Kontent qismiga oʻtish

Santigo Tréllez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Santigo Tréllez Vivero (talaffuzi: Santyago Trelles Vivero; 1990-yil 17-yanvarda Kolumbiyada tugʻilgan) — Braziliyaning „Sport Recife“ klubi hujumchisi. Kolumbiyalik sobiq futbolchi Jon Jairo Trellesning oʻgʻli.

Santiago Tréllez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Santiago Tréllez Vivero
Tavallud sanasi 17-yanvar 1990-yil (1990-01-17) (34 yosh)
Tavallud joyi Medellín, Kolumbiya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Vitória
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Envigado
2006—2007 Independiente Medellín
2007—2008 Flamengo
2008—2010 Vélez Sarsfield
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2012 Independiente Medellín 49 (11)
2012—2013 San Luis 27 (4)
2013—2015 Chiapas 0 (0)
2013Morelia (ijara) 9 (0)
2014Atlético Nacional (ijara) 23 (2)
2015 Atlético Nacional 0 (0)
2015Libertad (ijara) 17 (3)
2015—2016 Arsenal de Sarandí 7 (2)
2016La Equidad (ijara) 28 (3)
2017 Deportivo Pasto 17 (9)
Milliy terma jamoa
2007 Kolumbiya U17 16 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-fevral 2021-yil uchun)

Santigo Tréllez futbolchi oilasida tugʻilgan — otasi Jon Jairo Trelles oʻgʻli tugʻilganda Shveysariyada „Zürich“ futbol jamoasida faoliyat yuritar edi. Santigo Tréllez „Envigado“ futbol maktabida futbol oʻynashni boshlagan. 2006-yilda u „Independiente Medellin“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 2007-yilgi Janubiy Amerika yoshlar chempionatida 17 yoshgacha boʻlgan Kolumbiya terma jamoasi safida muvaffaqiyatli oʻynaganidan soʻng hujumchini Braziliyaning „Flamengo“ klubi sotib olgan. Biroq, xujjatlarni rasmylashtirishdagi anglashilmovchiliklar sababli 3-4 oydan soʻng, Santigo Tréllez „Flamengo“ futbol klubini tark etishga qaror qilgan. Santigo Tréllez 2008—2010-yillarda Argentinaning „Vélez Sarsfild“ futbol akademiyasida tahsil olgan[1].

2017-yilning iyul oyida Santigo Tréllez faoliyatini Braziliya klublarida davom ettirishga qaror qilgan. U „Salvador“ futbol klubidan „Vitória“ jamoasi safiga oʻtgan[2]. Braziliya chempionatining 23 oʻyinida 10 ta gol urgan kolumbiyalik hujumchi nomdor futbol klublarning eʼtiborini tortgan. Shundan soʻng, 2018-yilga kelib Santigo Tréllez „São Paulo“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan[3]. U 2018-yilning 8-fevralda Paulista ligasi doirasida „Bragantino“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[4]. 2019-yilda u „Internacional“ futbol klubida ijara asosida oʻynagan[5]. Turnir soʻngida uning jamoasi Braziliya kubogi finaliga chiqqan. Biroq Santigo Tréllez turnir davomida hech qaysi oʻyinda maydonga kiritilmagan. Santigo Tréllez 2021-yildan buyon ijara asosida „Sport Recife“ jamoasida oʻynamoqda[6].

Santigo Tréllez 1989-yilda „Atletiko Nacional“ bilan Libertadores kubogini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Santigo Tréllez „Boca Juniors“ futbol klubida ham toʻp surgan.

Santigo Tréllez Kolumbiya terma jamoasi safida ikki marta Amerika Kubogida ishtirok etgan[7].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Santigo Tréllezning ikkita singlisi ham bor, ular ota-onalari bilan Turbo shahrida yashaydilar[8].

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Independiente MedellínKolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2011 33 8 5 3 0 0 38 11
2012 16 3 3 2 0 0 19 5
Jami 49 11 8 5 0 0 57 16
San LuisMeksika bayrogʻi Meksika 2012—2013 27 4 2 2 0 0 29 6
Jami 27 4 2 2 0 0 29 6
Monarcas MoreliaMeksika bayrogʻi Meksika 2013 9 0 7 2 0 0 16 2
Jami 9 0 7 2 0 0 16 2
Atlético NacionalKolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2014 23 2 10 1 8 2 41 5
Jami 23 2 10 1 8 2 41 5
LibertadParagvay bayrogʻi Paragvay 2015 17 3 0 0 6 1 23 4
Jami 17 3 0 0 6 1 23 4
Arsenal de SarandíArgentina bayrogʻi Argentina 2015 7 2 0 0 2 0 9 2
Jami 7 2 0 0 2 0 9 2
La EquidadKolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2016 28 3 5 1 0 0 33 4
Jami 28 3 5 1 0 0 33 4
Deportivo PastoKolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2017 17 9 0 0 0 0 17 9
Jami 17 9 0 0 0 0 17 9
VitóriaBraziliya bayrogʻi Braziliya 2017 23 10 0 0 0 0 23 10
2018 3 1 0 0 0 0 3 1
Jami 26 11 0 0 0 0 26 11
Sao Paulo FCBraziliya bayrogʻi Braziliya 2018 32 5 3 1 3 0 38 6
Jami 32 5 3 1 3 0 38 6
SC InternacionalBraziliya bayrogʻi Braziliya 2019 13 0 0 0 0 0 13 0
Jami 13 0 0 0 0 0 13 0
Sao Paulo FCBraziliya bayrogʻi Braziliya 2020 9 0 1 0 3 1 13 1
Jami 9 0 1 0 3 0 13 1
Sport RecifeBraziliya bayrogʻi Braziliya 2021 27 1 0 0 0 0 27 1
Jami 27 1 0 0 0 0 27 1
Umumiy karyerasida 284 51 37 12 22 3 343
Jamoaviy yutuqlari
  • Kolumbiya chempioni (1): Apertura-2014
  • Meksika kubogi gʻolibi (1): Apertura-2013
  • Braziliya bayrogʻiBraziliya kubogi finalchisi (1): 2019-yil
  • Janubiy Amerika kubogi finalchisi (1): 2014-yil
  1. Raphael Zarko. „Salário atrasado e desorganização: o discreto passado de Tréllez na base do Fla“ (portugalcha). Globo (3-dekabr 2017-yil). 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  2. „Vitória anuncia contratação do atacante colombiano Santiago Tréllez“ (portugalcha) (17-iyul 2017-yil). 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  3. Luz Élida Molina. „Santiago Tréllez ya es jugador del Sao Paulo“ (ispancha). elcolombiano.com (29-yanvar 2018-yil). 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  4. „São Paulo vs. RB Bragantino - 8 February 2018“ (inglizcha). soccerway.com (8-fevral 2018-yil). 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  5. „Inter confirma a contratação de Tréllez até o final de 2019“ (portugalcha) (18-yanvar 2019-yil). 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  6. „Assinou! Santiago Tréllez é o novo reforço ofensivo do Sport“ (portugalcha) (24-mart 2021-yil). 7-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  7. Wilson Díaz Sánchez. „Dinastía Tréllez, pasado y presente en Atlético Nacional“ (ispancha). El Colombiano (15-yanvar 2014-yil). 6-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2021-yil.
  8. Lucas Gatti. „John Jairo Tréllez, la estrella de las rastas que quedó «en deuda» con Boca: los gestos silenciosos de Maradona y la disco que le recomendó Riquelme“ (ispancha). infobae.com (9-iyun 2021-yil). 6-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2021-yil.