Nukus koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirobod |
Uzunligi | 3 km |
Avvalgi nomlari | Novo-Poltoratskiy koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Nukus |
Koʻchada joylashgan binolar |
Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Asakabank Aviabank Zamin banki Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi Mirobod dehqon bozori Sloveniya Respublikasining Toshkentdagi konsulxonasi Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi |
Nukus koʻchasi — Mirobod va Yakkasaroy tumanlarini bogʻlab turuvchi Toshkentning markaziy koʻchalaridan biri. Istiqbol, Fargʻona yoʻli va Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasi hamda Bobur koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 3 km atrofida. Amir Temur shohkoʻchasi, Oybek, Taras Shevchenko, Avliyoota va Kichik Beshyogʻoch koʻchalari bilan kesishadi. Mirobod va Glinka koʻchalari bilan tutashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIX asrning 2-yarmida Toshkentning Yangi shahar qismi oʻzlashtirilishi munosabati bilan tashkil topgan. 1970-yilning 1-yarmida koʻchaning Yakkasaroy tuman qismi qurilgan. Maʼlum muddat Novo-Poltoratskiy nomi bilan yuritilgan. Nukus shaharning 60-yilligi munosabati bilan 1992-yil 25-dekabrda koʻchaga Nukus nomi berilgan[1]. Mustaqillik yillari Nukus koʻchasida keng qamrovli rekonstruksiya, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Koʻcha eniga kengaytirilib, ikki tomonlama 3 qatordan avtotransport vositalari harakati yoʻlga qoʻyildi.
Binolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻnalishida Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, „Asakabank“, „Aviabank“, „Zaminbank“, Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi, Mirobod tuman hokimligi, Mirobod dehqon bozori, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi, 254- va 255- ATSlar, „Biznes texnolog“ firmasi, Sloveniya Respublikasining Toshkentdagi konsulxonasi, Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi, xususiy firmalar, servis xizmat koʻrsatish maskanlari va boshqa joylashgan.
Yaqinida „Toshkent“ vokzali, Tojikiston va Isroilning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonalari, xorijiy firma va kompaniya vakolatxonalari, shahar yoʻl harakati xavfsizligi nazorati boshqarmasi, „Toshkent“ metro bekati joylashgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.