Sebastiao Salgado
Sebastião Salgado | |
---|---|
Tavalludi |
Sebastião Salgado 8-fevral 1944-yil |
Fuqaroligi | Braziliya va Fransiya[1] |
Bolalari |
Juliano Ribeiro Salgado Rodrigo Salgado |
Veb-sayti | institutoterra.org |
Sebastião Ribeiro Salgado Júnior 1944-yil 8-fevralda Braziliyada tug`ilgan. Ijtimoiy hayotni suratga olish va fotojurnalistika sohasida faoliyat olib borgan[2]
U fotografik loyihalarini amalga oshirish uchun 120 dan ortiq mamlakatlarda sayohat qilgan. Salgadoning asarlarining katta qismi ko'plab matbuot nashrlarida va kitoblarda nashr etilgan. Butun dunyoda uning fotosuratlarining ko'rgazmalari namoyish etilgan.
Salgado UNICEFning yaxshi niyat hamjamiyatining elchisi hisoblanadi. U 1982-yilda U.Yevgeniy Smit xotira fondi granti,[3] 1992-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining xorijiy faxriy aʼzoligi[4] va 1993-yilda Qirollik fotograflar jamiyatining 100 yillik medali va faxriy stipendiyasi (HonFRPS) bilan taqdirlangan.[5] U 2016-yil aprel oyidan beri Fransiya instituti qoshidagi Go‘zal san’at akademiyasining faxriy a’zosi hisoblanadi.[6][7]
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salgado 1944-yil 8-fevralda Braziliyaning Minas -Jerais shtatidagi Aimores shahrida tug‘ilgan. Salgado iqtisodchi sifatida ta'lim oldi. UFESda bakalavr darajasini, Braziliyaning San-Paulu universitetida magistr darajasini va Parij universitetida PhD darajasini oladi.[8]
U Xalqaro Qahva Tashkilotida iqtisodchi sifatida ish boshladi. Shuningdek Jahon bankining topshiriqlari sababli ko`p bora Afrikaga sayohat qilgan.
Fotosuratlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salgado ilk professional fotosuratlarni Afrikadagi sayohatlari davomida olgan. U 1973-yilda fotografiyaga sohasiga o'tganligi sababli iqtisodchi sifatida o`z faoliyatiga yakun yasaydi. Fotojurnalistika sohasiga o`tganining ilk davrlarida, matbuotda chiqadigan yangiliklar uchungina fotolar oladi. Keyinchalik esa hujjatli filmlarni ham suratga olgan.
Salgado dastlab Sygma va Parijdagi Gamma foto agentliklari bilan ishlagan. Ammo 1979-yilda u Magnum Photos xalqaro fotograflar kooperativiga qo'shilgan. U 1994-yilda rafiqasi Leliya Vanik Salgado bilan Parijda o'z ishini namoyish qilish uchun Amazonas Images agentligini tuzish maqsadi sababli Magnumni tark etadi. U ayniqsa, rivojlanish darajasi juda past bo`lgan davlatlardagi ishchilarning ijtimoiy hayotini yoritib bergan fotosuratlari bilan mashhur bo`lgan.[9] Uning asarlari hozirda Parijdagi muzeyda saqlanadi.[10]
Salgado mustaqil ravishda katta hajmli loyihalar ustida ishlaydi va Boshqa Amerika, Sahel, Ishchilar, Migratsiya va Ibtido kabi asarlari alohida kitob sifatida nashr etilgan. Ularning eng oxirigi uchtasi butun dunyoda olingan yuzlab tasvirlarga ega bo`lgan juda ulkan to'plamlar hisoblanadi. Uning eng mashhur suratlari Braziliyadagi Serra Pelada nomli oltin konidagi tasvirdir.[11] U, shuningdek, 2001-yildan beri UNICEFning yaxshi niyat hamjamiyatining elchisi hisoblanadi.[12]
