgan Juárez 1990-yillarga kelib, oʻz raqiblari oʻldirishga bemalol buyruq bera boshladi. Jumladan, 1996-yilda sobiq hokim Cezar Iturre va 1998-yilda yepiskop Gerardo Sueldolarning oʻlimiga sabab boʻldi[3].

Biroq, ikki mahalliy yosh ayolning oʻlimi Juárezning qotili Antonio Musa Azarni oshkor boʻlishiga sabab boʻldi. Musa Azarning oʻtmishdagi qotilliklari va shantajlariga aloqadorligi isbotlangach, Juárez 2002-yil oxirida isteʼfoga chiqdi. Uning oʻrniga xotini Nina Aragonés de Juárez tayinlandi, ammo u 2004-yilda mart Prezident Néstor Kirchner tomonidan lavozimidan ozod qilindi[4].

Santiago del Estero iqlim xaritalari.

Provinsiya deyarli butunlay Gran Chaconing tekisliklarida joylashgan boʻlib, baʼzi pasttekisliklar ham mavjud. Ushbu pasttekisliklarda, asosan „Bañado de Figueroa“, „Bañado de Añatuya“ va Salado hamda Dulce daryolari havzasi yaqinida koʻllar paydo boʻlgan. Sumampa va Ambargasta togʻ tizmalari janubi-gʻarbda Pampasning taʼsiri natijasida vujudga kelgan.

Ohak va tuzga boy boʻlgan tuproq quruq boʻlib, yarim choʻl va dashtlar bilan ajralib turadi. Iqlim asosan subtropik, shuningdek, yil davomida quruq mavsum boʻladi va yuqori harorat kuzatiladi. Yillik oʻrtacha harorat 21,5 °C boʻlib, soʻnggi yillarda 24 °C gacha koʻtarildi. Maksimal harorat 50 °C gacha yetadi va 1970-yildan beri harorat sezilarli darajada koʻtarildi. 1910-yilgacha eng yuqori harorat 38 °C edi. Minimal harorat esa −5 °C dan −2 °C gacha boʻladi. Quruq mavsumda, yaʼni qishda, oʻrtacha 120 mm yogʻin yogʻadi, ammo yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 700 mmni tashkil etadi.

Shimoliy Argentinaning koʻplab provinsiyalari kabi, bu provinsiyaning iqtisodiyoti ham nisbatan rivojlanmagan. Shunday boʻlsa-da, 2006-yilda uning umumiy budjeti taxminan 2,863 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Biroq, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan 3559 AQSH dollari miqdoridagi ishlab chiqarish hajmi mamlakat boʻyicha eng past koʻrsatkich boʻlib, oʻrtacha darajadan 60 foizga kam edi[5]. Santiago del Estero uzoq vaqtdan davomida asosan qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan (paxta, tamaki va teri mahsulotlari bilan tanilgan) va sanoat ishlab chiqarishi deyarli yoʻq boʻlgan provinsiya edi. Shunga qaramasdan, bu provinsiya Argentinada 2002-yildan beri kuzatilayotgan iqtisodiy tiklanish davrida boshqa provinsiyalar kabi tez sur’atlarda rivojlanib kelmoqda.

Provinsiya iqtisodiyoti hamon birlamchi ishlab chiqarishga, ayniqsa qishloq xoʻjaligiga tayanadi. Bu soha provinsiya yalpi mahsulotining taxminan 12 foizini tashkil etadi. Salado va Dulce daryolari havzalarida joylashgan asosiy ekinlar qatoriga paxta (mamlakat ishlab chiqarishining 20 foizi), soya, makkajo‘xori va piyoz kiradi.

"Salinas Grandes" – dunyodagi eng yirik tuz tekisliklaridan biri hisoblanadi.

Chorvachilik ham katta ahamiyatga ega, ayniqsa sharqiy hududlarda, chunki u yerdagi iqlim sharoitlari bunga imkon yaratadi. Biroq, milliy ishlab chiqarishning 15 foizini tashkil etuvchi echkilar provinsiyaning qolgan qismiga yaxshiroq moslashgan.

Quebracho daraxti va algarrobo yogʻoch sanoatiga ekilgan turlar ham qoʻshilgan boʻlib, ular yiliga oʻrtacha 300 ming tonnadan ortiq mahsulot bermoqda. Bundan taxminan 100 ming tonnasi qurilish yogʻochi sifatida ishlatilsa, qolgan qismi esa oʻtin va oʻsimlik koʻmiri tayyorlashga sarflanmoqda.

