Glinka koʻchasi (Toshkent)
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yakkasaroy |
Uzunligi | 1.2 km |
Kim sharafiga nomlangan | Mixail Glinka |
Koʻchada joylashgan binolar | Toshkent shahar davlat avtomobil nazorati boshqarmasi |
Glinka koʻchasi — Yakkasaroy tumani hududidagi koʻcha. Shota Rustaveli va Nukus koʻchalari orasidan oʻtgan. Uzunligi 1,2 km.
Shahar kengayishi munosabati bilan 1950-yillarda tashkil topgan. 1954-yil 17-martda rus kompozitori Mixail Glinka (1804-57) nomi berilgan[1].
Koʻcha yoʻnalishida Toshkent shahar davlat avtomobil nazorati boshqarmasi, shaxsiy turar joy binolari, turli korxona va tashkilotlarning ofislari, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari joylashgan. Koʻcha yaqinida Gruziya, Isroil va Tojikiston davlatlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonalari, „Karvon“ restorani, notarial idoralar bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.