Kontent qismiga oʻtish

Sayyid Baraka koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayyid Baraka koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirobod
Yashnobod
Kim sharafiga nomlangan Sayyid Baraka
Koʻchada joylashgan binolar Savdogarbank
Perfektum

Sayyid Baraka koʻchasi — „Movarounnahr“ va „Oybek“ mahallalari hududida. Oybek va Istiqbol koʻchalari oraligʻida. 1996-yil 5-sentabrdan sohibqiron Amir Temurning piri Sayyid Baraka nomi bilan yuritiladi[1].

Yoʻnalishida „Savdogarbank“ning amaliyot boshqarmasi, „Perfektum“ uyali aloqa kompaniyasi, „Suvsoz“ trestining tuman bulimi, poliklinika, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, koʻp qavatli turar joy binolari, maktab, bogʻchalar va boshqa joylashgan. Amir Temur shoxkoʻchasi va Taras Shevchenko koʻchasi bilan kesishgan. Yaqinida Mingoʻrik yodgorlik obidasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, „Oʻzkimyofarm“ OAJ, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining magistratura boʻlimi, madaniyat saroyi va Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muzeyi bor.

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.