Kontent qismiga oʻtish

Same Abduvosiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Same Abduvosiyev
Tavalludi 6-avgust, 1903-yil
Vafoti 1-fevral, 1957-yil (54 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR

Same Abduvosiyev (1903-yil 6-avgust, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1957-yil 1-fevral, Dushanbe shahri, Tojikiston SSR, SSSR) – oʻqituvchi, olim[1]. „Biologiyaning ruscha–tojikcha lugʻati“ni tuzish jarayonlarida ishtirok etgan.

Same Abduvosiyev 1903-yil 6-avgust kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻzi tugʻilgan qishloqda oʻrta maktabni olgach, u 1921-yildan 1923-yilgacha Samarqand oʻqituvchilar tayyorlash markazida tahsil oldi. Oʻzi tahsil olgan Same Abduvosiyev 1923-yildan 1926-yilgacha oʻzi tahsil olgan maktabda boshlangʻich sinf oʻquvchilariga dars bergan. U 1926-yil Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ga oʻqishga qabul qilinadi. Ushbu oliygohni 1930-yil muvaffaqiyatli tamomlaydi. Same Abduvosiyev 1931-yildan 1932-yilgacha Toshkent texnika institutida, 1932-yildan 1935-yilgacha Toshkent markaziy Kommunistik maktabida fiziologiya fanidan dars bergan. 1936-yili Tojikiston SSRdagi Dushanbe shahridagi markaziy maktablarda kimyo fanidan dars bergan. U 1938-yildan 1940-yilgacha Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot institutida inson fiziologiyasi fanida dars oʻtgan. Same Abduvosiyev 1943-yildan 1957-yilgacha Tojikiston davlat universitetining inson fiziologiyasi kafedrasida katta oʻqituvchi lavozimida faoliyat yuritdi. U ilmiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Ilmiy faoliyatini turli tillarda olib bordi, jumladan, oʻzbek, tojik, rus, tatar, qozoq hamda qirgʻiz tillari. Same Abduvositov jahondagi kimyoga oid eng kerakli kitoblarni tojik tilaga tarjima qilgan. Xeyerdal Turning inson fiziologiyasiga oid boʻlgan aksariyat asarlarini tojik tiliga oʻgirgan. Shu bilan birgalikda, Same Abduvositov 1939-yili „Biologiyaning ruscha–tojikcha lugʻati“ hamda 1945-yilda „Tibbiyotning ruscha–tojikcha lugʻati“ni tuzishda oʻzining hissasini qoʻshgan[2].

Same Abduvositov 1957-yil 1-fevral kuni Tojikiston SSRdagi Dushanbe shahrida 54 yoshida vafot etadi.

  1. „Abdvosiyev Same“. Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil.
  2. „ЛУҒАТИ РУСӢ-ТОҶИКӢ“. Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil.