Kontent qismiga oʻtish

Sami Yusuf

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sami Yusuf 2011

Sami Yusuf (21-iyul 1980-yilda tugʻilgan) — britaniyalik musiqachi va bastakor. Yusuf Eronning Tehron shahrida tugʻilgan.[1]

Abdul-Sami Yusuf 1980-yilda Tehronda asli kelib chiqishi Ozarbayjondan boʻlgan ozarbayjonliklar oilasida tavallud topgan. 3 yoshligida oilasi bilan Buyuk Britaniyaga koʻchib kelishgan va hozirgacha shu yerda yashaydi. Yoshligidan har xil musiqa asboblarini chalishni bilgan va jahonga taniqli musiqa maktablaridan biri boʻlgan „Qirollik musiqa akademiyasi“da tahsil olgan.

Abdul-Sami Yusuf oʻzining birinchi Al-Mu’allim albomini 2003-yilda taqdim etgandan keyin tezda mashhurlik qozondi. Oʻzining ikkinchi "My Ummah" albomini 2005-yilda taqdim etdi. Shundan soʻng oʻzining yana bir albomini ommaga taqdim qildi. Bu album „Without You“ 2009-yilda dunyo yuzini koʻrdi. Shu yilning oʻzida u katta jonli konsert uyushtirdi. Bu konsert Londonning Uembley maydonida boʻlib oʻtdi. Keyin bu konsert DVD formatida sotuvga chiqarildi. Sami Yusuf bu bilan toʻxtab qolgani yoʻq. U 2010-yilda yana bir albomi „Wherever You Are“ni taqdim etdi. Bu albom 15 ta qoʻshiqdan iborat.

Abdul-Sami Yusuf koʻplab gastrol konsertlari uyushtirib kelmoqda, shulardan eng kattasi 2007-yilda Istanbuldagisi boʻlib, 200 000 muxlis yigʻilgan.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Singer Sami urges Pakistan relief“. BBC News (2-sentyabr 2010-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2017-yil.