Sayyid Aminboy madrasasi
Madrasa | |
Sayyid Aminboy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Sayyid Aminboy madrasasi Xoja Zomucha guzarida joylashgan bo‘lib, uning 17 hujrasi bo‘lgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyid Aminboy madrasasini aholi Xurjun madrasa deb atagan va shu nom bilan mashhur bo‘lgan. Bunday nom bilan atalishiga o‘ziga xos meʼmoriy tuzilishi sababchidir. Uning o‘rtasidagi gumbazli saroyiga ikki tarafdan ikkita darvoza orqali kirib kelingan. Shu tariqa kirish yo‘lagi madrasani ikkiga ajratib qo‘ygan va uni xurjunga o‘xshatishgan. Hijriy 1281-yili (1864 — 1865) tuzilgan vaqf hujjati saqlanib qolgan. Hujjat qozi ul-quzzot Mir Sadriddin ibn Mir Bayzo muhri bilan tasdiqlangan. Voqif Avaz Badalboy o‘g‘li Sayyid Aminboy Buxoro shahridagi Sarrafon guzaridagi 7 do‘kon, Chorsuqidagi attorlik rastasi va 14890 tangani shar’iy tarzda ushbu madrasa uchun vaqf qilgan. Madrasa faoliyatiga taalluqli yana beshta hujjat borligi aniqlangan. Ulardan maʼlum bo‘lishicha, ushbu o‘quv dargohi mudarrisi 12 — 15 tilla atrofida haq olgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 402.