Kontent qismiga oʻtish

Sodiq Azimov koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sodiq Azimov koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirobod
Yashnobod
Mirzo Ulugʻbek
Uzunligi 2 km
Avvalgi nomlari Namangan prospekti
Vasiliy Jukovskiy koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Sodiq Azimov
Kesishgan koʻchalari Istiqbol
Taraqqiyot
Koʻchada joylashgan binolar Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi
Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi
M. M. Fedorovich klinik sanatoriysi
Oʻzbekiston havo yoʻllari boshqarmasi
1-Respublika klinik shifoxonasi
1-markaziy poliklinika

Sodiq Azimov koʻchasi — Mirobod, Yashnobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarini birlashtirib turuvchi markaziy koʻchalardan biri. Amir Temur shoxkoʻchasi va Shastri koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida. Istiqbol, Taraqqiyot koʻchalari bilan kesishgan. Tarkibida 5 ta tor koʻcha bor.

XIX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Dastlab Namangan prospekti nomi bilan yuritilgan. 1890-yil koʻchaga taniqli rus shoiri Vasiliy Jukovskiy (1793—1852) nomi berilgan. 1993-yil 13-sentabrdan akademik Sodiq Azimov nomi bilan yuritiladi. Koʻchaning bosh qismida XIX asr oxirlarida birinchi kasalxona ochilgan[1].

Yoʻnalishida „Movarounnahr“, „Mingoʻrik“, „Toʻytepa“, „Oqibat“ mahallalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi, Vengriya Respublikasining Toshkentdagi savdo vakolatxonasi, M. M. Fedorovich klinik sanatoriysi, „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ boshqarmasi, Hindistonning „Yevzman L. A.“ korxonasi, „Oʻzavtoyoʻl“ davlataksiyadorlik kompaniyasiga qarashli „Ipak yoʻli“ mehmonxonasi, 1-Respublika klinik shifoxonasi, 1-markaziy poliklinika, kafelar, maktab, bogʻcha, koʻp qavatli turar joy binolari, dorixonalar, savdo majmualari, banklar, firma ofislari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.

Yaqinida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 4-boshqarmasi, Ortopediya va travmatologiya markazi, xorijiy davlatlar elchixonalari, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muzeyi va boshqa muassasalar bor.

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.