2004-yildan 2011-yilgacha Salgado tabiat va insoniyatning benuqson yuzlarini taqdim etish maqsadida Ibtido tasvirlari turkumi ustida ishlaydi. Bu turkum yovvoyi tabiat manzaralari, shuningdek, ajdodlar an’analari va madaniyatiga mos ravishda yashashni davom ettirayotgan qabilaviy inson jamoalarining suratlaridan iborat. Ushbu ish to'plami insoniyatning tabiatda o'zini qayta kashf etishi uchun potentsial yo'l sifatida ishlab chiqilgan.[13]
Ommabop ichimlikning kelib chiqishi haqida aholining xabardorligini oshirish maqsadida Salgado 2007-yil sentyabr va oktyabr oylarida Londondagi Braziliya elchixonasida Hindiston, Gvatemala, Efiopiya va Braziliyadan kelgan qahvachilar suratlarini namoyish etgan.[14]
Salgado Braziliyadagi Amazon tropik o'rmonlari (Amazoniya) manzarasi va odamlarini ham suratga olgan.[15]
Rejissyor Vim Venders va Salgadoning o'g'li Juliano Ribeiro Salgado tomonidan Salgado va uning ijodiy faoliyati haqida "Yer tuzi" (2014) nomli film suratga olingan.[16]
Ekologiyaga oid fotosuratlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1982: V. Evgeniy Smit memorial fondidan V. Evgeniy Smit Grant[3]
- 1985 yil: Oskar Barnak mukofoti[17]
- 1989: Hasselblad mukofoti, Hasselblad fondi, Gothenburg, Shvetsiya[18]
- 1992: Oskar Barnak mukofoti[19]
- 1992: Amerika san'at va fanlar akademiyasining xorijiy faxriy a'zosi[4]
- 1993 yil: Qirollik fotosuratlar jamiyatining 100 yilligi medali[5]
- 1993 yil: Qirollik fotograflar jamiyatining faxriy stipendiyasi (HonFRPS)[5]
- 1994 yil: Gran-pri Milliy Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniyat vazirligi (Fransiya)[20]
- 1998 yil: Asturiya shahzodasi mukofotlari, San'at toifasi[21]
- 1988: Ispaniya Qiroli xalqaro jurnalistika mukofoti[22]
- 2003 yil: Yaponiya Fotografik Jamiyatining Xalqaro mukofoti[23]
- 2007: M2-El Mundo xalq tanlovi mukofoti Afrika uchun eng yaxshi PhotoEspaña ko'rgazmasi uchun[24]
- 2019: Germaniya kitob savdosining Tinchlik mukofoti[25]
- 2021: Kristal mukofoti, Jahon iqtisodiy forumi[20]
- 2021: Imperial premium[20]
Shon-shuhrat
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brazil: Commander of the Order of Rio Branco (2004)[26]
- France: Knight of the Legion of Honour (2016)[26]
- France: Commander of the Ordre des Arts et des Lettres (2014)[26]
- Monaco: Knight of the Order of Cultural Merit (Monaco) (2018)[27]
Nashrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Noaniq inoyat. Eduardo Galeano va Fred Ritchinning insholari .
- Ishchilar: sanoat davri arxeologiyasi.
- 0-7148-3636-2
- 978-0-89381-891-3
- Bolalar: qochqinlar va muhojirlar. Nyu-York, Nyu-York: Diafragma, 2000 yil.ISBN 978-0-89381-894-4ISBN 978-0-89381-894-4 .
- Sahel: Yo'lning oxiri. Oklend, Kaliforniya: Kaliforniya universiteti matbuoti, 2004 yil.ISBN 978-0-520-24170-1ISBN 978-0-520-24170-1 .
- Afrika. Kyoln: Taschen, 2007 yil.ISBN 978-3-8365-2343-1ISBN 978-3-8365-2343-1 .
- Ibtido. Kyoln: Taschen, 2013 yil.ISBN 978-3-8365-3872-5ISBN 978-3-8365-3872-5 .
- Mening yurtimdan sayyoraga. Rim: Kontrasto, 2014 yil.ISBN 978-88-6965-537-1ISBN 978-88-6965-537-1 .
- Tushning hidi: Qahva olamida sayohatlar. Nyu-York: Abrams, 2015 yil.ISBN 978-1-4197-1921-9ISBN 978-1-4197-1921-9 .
