Abulfazl maqbarasi
Qiyofa
(Saraxs bobo maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Abulfazl maqbarasi, Saraxs bobo maqbarasi -meʼmoriy yodgorlik (11-asr). Hozirgi Turkmaniston hududida. Din arbobi Abulfazl (1023-yil vafot etgan) qabri ustida qurilgan. Murabba tarhli bino (10,20×10,20 m). Qalin devorining yuqori – toʻrt tomonida ham ravoqli darchalar bor. Qoʻsh gumbazli, gumbaz doirasimon asos ustiga oʻrnatilgan. Ichkarisining dastlabki shakli saqlanmagan. 15-asrda taʼmir etilganda qisman oʻzgargan (ganch suvoq qilingan, muqarnaslar bilan bezatilgan). Hozir bino ancha shikastlangan holda, ravoqlarining tashqi devorlari yemirilgan, peshtoq tepasi nurab tushgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |