Kontent qismiga oʻtish

Sarp Apak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sarp atakdan yoʻnaltirildi)
Sarp Apak
Tavalludi
Kerim Sarp Apak

11-noyabr 1981-yil (1981-11-11) (42 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 2004-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Bengisu Uzunöz, (2018-yida turmush qurgan)
Bolalari 1 ta

Sarp Apak (1981-yil 11-noyabr ) turkiyalik aktyor.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apak Diyorbakirda tugʻilib, besh yoshga toʻlgunga qadar u yerda ulgʻaygan. Keyin oilasi bilan Bursaga koʻchib oʻtgan. Uning ota-onasi Adana va Antokiyadan edi. U oʻqishini Bursa oʻgʻil bolalar litseyida davom ettirgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor dastlab biznes boshqaruvi boʻyicha oʻqishni rejalashtirgan, lekin buning oʻrniga teatr darslarida qatnay boshlagan. 2004-yilda Dokuz Eylül Universiteti Tasviriy sanʼat maktabida oʻqishni tugatgandan soʻng oʻqituvchisi yordamida Istanbulga koʻchib oʻtgan[2].

U ilk bor Sadri Alishik teatrida sahnalashtirilgan Ağır Roman spektaklidagi roli bilan eʼtiborga tushdi. Keyinroq Yılmaz Erdoğanning BKM guruhiga qoʻshildi va Organize İşler filmida kichik rol ijro etdi. Shundan soʻng Anadolu Kaplani va En Son Babalar Duyar seriallarida suratga tushdi. Apak Sizinkiler Dünya Kaç Bucak bolalar spektaklida ham rol oʻynagan va Turkiya boʻylab bir qancha xizmat safarlarida boʻlgan.

Sarp „Mutfak“ nomli stend-up komediyasini suratga olganidan soʻng, Avrupa Yakasi sitkomida Tanrıverdi roli bilan oʻzining katta yutuqlarini qoʻlga kiritdi. U mashhur Kavak Yelleri (remake of Dawsonʼs Creek) serialida suratga tushgan, shuningdek, Yalan Dünya xit sitkomida ham rol ijro etgan[2].

Apak 2015-yil oktabr oyida Istanbul 19-markaziy jinoiy sudining qaroriga koʻra „giyohvand moddalarni isteʼmol qilish“ aybi bilan 10 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan va „narkotiklar tarmogʻini tashkil etish, boshqarish va unga aʼzo boʻlish“ ayblovidan oqlangan edi. Sud qamoq jazosi bir yildan kam boʻlgani uchun hukmni kechiktirgan[3].

Teatr[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Öp Babanın Elini
  • Sizinkiler Dünya Kaç Bucak
  • Ağır Roman
  • BKM Mutfak
  • Çok Güzel Hareketler Bunlar
  • Yoldan Çıkan Oyun

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Organize İşler (2005) — Kemal
  • Beyaz Melek (2007) — Reşat
  • Plajda (2008) — Ali
  • O… Çocukları (2008) — Saffet
  • Güneşi Gördüm (2009) — Ahmet
  • Yedi Kocalı Hürmüz (2009) — Fişek Ömer
  • Yeraltı (2012) — Barmen
  • Karışık Kaset(2014) — Ulaş
  • Yaktın Beni (2015) — Selam
  • Ölümlü Dünya (2018)

Televideniye[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Avrupa Yakası (2006–2009) — Tanrıverdi Ekşioğulları
  • Kavak Yelleri (2009–2011) Güven Karakuş
  • Yalan Dünya (2011–2014) — Emir Danışman
  • Jet Sosyete (2018–2020) — Ozan Özpamuk
  • Kaderimin Oyunu (2021-) — Mahir

Mehmon aktyor sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • En Son Babalar Duyar (2002) — İsmail
  • Anadolu Kaplanı (2006)
  • Aşk Tutulması (2008)
  • Aşk Geliyorum Demez (2009) — Berkcan
  • Çok Güzel Hareketler Bunlar (2008 / 2010)
  • Aşağı Yukarı Yemişlililer (2011)
  • Komedi Türkiye (2015)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sarp Apak kimdir? Sarp Apak nereli ve kaç yaşında?“ (Turkish) (2020-yil 12-iyun). Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Sarp Apak kimdir nereli kaç yaşında? Sarp Apak dizileri ve filmleri“ (Turkish) (2020-yil 22-may). Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  3. „Ünlülerin uyuşturucu davasında karar açıklandı“ (Turkish). T24. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]