Sardor Milano
Sardor Milano | |
---|---|
Sardor Ishmuhamedov | |
Tavalludi |
1991-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktryor, Qo'shiqchi |
Faoliyat yillari | 1998- hozirgi vaqtgacha |
Sardor Milano (asl ismi – Sardor Ishmuhamedov; 1991-yil 14-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek qoʻshiqchisi. 2010-yildan beri Moskvada yashaydi. 2015-yili „Glavnaya sena“ musiqiy isteʼdodlar shousi gʻolibi va 2016-yilda Rossiyaning Birinchi kanal i "Golos " dasturi finalisti. Uch yarim oktava diapazon ovoz egasi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sardor Milano 1991-yil 14-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Qoʻshiqchining haqiqiy familiyasi Ishmuhamedov. Ota-onasining musiqaga aloqasi yoʻq edi: bobosi, Elyor Ishmuhamedov oʻzbek kinorejissori, otasi universitetda rus tili oʻqituvchi.
Uning musiqiy isteʼdodi erta yoshda namoyon boʻlgan. Sardor 6 yoshidan vokal darslaridan saboq olib, „Aladdin“ bolalar shou guruhida sahnaga chiqa boshlagan. Yosh xonandaga oʻn yoshida „Orzular oroli“ musiqiy spektaklida bosh rolni ijro etish topshirilgan. Sardor Toshkentda oʻtkazilgan „Umid yulduzlari“ musiqa festivalining toʻrt karra laureati. 2004-yilda 12- yoshida „BOZTORGʻAY“ (Olma-Ota) xalqaro tanlovida qatnashib, eng yuqori Gran-prini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili „Yangi avlod“ tanlovi laureati boʻldi. 12-yoshida ota-onasi bilan Olmaotaga koʻchib oʻtgan Sardor Qozogʻistonning taniqli musiqachilari (Roza Rymbaeva, Bibigul Tulegenova) bilan birga Qozogʻistonda sahnaga chiqdi. 15 yoshida u oʻsmirlik yoshi tufayli ijodda bir muddat tanaffus qiladi. Ikki yillik tanaffusdan soʻng yana qoʻshiq aytishni oʻrganishga toʻgʻri keldi. Bu yerda u teatr kollejini pianino yoʻnalishi boʻyicha tugatadi. Shundan soʻng, oilasi Toshkentga qaytib keladi. Maktabni tugatganligi toʻgʻrisidagi attestatni qoʻlga kiritgan Sardor 2010-yilda Moskvaga joʻnab ketadi. U Gnessin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasiga oʻqishga kiradi. 2015-yilda Gnessin akademiyasini pop-jazz vokal yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlaydi.
Professional faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning musiqaga boʻlgan mehri va qiziqishi buvisi (Milovanova)[1] bilan bogʻliq, u nabirasiga Alla Pugacheva, Svyatoslav Belza va Elena Obraztsova, Maykl Jekson va Jorj Mayklning asarlarini mehr bilan oʻrgatdi. 2004-yilda Sardor Milano „Zvyozdniy Krim“ tanlovida Gran-prini qoʻlga kiritgan boʻlsa, bir yildan soʻng Sankt-Peterburgdagi „Siyanie zvezd“ festivalining bosh sovrinini qoʻlga kiritdi. Maktab davrida (2007) musiqachi oʻzining „ All I want“ deb nomlangan ingliz tilidagi birinchi yakkaxon albomini chiqardi. 2011-yilda „Stop“ qoʻshigʻining debyut videosi chiqdi. 2012-yilda „Evrovidenie“ tanlovining saralash bosqichi uchun maxsus yozilgan „Believe“[2] qoʻshigʻi uchun video rolik chiqarildi va bu kompozitsiya bilan Sardor Milano saralashning soʻnggi bosqichiga chiqdi. Sardor Ishmuhamedov „Vitebsk-2013“ (Belarus) estrada qoʻshiqlari ijrochilarining xalqaro tanlovining diplom sovrindori boʻlib, birinchi kuni milliy qoʻshiq „Xay yor-yor“ bilan, ikkinchi kuni esa mashhur xonanda Muslim Magomayevning „Verni mne muziku“ qoʻshigʻi[3][4] .
2015-yil boshida Rossiyaning yosh musiqachilar uchun „Glavnaya sena“ isteʼdodlar shousi eʼlon qilinganda, u Konstantin Meladze boshchiligida bosh sovrinni qoʻlga kiritib – mamlakat boʻylab gastrol safarini uyushtiradi[5]. 2015-yilda xonanda AQShning NBC telekanaliga intervyu berdi va Toshkentda Sabina Mustayeva bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida „Infolib – 2015“ IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida boʻlib oʻtgan ijodiy uchrashuvda ishtirok etdi[6][7]. 2016-yil yanvar Sardor Milano Toshkentdagi „Istiqlol“ sanʼat saroyi sahnasida Xans Kristian Andersenning „Qor malikasi“[8][9][10] ertagi da yangi yil myuziklida ishtirok etdi.
