Istiqbol koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman |
Yashnobod Mirobod |
Uzunligi | 2 km |
Koʻchada joylashgan binolar |
Fransiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi Xalqaro Vestminster universiteti Oʻzbekneftgaz milliy korporatsiya Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muzeyi Toshkent fotosuratlar uyi |
Istiqbol koʻchasi — Yashnobod va Mirobod tumanlarida. Toshkentning markaziy koʻchalaridan. XIX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Uzunligi 2 km.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amir Temur xiyoboni va Nukus, Abdulla Qodiriy, Fargʻona yoʻli koʻchalari tutash chorraha oraligʻida. 1865-yil mayda Toshkentni mudofaa qilish uchun Qoʻqon xonligining lashkarbegi Alimqul oʻz sarbozlari bilan shu yoʻl orqali Toshkentga kirib kelgan. Koʻcha avval „Kuybishev koʻchasi“ deb nomlangan. 1989-yil sentabr oyida koʻcha nomi „Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchasi“ deb oʻzgartirildi. 2007-yil avgustida esa „Qoʻqon yoʻli“ deb nomlandi[1]. 2008-yil 9-iyunda koʻcha yana bir bor qayta nomlanib unga „Istiqbol koʻchasi“ nomi berildi[2].
Yopiq koʻcha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻchaning Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari bilan kesishgan qismi birinchi prezident havfsizligini taʼminlash maqsadida 2008-yilda yopib qoʻyilgan va koʻchaning bu qismi berk koʻchaga aylantirilgan. Koʻchaning ushbu qismi bir necha yil davomida yopiq turgach 2017-yilda qayta ochildi[3].
Kesishgan koʻchalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahrisabz, Yahyo Gʻulomov, Sodiq Azimov koʻchalarini kesib oʻtadi.
Binolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻcha boshida 2009-yilda muhtasham "Oʻzbekiston" anjumanlar saroyi bunyod etildi. Yoʻnalishida „Sogʻlom avlod uchun“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi (binosi 1887-yil qurilgan va Turkiston davlat palatasi, keyinchalik Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi joylashgan), Xalqaro Vestminster universiteti, "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyam, Fransiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi binosi (1912-yilda qurilgan va Mariya xotin-qizlar bilim yurti, keyinchalik kasb tanlash markazi joylashgan), poliklinika, „Bahor“ restorani, foto uyi, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muzeyi, savdo majmualari, koʻp qavatli maʼmuriy va turar joy binolari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari mavjud. Yaqinida "Amir Temur xiyoboni" metro bekati joylashgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Переименование названий улиц в Ташкенте“ (ru). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.
- ↑ „Старый Новый мост в центре Ташкента“ (ru). myday.uz (2017-yil 7-avgust). Qaraldi: 26-noyabr.