Kontent qismiga oʻtish

Saydullo Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azimov Saydullo Neʼmatullayevich
Tavalludi 1985-yil
Andijon shahri, Andijon viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat yuridik universiteti (2021)
Kasbi huquqshunos
Faoliyat yillari 2007 – hozirgacha
Bolalari 3 nafar

Azimov Saydullo Neʼmatullayevich – oʻzbek huquqshunosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati[1]. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.

Saydullo Azimov 1985-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini huquqshunoslik ixtisosligi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2007-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyat sudining sud majlisi kotibi lavozimida boshlagan. 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Tadqiqot markazida yetakchi konsultant va bosh konsultant lavozimlarida ishlagan. 2021-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi prokurori sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2023-yilda esa Andijon viloyati prokuraturasining Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan[2].