2016-yilda Sardor Milano Birinchi kanaldagi mashhur " Golos " telekoʻrsatuvida kastingdan oʻtgan. 2016-yil 30-sentyabr kuni Birinchi kanalda „Golos“ shousining beshinchi mavsumining „slepix proslushivaniy“ sonida Sardor Motsartning „ Figaroning turmushi“ operasidan Cherubino ariyasini ijro etdi va loyihaning finalchisi boʻldi. Finalda Polina Gagarina bilan duetda Konstantin Meladzening „Navek“ kompozitsiyasini kuyladi. Sardor Milano, Qayrat Primberdiev va GOLOS loyihasining boshqa finalchilari va ishtirokchilari beshinchi mavsum gʻolibi Daria Antonyuk bilan birgalikda Rossiyaning 30 ta shahridagi Birinchi rasmiy Butunrossiya konsert gastrollarining ishtirokchisi boʻlishdi[11]. Shuningdek, Sardor Sochida boʻlib oʻtgan „Novay volna-2017“ musiqiy tanlovining uchta laureatidan biriga aylandi[12]. Hozirda Sardor ijod bilan mashgʻul. Uning har bir kuni soatma soat rejalashtirilgan: safarlar, konsertlar[13], intervyular, yangi qoʻshiqlar yozish va kliplar taqdimoti bilan band. Sardor Milano neoklassik usulda kuylaydi. Rossiyaliklar uchun bu yangi yoʻnalish, shu tamoil asosida u oʻz yoʻlini boshlab muxlis mehrini qozonish niyatida.
Shahsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sardor Milano boʻydoq[14] . U 30 yoshga toʻgandan keyin oila qurish haqida oʻylamoqchi. Sevimli dam olish joylari – Moskvadagi „Oktyabr“ kinoteatri, Chistye Prudi va Kamergerskiy koʻchasi[15]. U Toshkentda stressdan qutulishni afzal koʻradi. Biroq Sardor hozirda AQSHda (Florida) boʻlib, u yerda Seminole State kollejida ingliz tilidagi bilimini takomillashtirmoqda va kelajakda konsert dasturini ingliz tilida berishga tayyorlamoqda[16] .
Diskografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Studiya albomi
- 2007 yil – All I wish
- 2015 yil – Viktoriya – Single (Gamma musiqasi)
- 2015 yil – Grazie
- 2016 yil – V nebe
- 2017-yil – Vremya skazat
Tanlovlarda ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2013 yil – „Vitebsk-2013“ estrada qoʻshiq ijrochilari tanlovi (Belarus), diplomant.
- 2015 yil – X-faktor. Asosiy bosqich (Moskva) gʻolibi.
- 2016 yil – Golos (teleshousi, Rossiya), 5-mavsum, finalisti.
- 2017 yil – „Novaya volna – 2017“ yosh estrada qoʻshiq ijrochilari tanlovi (Sochi, Rossiya), laureat.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Сардор Милано: «На прослушивание в Венскую оперу я опоздал» | teleprogramma.pro“. 2017-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ „Источник“. 2017-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
- ↑ „Сардор Ишмухамедов: эстраде нужно шире использовать национальную музыку — Газета.uz“. 2018-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-mart.
- ↑ „Об участии представителей Узбекистана на Международном фестивале искусств «Славянский базар в Витебске-2013» — Посольство Республики Беларусь в Республике Узбекистан“. 2016-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-aprel.
- ↑ Stena
- ↑ „Источник“. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
- ↑ „Архивированная копия“. 2017-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
- ↑ „Архивированная копия“. 2016-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-aprel.
- ↑ Snejnaya koroleva – Novogodniy semeyniy myuzikl
- ↑ „Докопались: Мюзикл в Ташкенте — RedPen“. 2017-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
- ↑ „Архивированная копия“. 2017-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-aprel.
- ↑ „UzDaily.uz: Сардор Милано стал победителем конкурса «Новая волна»“. 2017-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Сардор Милано: хочу петь всему человечеству“. 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ „Сардор Милано: Я считаю себя патриотом страны, в которой родился — Kultura.uz“. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
- ↑ „Холостяк недели: победитель «Главной сцены» Сардор Милано — PEOPLETALK“. 2016-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ „Sardor Milano, Special edition in English — Magazine“. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sardor Milanoning rasmiy sayti
- AiF matbuot markazida intervyu 27.03.2017
- Yakuniy „Ovozni koʻrsatish“ ishtirokchilari – 5-mavsum – „Komsomolskaya pravda“ gazetasi
- Birinchi kanaldagi finaldan keyin Sardor Milano bilan suhbat (2016)
- Sardor Milano qoʻshiqlar mp3 (Wayback Machine saytida 2022-09-29 sanasida arxivlangan)
- Sardor Milanoning „World of Beauty“ jurnali uchun intervyusi