Salvador Duran
Salvador Durán Sánchez | |
---|---|
Millati | meksikalik |
Tugʻilgan joyi |
6-may 1985-yil Mexiko, Meksika |
Musobaqalarda faoliyati | |
Debyut mavsumi | 2014-15 |
Hozirgi jamoa | Team Aguri |
Avtomobil raqami | 77 |
Sobiq jamoasi | Trulli GP |
Startlar | 12 |
Gʻalabalar | 0 |
Pole pozitsiyasi | 0 |
Tez aylanishlar | 0 |
Eng yaxshi finish | 21 2014-15 |
Chempionlik unvonlari | |
British F3 Scholarship Class |
Salvador Duran Sanchez (1985-yil 6-mayda tugʻilgan) — Amlin Aguri jamoasi uchun FIA Formula E chempionatida qatnashgan meksikalik haydovchi. Duran avvalroq A1 Gran-prisi, Formula Renault 3.5 va NASCAR Toyota Series musobaqalarida qatnashgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mexiko shahrida tugʻilgan Duran oʻz faoliyatini 2002-yilda Skip Barber National musobaqasida 2-oʻrin va Midwestern Champion kubogini qoʻlga kiritish bilan boshlagan. 2003-yilda u Italiyaning Formula Renault musobaqasida 8-oʻrinni va Formula Renault Eurocup musobaqasida 15-oʻrinni egallagan. 2004 va 2005-yillarda u Britaniyaning F3 xalqaro seriyali milliy klassida P1 Motorsport bilan ishtirok etib, 2005-yil klass gʻolibiga aylandi.
Ushbu muvaffaqiyat ortidan u 2005-06-yilgi A1 Gran-pri mavsumiga yozildi va mavsum oxiriga qadar Meksika jamoasi uchun bahslashdi. Shuningdek, Laguna Secada raundining ikkala poygasida ham gʻalaba qozondi.
2006-yilgi Britaniya F3 xalqaro seriyasi uchun Salvador Chempionship klassiga koʻtarildi, Hitech Racing chempionatda oʻninchi oʻrinni egallab, 54 ochko toʻpladi va Silverstoundagi eng yaxshi natijasi bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Keyin u A1 Gran-prisining ikkinchi mavsumiga kirishdi. U shuningdek, jamoadoshlari Juan Pablo Montoya va Scott Pruett bilan birga 2007-yilda 24 soatlik Daytona musobaqasida qatnashdi.
U 2009-yilda Meksikaning A1GP jamoasi uchun musobaqalarda ishtirok eta boshladi, omavsum oxirida Meksika chempionatning eng yaxshi 10 taligiga kirgan. 2010-yilda NASCAR Mexico Series for Citizen-DHL jamoasida ishtirok etgan. Mabsum davomida 3 ta poygadan chetlashtirildi.
2014-yil dekabr oyida Amlin Aguri jamoasi Duranni 2014-yilgi Formula E mavsumining uchinchi bosqichi boʻlgan Urugvaydagi Punta del Este ePrix musobaqasida qatnashishini eʼlon qildi[1].
2015-16-yilgi Formula E mavsumi uchun Duran Trulli GP bilan shartnoma imzoladi, ammo chempionatning dastlabki uch turidan keyin (ular ishtirok etmagan) jamoa formuladan voz kechgach, Salvador yana Aguri jamoasiga qoʻshildi. Keyingi uchta poygadan soʻng, Parij ePrix musobaqasida Duran oʻrnini xitoylik haydovchi Ma Qing Xua egalladi va u mavsumning qolgan qismida jamoada qoldi[2][3].
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumiy natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Seriya | Jamoa | Poyga | Gʻalaba | PL | Ball | Oʻrin |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2002 | Formula Renault Monza | Fast Wheels Competition | ? | ? | ? | 2 | 25 |
2003 | Ford Mustang Championship Mexico | Telmex | ? | ? | ? | 0 | NC |
Formula Dodge National Championship | Skip Barber Racing School | 13 | 2 | 5 | 162 | 2 | |
Barber Dodge Pro Series | 3 | 0 | 0 | 17 | 21 | ||
North American Fran Am 2000 | GTI Formula Motorsports | ? | ? | ? | 18 | 30t | |
2004 | Formula Renault 2000 Italia | Cram Competition | 17 | 0 | 0 | 115 | 8 |
Formula Renault 2000 Eurocup | 15 | 0 | 0 | 20 | 18 | ||
2005 | British Formula 3 International Series — National | P1 Motorsport | 22 | 9 | 9 | 300 | 1 |
2005-06 | A1 Grand Prix | A1 Team Mexico | 16 | 2 | 1 | 59 | 10† |
2006 | British Formula 3 International Series | Hitech Racing | 19 | 0 | 0 | 54 | 10 |
Masters of Formula 3 | 1 | 0 | 0 | N/A | 23 | ||
2006-07 | A1 Grand Prix | A1 Team Mexico | 18 | 0 | 0 | 35† | 10† |
2007 | Rolex Sports Car Series — DP | Chip Ganassi Racing | 2 | 1 | 0 | 57 | 45 |
Formula Renault 3.5 Series | Interwetten.com | 17 | 1 | 1 | 64 | 9 | |
2007-08 | A1 Grand Prix | A1 Team Mexico | 2 | 0 | 0 | 22† | 16† |
2008 | Formula Renault 3.5 Series | Interwetten.com | 15 | 1 | 0 | 61 | 9 |
Rolex Sports Car Series — DP | Chip Ganassi Racing | 1 | 0 | 0 | 13 | 60t | |
2008-09 | A1 Grand Prix | A1 Team Mexico | 8 | 0 | 0 | 8† | 13† |
2009 | Formula Renault 3.5 Series | Interwetten.com Racing | 2 | 0 | 0 | 0 | 35 |
2010 | Formula Renault 3.5 Series | FHV Interwetten.com | 2 | 0 | 0 | 0 | NC |
NASCAR Corona Series | HO Speed Racing | 13 | 0 | 1 | 1400 | 23 | |
2012 | NASCAR Toyota Series | Equipo Telcel | 14 | 0 | 0 | 410 | 15 |
2014-15 | Formula E | Amlin Aguri | 9 | 0 | 0 | 13 | 21 |
2015-16 | Formula E | Trulli GP | 1 | 0 | 0 | 0 | 22 |
Team Aguri | 3 | 0 | 0 | ||||
2018-19 | Jaguar I-Pace eTrophy | Jaguar VIP Car | 1 | 0 | 0 | 0 | NC‡ |
2020-21 | Formula E | NIO 333 FE Team | Yordamchi poygachi |
Barber Dodge Pro Series
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | Daraja | Ball |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2003 | STP | MTY | MIL | LAG | POR | CLE | TOR | VAN 17 |
MDO 10 |
MTL 5 |
21 | 17 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Durán replaces Legge for Punta del Este ePrix“. e-racing (10-dekabr 2014-yil). 2014-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Ma Quing Hua replaces Salvador Duran at Team Aguri“. e-racing (20-aprel 2016-yil). Qaraldi: 23-aprel 2016-yil.
- ↑ „Ma Qinghua to replace Salvador Duran at Team Aguri for remainder of season“. e-racing (20-aprel 2016-yil). Qaraldi: 23-aprel 2016-yil.