Togʻ-kon ishlari deyarli yoʻq, faqat janubi-gʻarbdagi tuz konlarida mavjud. Ishlab chiqarish sanoati (umumiy mahsulotning 10 foizidan kam) asosan oziq-ovqat, toʻqimachilik va teri mahsulotlariga ixtisoslashgan kichik korxonalardan tashkil topgan.

Turizm maʼlum darajada rivojlangan, biroq bu faqat asosiy sayyohlik maskanlarining atrofida kuzatiladi. Sayyohlar Argentinaning eng qadimiy shahri hisoblangan Santiago del Esteroga tashrif buyurib, uning tarixiy binolari va muzeylarini tomosha qilishadi. Shuningdek, ular Termas de Río Hondoga va 200 ta mehmonxonaga ega boʻlgan Rio Xondoning issiq buloqlariga ham borishadi. Bundan tashqari, sayyohlar suv sporti bilan shugʻullanish imkoniyati mavjud boʻlgan „Frontal“ toʻgʻonini ham ziyorat qilishadi.

Provinsiyada Kopo milliy bog‘i va toʻrtta muhofaza etiladigan hudud mavjud: „Banyados-de-Figueroa“, „Sierras-de-Ambargasta“, „Sierra-de-Guasayan“ va „Sierras-de-Sumampa“.

Homero Manzione bir nechta mashhur tangolar muallifi boʻlgan argentinalik tango sheʼriyati ustasi edi.

Santiago del Estero tarixi bilan bogʻliq muhim shaxslar qatoriga Argentina mustaqillik urushining yetakchisi, polkovnik Juan Fransisko Borxes (adib Xorxe Luis Borxesning ajdodi), shuningdek, inqilobiy rahbarlar Mario Roberto Santucho va Fransisko Rene Santucholar kiradi. Ular Ishchilar inqilobiy partiyasi (Partido Revolucionario de los Trabajadores) hamda Xalq inqilobiy armiyasi (Ejército Revolucionario del Pueblo) tashkilotlarining asoschilari boʻlganlar.

XIX asrdan buyon provinsiyaning eng mashhur madaniyat arboblari orasida rassomlar Felipe Taboada, Ramon Gómez Kornet, Karlos Sanches Gramaxo, Alfredo Gonya, hamda Rikardo va Rafael Turinyo, shuningdek, yozuvchilar Xorxe Vashington Abalos, Bernardo Kanal Feixoo, Klementina Rosa Kenel va Julio Karreras (h) bor. Amansio Xasinto Alkorta ham XIX asr oʻrtalarida Santiago del Estero vakilligini sharaf bilan Kongressda ado etgan boʻlib, u fleyta konsertlari va diniy musiqaning mashhur bastakori sifatida tanilgan.

Santiago del Esteroning musiqiy merosi uning eng muhim madaniy jihatlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda folklor chakarera va zamba kabi anʼanaviy musiqalar keng tarqalgan. Manseros Santiagueños, Alfredo Ábalos, Leo Dan, Jacinto Piedra va Raly Barrionuevo kabi mashhur sanʼatkorlar va guruhlar faoliyat yuritadi. Provinsiyaning eng taniqli xalq musiqa ansambli, shubhasiz, 1945-yildan buyon ushbu janrda ijod qilib kelayotgan va 1952-yildan beri albomlar yozib olayotgan Ábalos aka-ukalardir. Bu guruh Argentinaning eng mashhur xalq musiqachilari qatoriga kiradi[6].

Santiago del Esteroning Deputatlar palatasi

Provinsiya hukumati uch tarmoqqa boʻlinadi: xalq tomonidan saylanadigan va Vazirlar Mahkamasini tayinlaydigan gubernator boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat; qonun chiqaruvchi hokimiyat; va Oliy sud rahbarlik qiladigan sud hokimiyati.

Santiago del Estero provinsiyasining Konstitutsiyasi provinsiyaning asosiy qonuniy hujjati hisoblanadi.

Argentinada eng muhim huquq-tartibot organi Argentina Federal Politsiyasi hisoblanadi, biroq qoʻshimcha vazifalarni Santiago del Estero provinsiya politsiyasi ham bajaradi.

