Kontent qismiga oʻtish

Sayyida Zumurrud Xotun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sayyida Zumurrud Xotun
السيدة زمرد خاتون
Vafoti 1202-yil dekabr/1203-yil yanvar yoki fevral
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Dafn etilgan joy
Sheikh Maarouf qabristoni, Bagʻdod. Zumurrud masjidida
Turmush oʻrtogʻi Al-Mustadiy
Farzandlari Ahmad an-Nosir
Toʻliq nomi
Sayyida Zumurrud Xotun ummu an-Nosir
Dini Islom

Sayyida Zumurrud Xotun (السيدة زمرد خاتون , 1203-yilda vafot etgan) Abbosiy xalifa an-Nosirning onasi. Ummu an-Nosir ismi bilan ham tanilgan. 12-asr oxirida yashagan nufuzli ayol boʻlgan.

Zumurrud Xotun[1] xalifa al-Mustadiyning kanizaklaridan biri boʻlgan. Turkiy boʻlgan. Xalifa an-Nosirning onasi[2].

Koʻpgina maʼlumotlarga koʻra, Zumurrud Xotun soʻnggi Abbosiylar davrida taniqli zodagon ayolga aylangan. Shuningdek, ilgari qul boʻlgan turkiy ayol ekanligi bilan ham mashhur boʻlgan[3]. Ushbu ayol xalifa al-Mustadiyga turmushga chiqish orqali bu mavqega erishgan[3]. Zumurrud Xotun xalifa an-Nosirning onasi boʻlgani bilan ham tarixda qolgan[3] Zumurrud Xotun taqvodor ayol boʻlib, meʼmorchilik va jamoat ishlarining faol homiysi deya taʼriflangan[4].

Uning homiylik faoliyati jamoat infratuzilmasini qayta tiklash, taʼlim va dafn marosimlari uchun binolar qurish bilan bogʻliq boʻlgan[3]. Zumurrud Xotin masjidi va maqbarasi 1202-yilda an-Nosir va onasi vafotidan oldin qurilgan[1]. Zumurrud Xotun vafotidan soʻng ushbu maqbarada dafn qilingan[3].

Bagʻdoddagi Sheikh Maarouf qabristonida joylashgan Zumurrud maqbarasi

Zumurrud Xotun madrasa qurilishida ham faollik koʻrsatgan. Bundan tashqari, koʻpchilik uni siyosat va islom diniy siyosati faoli, islom taʼlimoti va qonunlariga sadoqatli hamda saxovatli inson va boshqa koʻplab jihatlari bilan yodga olishgan[5]. Masalan, Zumurrud Xotun haj ziyorati vaqtida suv taʼminoti tizimi va suv omborlarini taʼmirlash uchun 300000 dirham sarflagani bilan eslanadi[6].

Turli manbalarda Sayyida Zumurrud Xotun „nihoyatda taqvodor ayol“ sifatida tasvirlanib, oʻgʻliga mashhur olim Ibn al-Javziyni ozod qilish uchun yolvorgani eslatib oʻtilgan. Zumurrud hanbaliy mazhabida boʻlgan.

Zumurrud Xotun 1202-yil dekabr yoki 1203-yil yanvar[7] yoki 1203-yil yanvar/fevralda[8] vafot etgach, Sheikh Maarouf qabristoniga dafn qilingan[9].

  1. 1,0 1,1 Tabbaa, Yasser. The Transformation of Islamic Art during the Sunni Revival. University of Washington Press, 2001. ISBN 978-0-295-98125-3. 
  2. Singer, A.. Constructing Ottoman Beneficence: An Imperial Soup Kitchen in Jerusalem, SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press, 2002 — 146-bet. ISBN 978-0-7914-5351-3. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Jacobi, Renate (2002). "Zumurrud K̲h̲ātūn". in Bearman, P. J.. Encyclopaedia of Islam. Volume XI: W–Z (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. ISBN 978-90-04-12756-2. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/*-SIM_8209. 
  4. El-Hibri, Tayeb. The Abbasid Caliphate: A History, 1, Cambridge University Press, 2021-04-22. DOI:10.1017/9781316869567.005. ISBN 978-1-316-86956-7. 
  5. Andoza:Baghdad during the Abbasid Caliphate
  6. Leiden. Encyclopedia of Islam. Infobase Publishing, 2002. 
  7. al-Athīr, ʻIzz al-Dīn; Richards, Donald Sydney. Years 589-629/1193-1231, Crusade texts in translation. Ashgate, 2006 — 71-bet. ISBN 978-0-7546-4079-0. 
  8. Ohlander, Erik. Sufism in an Age of Transition: ʿUmar al-Suhrawardī and the Rise of the Islamic Mystical Brotherhoods, Islamic History and Civilization. Brill, 2008 — 92-bet. ISBN 978-90-474-3214-2. 
  9. Hann, G.; Dabrowska, K.; Townsend-Greaves, T.. Iraq: The ancient sites and Iraqi Kurdistan, Bradt Travel Guides. Bradt Travel Guides, 2015 — 146-bet. ISBN 978-1-84162-488-4.