Kontent qismiga oʻtish

Sargodha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sargodadan yoʻnaltirildi)

Sargodha, Sargoda — Pokistonning shim.sharqiy qismidagi shahar, Panjob viloyatida, Quyi Jalam kanali boʻyida. Aholisi 455,4 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Qishloq xoʻjaligi (paxta, bugʻdoy, sitrus mevalar, sut chorvachiligi) rayonining savdo markazi. Ip gazlama, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalari bor. Kime mahsulotlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan: yogʻoch oʻymakorligi, metalldan buyumlar yasaladi, qoʻlda gilam toʻqiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil