Sayyida Ruqayya masjidi
Masjid | |
Masjidning umumiy koʻrinishi | |
Mamlakat | Suriya |
Shahar | Damashq |
Koordinatalar | 33°30′48″N 36°18′26″E / 33.51333°N 36.30722°E |
Yoʻnalishi | shia |
Meʼmoriy uslub | Eron meʼmorchiligi |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Sayyida Ruqayya masjidi Vikiomborda |
Sayyida Ruqayya masjidi (arabcha: مَسْجِد ٱلسَّيِّدة رُقَيَّة) Suriyaning Damashq shahrida joylashgan boʻlib, unda Husayn ibn Alining kichik qizi „Ruqayya“ nomi bilan ham tanilgan Sukaynaning qabri joylashgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shia islomiy rivoyatlarida aytilishicha, Karbalo jangi va undan keyin Damashqda boʻlgan mashaqqatli sayohatni boshdan kechirgan Sukayna toʻrt yoshida Yazid qamoqxonasida vafot etgan va usha yerga dafn etilgan. Biroq, yillar oʻtib, qabrini suv bosganidan soʻng, uning qabri qayta ochilgan va jasad hozirgi masjid turgan joyga koʻchirilgan[1]. Masjid 1985-yilda maqbara yaqinida qurilgan boʻlib, Eron meʼmorchiligining zamonaviy koʻrinishini oʻzda namoyish etadi, masjid qurilishida koʻp miqdorda oynadan foydalanish va tilla suvi yugurtirilishi ayni buning isbotidir. Ziyoratgohga tutashgan masjid maydoni, oldida kichik hovli bor. Bu masjid Umaviylar masjidi va Damashq markazidagi al-Hamidiya maydonidan uncha uzoq boʻlmagan masofada joylashgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Hovli koʻrinishi
-
Namor oʻqish zali
-
Sayyida Ruqayyaning qabri
-
Masjiddagi qandil
-
Yozuvli taxta
-
Ruqayya masjidinng gumbazi
-
Ruqayya masjidining kirish qismi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Sayyidah Ruqayya Mosque mavzusiga oid fayllar bor