Jinoyat va inson huquqlari buzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Santiago del Estero provinsiyasi uyushgan jinoyatchilik aralashuvi va 2005-yilda Gerardo Zamora hokimiyat tepasiga kelganidan beri yuz bergan koʻplab yer egallab olish holatlari bilan tanilgan. Bu yerda dehqonlar va yer egalari tahdid ostida qolmoqda[7]. Ular yerlardan mahrum qilinmoqda. Hokimiyat tomonidan himoyalangan jinoiy guruhlar qonuniy mulkdorlarning yerlarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olayotgani haqida bir nechta shikoyatlar mavjud[8]. 2022-yil oxirida jinoiy guruhlar va hokimiyat oʻrtasidagi hamkorlik kuzatilgan usurpatsiya qurbonlarining koʻplab holatlari orasida yana bir voqea sodir boʻldi. Santiago del Estero Oliy sud raisi Federico López Alzogaray Manuel Assensio Ardilesni 30 gektar yeridan noqonuniy ravishda mahrum etdi[9][10][11][12][13]. Bu ish xalqaro nodavlat tashkilot hisoblangan Amerikalararo Demokratiya Instituti tomonidan ham eʼtirof etilgan edi[14][15].

Santiago del Estero provinsiyai oʻz aholisining inson huquqlari buzilishlaridan aziyat chekishi bilan ham mashhur. Bu holat shu darajaga yetganki, 2022-yilda Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissarga hisobot taqdim etildi. Ushbu hisobotda fuqarolarga boʻlgan tahdidlar, gubernator Gerardo Zamora, davlat amaldorlari va ularning oilalari bilan bogʻliq jinoiy tarmoqlar fosh etilgan[16][17]. Viloyatdagi hokimiyat bilan bogʻliq koʻplab qotillik holatlari orasida ikkitasi alohida eʼtiborga sazovor boʻlgan: birinchisi, Santiago del Estero soliq idorasidagi oʻta jiddiy korrupsiya holatini fosh qilgan amaldorning tanasi boʻlaklarga ajratilib, vahshiyona oʻldirilishi[18][19] va ikkinchi holat esa, gubernator Gerardo Zamoraga aloqador giyohvand moddalar savdosi haqidagi shikoyatga javoban bolani zoʻrlash va tanasini boʻlaklarga ajratish bilan bogʻliq jinoyatdir[20][21][22]. Bularning barchasiga provinsiya moliyasini boshqarishdagi shaffoflik yoʻqligi ham qoʻshiladi[23]. Provinsiyada sodir boʻlayotgan qotilliklar, hokimiyatni egallab olishlar va zoʻravonliklar aslida gubernator, politsiya, sudyalar va prokurorlar bilan aloqador boʻlgan puxta tashkil etilgan narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyat tarmogʻining aks etishidir. Bu haqiqat maslahatchi Duglas Farah tomonidan 2022-yil noyabr oyida chop etilgan „Transmilliy jinoyat birlashuvi boʻyicha holatni oʻrganish: Argentina, Santiago del Estero“ nomli hisobotida oʻz tasdigʻini topgan[24].

Siyosiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Provinsiya 27 ta departamentga boʻlingan.

Añatuya
City Hall, Termas de Río Hondo

Departament

  1. Aguirre Department (Pinto)
  2. Alberdi Department (Campo Gallo)
  3. Atamisqui Department (Villa Atamisqui)
  4. Avellaneda Department (Herrera)
  5. Banda Department (La Banda)
  6. Belgrano Department (Bandera)
  7. Capital Department (Santiago del Estero)
  8. Choya Department (Frías)
  9. Copo Department (Monte Quemado)
  10. Figueroa Department (La Cañada)
  11. General Taboada Department (Añatuya)
  12. Guasayán Department (San Pedro de Guasayán)
  13. Jiménez Department (Pozo Hondo)
  14. Juan Felipe Ibarra Department (Suncho Corral)
  15. Loreto Department (Loreto)
  16. Mitre Department (Villa Unión)
  17. Moreno Department (Quimilí)
  18. Ojo de Agua Department (Villa Ojo de Agua)
  19. Pellegrini Department (Nueva Esperanza)
  20. Quebrachos Department (Sumampa)
  21. Río Hondo Department (Termas de Río Hondo)
  22. Rivadavia Department (Selva)
  23. Robles Department (Fernández)
  24. Salavina Department (Los Telares)
  25. San Martín Department (Brea Pozo)
  26. Sarmiento Department (Garza)
  27. Silípica Department (Arraga)

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Santiago del Esteroning 2022-yilgi aholi soni (piramida siklida berilgan).

2022-yilgi Argentina milliy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Santiago del Estero provinsiyasi 1054 028 aholiga ega.

