Sancaktar Hayrettin masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani |
Manzil | Kocamustafapaşa mahallasi (tarixiy Samatya), Teberdar Sokak, Sirkeci va Halkali hududi o'rtasida joylashgan shahar tashqarisidan o'tuvchi Kocamustafapaşa temir yo'l stansiyasidan taxminan besh yuz metr shimolda |
Koordinatalar | 41°00′09.90″N 28°56′04.80″E / 41.0027500°N 28.9346667°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | cherkov |
Meʼmoriy uslub | Vizantiya meʼmorchiligi |
Binokorlik sanasi | XIV asr |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht, tosh |
Sancaktar Hayrettin masjidi Vikiomborda |
Sancaktar Hayrettin masjidi (turkcha: Sancaktar Hayrettin Câmîi, shuningdek, Sancaktar Hayrettin Mescidi) – Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan sobiq sharqiy pravoslav monastirining bir qismi. Dastlab Gastriya monastiri (grekcha: Μονῆ τῶν Γαστρίων; Monē tōn Gastríōn) deb nomlangan ushbu kichik bino Vizantiya imperiyasiga tegishli boʻlgan deb ishoniladi. Yodgorlik Konstantinopoldagi paleologlar arxitekturasining kichik namunalaridan biri hisoblanib, muhim tarixiy ahamiyatga ega.
Manzili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sancakter Hayrettin masjidi atrofi hunarmand doʻkonlari bian oʻralgan boʻlib, Istanbul shahri, Fotih tumani, Kocamustafapaşa mahallasi (tarixiy Samatya), Teberdar Sokakning Sirkeci va Halkali hududi oʻrtasida joylashgan shahar tashqarisidan oʻtuvchi Kocamustafapaşa temir yoʻl stansiyasidan taxminan besh yuz metr shimolda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konstantinopolning yettinchi tepaligi janubiy yonbagʻrida joylashgan, Marmar dengiziga tomonga qaragan bu binoning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq dalillar mavjud emas. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 325-yilda Konstantin I ning onasi Yelena Quddusdan Haqiqiy xoch bilan qaytayotganda, shaharga kirish uchun Psomatheou portidan oʻtgan va bu yerga xushboʻy oʻtlar yigʻilgan bir nechta vazalarni („Gastria“) joylashtirgan. Oradan bir qancha vaqt oʻtib, Yelena bu hududda ayollar monastiriga ham asos solgan[1]. Shu sababdan ham ushbu monastir keyinchalik „Gastria“ deb nomlangan. Biroq tarixiy manbalarga koʻra IV asrning oxirgi choragiga qadar Konstantinopolda hech qanday monastir tashkil etilmagan, shuning uchun ham binoning kelib chiqishi haqidagi bu soʻzlarga shunchaki afsona sifatida qaraladi[1].
Gastria monastiri rohibalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilk marotaba IX asrning boshlarida tilga olingan[2]. Oʻsha paytda imperator Theodoraning onasi Theoktiste (imperator Theophilosning rafiqasi)[3] Psamathia kvartalida Patrician Niketasdan (ehtimol Avliyo Nicetas Patrisician) uy sotib olgan va u yerda ayollar monastirini tashkil qilgan. Ktētorissa (asoschi) unvoni ushbu mulk bilan birgalikda uning qizi Theodoraga meros boʻlib oʻtgan. X asrda hukmronlik qilgan Konstantin VII Porphyrogennetos oʻzining „De Ceremoniis“ kitobida monastirlar cherkovi Theodoraning oila aʼzolari uchun maqbara vazifasini bajarganligini yozgan. U yerda imperator, ukasi Petronas, onasi va uning uchta qizi dafn etilgan[4].
1453-yilgacha Gastria monastiri haqidagi soʻnggi maʼlumotlar XV asrning ikkinchi choragida shaharga tashrif buyurgan rus ziyoratchisi tomonidan tilga olingan.
Konstantinopol qulaganidan koʻp oʻtmay, Sulton Mehmed II Fotihning Sancaktari (bayroq koʻtaruvchi) Hayrettin Afandi binoni masjidga aylantirgan. Hayrettin Afandining oʻzi ham vafotidan keyin oʻsha yerga dafn etilgan[5].
1894-yilda Istanbulda sodir boʻlgan zilzilasi natijasida masjid qisman vayron boʻlgan. Keyinchalik, 1973—1976-yillarga kelibgina bino qayta tiklangan[5].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Sancaktar Hayrettin masjidi tashqi koʻrinishi
-
Sancaktar Hayrettin masjidi tashqi koʻrinishi
-
Sancaktar Hayrettin masjidi tashqi ustunlari
-
Sancaktar Hayrettin masjidi ichkikoʻrinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Eyice, Semavi. Istanbul. Petite Guide a travers les Monuments Byzantins et Turcs (fr). Istanbul: Istanbul Matbaası, 1955.
- Garland, Lynda. Byzantine Empresses: Women and Power in Byzantium AD 527-1204. Routledge, 1999. ISBN 978-0-415-14688-3.
- Gülersoy, Çelik. A Guide to Istanbul. Istanbul: Istanbul Kitaplığı, 1976. OCLC 3849706.
- Janin, Raymond. La Géographie Ecclésiastique de l'Empire Byzantin. 1. Part: Le Siège de Constantinople et le Patriarcat Oecuménique. 3rd Vol. : Les Églises et les Monastères (fr). Paris: Institut Français d'Etudes Byzantines, 1953.
- Mamboury, Ernest. The Tourists' Istanbul. Istanbul: Çituri Biraderler Basımevi, 1953.
- Müller-Wiener, Wolfgang. Bildlexikon zur Topographie Istanbuls: Byzantion, Konstantinupolis, Istanbul bis zum Beginn d. 17 Jh (de). Tübingen: Wasmuth, 1977. ISBN 978-3-8030-1022-3.