- Quvayt. Olovli cho'l. Kyoln: Taschen, 2016 yil.ISBN 978-3-8365-6125-9ISBN 978-3-8365-6125-9 .
- Oltin . Kyoln: Taschen, 2019 yil. Lélia Wanick Salgado tomonidan tahrirlangan.ISBN 978-3-8365-7508-9ISBN 978-3-8365-7508-9 .
- Amazoniya . Kyoln: Taschen, 2021 yil. Lélia Wanick Salgado tomonidan tahrirlangan.ISBN 978-3-8365-8510-1ISBN 978-3-8365-8510-1 .[15]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ Hudson, Berkley. Encyclopedia of Journalism Sterling: . Thousand Oaks, Calif.: SAGE, 2009 — 1060–67-bet. ISBN 978-0-7619-2957-4.
- ↑ 3,0 3,1 „1982: Recipients: Sebastião Salgado“. W. Eugene Smith Memorial Fund. 2015-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 "Mr. Sebastiao Ribeiro Salgado[sayt ishlamaydi]", American Academy of Arts and Sciences. Accessed 13 August 2014.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Royal Photographic Society's Centenary Award (Wayback Machine saytida 2012-12-01 sanasida arxivlangan) Accessed 13 August 2012
- ↑ TASCHEN. „Academician's Sword for Sebastião Salgado. TASCHEN Books“. www.taschen.com. 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
- ↑ „Les photographes Salgado, Barbey et Gaumy élus à l'Académie des beaux-arts“. Le Parisien (2016-yil 16-aprel). 2019-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „Sebastião Salgado“. International Center of Photography (2019-yil 2-fevral). Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
- ↑ „Biography: Sebastião Salgado“. The Guardian (2004-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Sebastiao Salgado - biography“. www.unicef.org. 2017-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Sebastião Salgado | The Art of Photography“. The Art of Photography (2015-yil 14-may). 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Sebastião Salgado“. UNICEF (2005-yil 29-aprel). 2015-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-fevral.
- ↑ „Sebastião Salgado: Genesis“. International Center of Photography (2016-yil 23-fevral). Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Sebastião Salgado – Genesis | Graphicine“. www.graphicine.com. 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ 15,0 15,1 „'Paradise exists!': Sebastião Salgado's stunning voyage into Amazônia“. The Guardian (2021-yil 21-iyun). Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
- ↑ „The Salt of the Earth review – colourful portrait of visionary photographer Sebastião Salgado“. The Guardian (2015-yil 16-iyul). Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
- ↑ „Sebastião Salgado“. Oskar Barnack Award. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
- ↑ „Sebastião Salgado“. Hasselblad Foundation. Qaraldi: 2015-yil 6-mart.
- ↑ „Sebastião Salgado“. Leica Oskar Barnack Award. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
- ↑ 20,0 20,1 20,2 „Sebastião Salgado - The Japan Art Association“ (pt). The Japan Art Association (2021-yil 14-sentyabr).
- ↑ Tecnologías, Developed with webControl CMS by Intermark. „Sebastião Salgado - Laureates - Princess of Asturias Awards - The Princess of Asturias Foundation“. The Princess of Asturias Foundation. 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ SL, EuroWeb Media. „Sebastião Salgado, Premio de las Artes 1998 | Turismo Asturias“ (es-ES). Turismo Asturias (2017-yil 9-yanvar). 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Photographic Society of Japan Awards“. Photographic Society of Japan. Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
- ↑ Publicista. „La décima edición de PHotoEspaña finaliza con 600.000 visitantes“. www.elpublicista.es (2007-yil 20-iyul). Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ Brazilian photographer Sebastiao Salgado wins German book trade Peace Prize
- ↑ 26,0 26,1 26,2 Academie des Beux Arts
- ↑ „Ordonnance Souveraine n° 7.202 du 18 novembre 2018 portant promotions ou nominations dans l'Ordre du Mérite Culturel. / Journal 8409 / Année 2018 / Journaux / Accueil - Journal de Monaco“.