Sarasadat Khademalsharieh
Sarasadat Khademalsharieh (forscha: سارا سادات خادمالشریعه;) (1997-yil 10-martda tugʻilgan)[1] — eronlik shaxmatchi, xalqaro shaxmat ustasi (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sarasadat Khademalsharieh 1997-yil 10-martda Tehronda tugʻilgan. U yoshligida tennis va basketbol kabi turli sport turlarini yaxshi koʻrardi. Sakkiz yoshida sinfdoshlaridan biri shaxmat bilan tanishgach, ota-onasi uni shaxmat sinfiga qoʻyishdi. Ota-onasi shaxmat oʻynamasada, u oʻz faoliyatini qoʻllab-quvvatlaganliklarini aytgan. Shuningdek, u doʻstlaridan birini eronlik xalqaro shaxmat ustasi va murabbiy Khosro Kharandi bilan tanishganini faoliyatida muhim qadam sifatida baholaydi[2][3][4]. Keyinchalik oʻsmirlik davrida unga gollandiyalik grossmeyster (GM) Robin van Kampen murabbiylik qildi[5].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tehronda tugʻilgan Khademalsharieh dastlab, 2008-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi[6]. Keyinchalik, 2009-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionati[7], 2012-yilda 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida blits-shamxat boʻyicha Osiyo chempionati[8] va 16 yoshgacha jahon chempionatida gʻolib chiqqadi. U 2013-yilda qizlar oʻrtasida blits-shaxmat chempionati[9] va 2014-yilda oʻsmir qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi[10].
Khademalsharieh 2012-yil, 2014-yil va 2016-yillardagi ayollar shaxmat olimpiadalarida Eron terma jamoasi safida oʻynagan[11].
U 2016-yil yanvar oyida oʻtkazilgan, „2015-yilgi Eron ayollar chempionati“da gʻolib chiqdi[12].
Khademalsharieh Tehronda Atousa Pourkashiyanga qarshi saralash oʻyinida gʻalaba qozonganidan soʻng, 2015\2016-yilgi FIDE ayollar Gran-prisiga mezbon shahar nomzodi sifatida yoʻllanma oldi[13]. Oʻz shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida, shaxmat boʻyicha eng past baholi oʻyinchi boʻlsa-da, u ikkinchi oʻrinni egalladi[14] va oʻzining birinchi grossmeyster normasiga erishdi[15].
U 2017-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida qatnashgan, biroq, birinchi bosqichda Sopiko Guramishvili bilan oʻyinda magʻlubyatga uchragan. 2018-yil Sankt-Peterburg rapid va blits-shaxmat turniri boʻyicha „Jahon chempionati-2018“da rapid yoʻnalishida 2-oʻrinni oldi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil sentabrida Khademalsharieh eronlik internet-shou boshlovchisi va kinorejissyor Ardesher Ahmadiyga turmushga chiqdi[16]. 2020-yilning yanvarida u terma jamoadan ketishini eʼlon qildi[17]. Biroq, u may oyida jamoaga qaytdi[18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ IM title application (PDF). FIDE.
- ↑ Olympiad Tromsø 2014 - A quick chat with Sarasadat Khademalsharieh. PowerPlayChess.
- ↑ „خادمالشریعه: مقایسه من با تختی درست نبود“ (forscha). Khabar Online (1-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
- ↑ „سارا سادات خادم الشریعه: در ایسلند همه آقایان را بردم و نایب قهرمان جهان شدم!“ (forscha). Women Sports (16-may 2015-yil). 2018-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
- ↑ Iran's no.1 Sara Khadem's Hollywood love story!. ChessBase India.
- ↑ Arash Akbarinia (2008-07-24).„Asian Youth Championship in Teheran“. ChessBase.
- ↑ World Youth Chess Championship (U12G) Chess-Results
- ↑ Asian Youth Blitz Chess Championship 2012 Under 16 Girls Chess-Results
- ↑ WYCC U16 Girls Blitz Chess-Results
- ↑ Sagar Shah. „Lu Shanglei, Goryachkina win World Juniors 2014“. ChessBase (20-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2015-yil.
- ↑ Bartelski. „Women's Chess Olympiads: Sarasadat Khademalsharieh“. OlimpBase. Qaraldi: 1-oktabr 2015-yil.
- ↑ „Iran Women Final Chess Championship 2015“. Chess-Results.com.
- ↑ Qualification Match for FIDE Women GrandPrix 2015. Tournament report. FIDE
- ↑ L'Ami. „Tehran WGP Final: Ju Wenjun is gold, Sara is silver“. ChessBase (28-fevral 2016-yil). Qaraldi: 17-aprel 2016-yil.
- ↑ L'Ami. „Dzagnidze stumbles, Zhao advances“. ChessBase (22-fevral 2016-yil). Qaraldi: 17-aprel 2016-yil.
- ↑ „خادمالشریعه: مقایسه من با تختی درست نبود“ (30-dekabr 2019-yil).
- ↑ „Sara Khadem bids farewell to Iran chess national team“ (inglizcha). Tehran Times (12-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 22-fevral 2022-yil.
- ↑ „بازگشت آرامش به شطرنج با تغییر مدیریت/ ماههاست تمرین جدی ندارم“. Mehr News (13-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 22-fevral 2022-yil.