Kontent qismiga oʻtish

Sayrob

Koordinatalari: 38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E / 38.20000; 67.20000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sayrob
qishloq
38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E / 38.20000; 67.20000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Boysun tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Avtomobil kodi 75
Sayrob xaritada
Sayrob
Sayrob

Sayrob – Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga qarashli qishloq.

Sayrob togʻlari

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda Xoʻjai bibisabz, Xoʻjai chilla, Xoʻjai Muhammadshoh kabi muqaddas ziyoratgohlar bor. Bundan tashqari xalq orasida oʻzining mingyillik chinorlari bilan mashhur. Balandligi 26 metrga yetgan bu daraxtlarning diametri 21 metr, tanasining balandligi boʻyicha oʻlchami 9,7 metrni tashkil etadi. Kovagining balandligi yetti metrga teng. Toʻgʻri uchburchak shaklidagi kovak ogʻzi mehrobli eshikni eslatadi. Chinor kovagidan oʻtgan asr boshlarida maktab sifatida foydalanilgan. Oktyabr toʻntarishidan soʻng, yaʼni 1920-yildan chinor qishloq kengashi idorasiga aylantirilgan. 1932 – 1934-yillarda birinchi otliq askarlar polkining lager kutubxonasi, 1936-yildan esa savdo doʻkoni sifatida faoliyat yuritgan[1]. Ayni paytda noyob tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan. Chinorlar kovaklari esa muzeyga aylantirilgan[2].