Provinsiya aholisining tarixiy evolyutsiyasi:

Mashhur odamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ana Amado (1946–2016), jurnalist, kinorejissyor, akademik va feminist
  • Gaspar Xuarez (1731–1804), Iezuit, botanik va tabiatshunos
  1. „Nuevos datos provisorios del Censo 2022: Argentina tiene 46.044.703 habitantes“. Infobae (2023-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  2. „El mapa del desarrollo humano en Argentina“. United Nations Development Programme (2023-yil 25-iyun).
  3. „¿Crímenes de Cesar Eusebio Iturre y Gerardo Sueldo? : Argentina Indymedia (( i ))“. Argentina Indymedia (2004-yil 23-fevral). Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.
  4. „Página/12 :: Sociedad :: Con Musa Azar como acusado estrella“. Pagina12.com.ar. Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.
  5. „El déficit consolidado de las provincias rondará los 11.500 millones este año“ (es). Instituto Argentino para el Desarrollo de las Economías Regionales. 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
  6. „The Hermanos Abalos“. 2008-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-avgust.
  7. „Te vas o te morís: la dramática situación que viven productores ante usurpaciones de campos en Santiago del Estero“ (2022-yil 5-dekabr).
  8. „En Santiago del Estero se ha naturalizado la usurpación, afirma Marisa Figueroa“ (2022-yil 25-may).
  9. „Una familia santiagueña denuncia que el presidente de la Corte usurpó su terrenoo“.
  10. „El despojo campesino en el siglo XXI: cuando el que usurpa es el juez“ (2021-yil 4-noyabr).
  11. „Presidente del Superior Tribunal de Justicia desaloja familia campesina que tiene título de propiedad“.
  12. „Santiago del Estero: Armando Valladares expuso la violación de Derechos Humanos en la provincia de Zamora“.
  13. „Murió Manuel Asencio Ardiles, el campesino que denunció a un juez santiagueño por robarle sus tierras“.
  14. „Santiago del Estero: Armando Valladares expuso la violación de Derechos Humanos en la provincia de Zamora“.
  15. „ONG de Estados Unidos se encuentra en la provincia investigando casos de violación a los Derechos Humanos“.
  16. „Presentan ante la ONU un informe sobre violaciones a los DD.HH. en Santiago del Estero“ (2022-yil 3-aprel).
  17. „Denuncian ante la ONU corrupción política, torturas y asesinatos en comisarías de Santiago del Estero“ (2022).
  18. „Gerardo Zamora, complice del asesinato de Raul Dominguez“.
  19. „Raúl Domínguez, un crimen en los pagos de Zamora“.
  20. „Gerardo Zamora, complice del asesinato de Raul Dominguez“.
  21. „Gerardo Zamora, sus vínculos con el narcotráfico y un asesinato“ (2016-yil 18-dekabr).
  22. „Vinculan a Gerardo Zamora y al narcotráfico en el crimen de un niño santiagueño“ (2016-yil 16-dekabr).
  23. „Santiago del Estero: costos secretos y cero información“ (2022-yil 30-mart).
  24. „Case Study In Transnational Criminal Convergence: Santiago del Estero, Argentina“.
  25. Sonia Tell (2008). Córdoba rural, una sociedad campesina (1750-1850). Buenos Aires: Prometeo Libros Editorial, pp. 55 (nota n° 32). ISBN 978-9-87574-267-3.
  26. Jorge Comadrán Ruiz (1969). Evolución demográfica argentina durante el período hispano, 1535-1810. Buenos Aires: Editorial Universitaria de Buenos Aires, 1969, pp. 87
  27. Sir Woodbine Parish (1853). Buenos Aires y las provincias del Río de la Plata: desde su descubrimiento y conquista por los Españoles. Tomo II. Buenos Aires: Imprenta de Mayo, pp. 116
  28. 28,0 28,1 Sir Woodbine Parish, 1853: 450
  29. Dirección General de Estadística de Argentina & Damián Hudson (1865). Rejistro estadistico de la República Argentina. Tomo I. Buenos Aires: J. A. Bernheim, pp. 108. La Guardia Nacional estimó en 19 000 hombres en edad militar.
  30. Laura Marcela Méndez (2007). Las Efemérides En El Aula. Buenos Aires: Noveduc Libros, pp. 204. ISBN 987-538-125-X.
  31. Mariela Ceva, Alejandro Fernández, Aníbal Jáuregui & Julio Stortini (2000). Historia Social Argentina En Documentos. Buenos Aires: Editorial Biblos, pp. 108. ISBN 950-786-245-5.
  32. 32,0 32,1 32,2 32,3 32,4 32,5 32,6 Argentina: población total por regiones y provincias. Censos Nacionales de 1914, 1947, 1960, 1970, 1980, 1991 y 2001