Kontent qismiga oʻtish

Sebastian Jung

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sebastyan Yungdan yoʻnaltirildi)
Sebastian Jung
Jung VfL Wolfsburg bilan, 2014-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sebastian Alexander Jung[1]
Tavallud sanasi 22-iyun 1990-yil (1990-06-22) (34 yosh)
Tavallud joyi Königstein im Taunus, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.79 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Karlsruher SC
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—1998 1. FC Königstein
1998—2009 Eintracht Frankfurt
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Eintracht Frankfurt II 30 (1)
2009—2014 Eintracht Frankfurt 148 (4)
2014—2019 VfL Wolfsburg 40 (0)
2016—2018 VfL Wolfsburg II 7 (0)
2019—2020 Hannover 96 9 (0)
2020- Karlsruher SC 2 (1)
Milliy terma jamoa
2007—2008 Germaniya U18 4 (0)
2009—2010 Germaniya U20 9 (0)
2010—2013 Germaniya U21 19 (0)
2014- Germaniya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-avgust uchun)

Sebastian Alexander Jung (talaffuzi: Sebastyan Aleksandr Yung; 1990-yil 22-iyunda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, 2. Bundesliga vakili „Karlsruher SC“da oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jung Bundesligadagi birinchi oʻyinini Frankfurtning „Eintracht“ jamoasida oʻtkazdi. 2009-yilning 8-martida Arminia Bielefeldga qarshi oʻyinda Patrick Ochs oʻrniga (0:0) maydonga tushib professional debyut qildi[2]. Bundesligadagi ilk golini 2010-yil 7-fevralda Signal Iduna Parkda Dortmundning Borussia klubiga urdi. 2010—2011-yilgi mavsumda Frankfurtning asosiy jamoasida asosiy oʻyinchi boʻldi. 2013-yil 4-aprelda shartnomasini 2015-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi.

Jung 2014-yilning 22-mayida VfL Wolfsburgga oʻtdi va 2018-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi[3]. „Wolfsburg“dagi yillik maoshi 4 million yevro ekani xabar qilingandi[4].

2019-yil 23-iyunda Jung bir yillik shartnoma asosida Hannover 96 jamoasiga qoʻshildi[5].

Hannoverdagi shartnomasi tugagach, Jung 2020-yil 22-sentyabrda bir yillik shartnoma asosida Karlsruher SCga oʻtdi[6].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jung Germaniyaning U18, U21 va U21 terma jamoalarida oʻynagan.

2012-yilning 11-noyabrida Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinidan oldin bir qancha oʻyinchilar, jumladan Holger Badstuber va Jérôme Boateng jarohat tufayli maydonni tark etgandi. Shuning uchun Jung 2012-yilning 14-noyabrida birinchi marta Germaniya terma jamoasiga chaqirildi. 1999-yilda Horst Heldtdan keyin terma jamoaga chaqirilgan ilk „Eintracht“ futbolchisi hisoblanadi. Ammo maydonga tushmagan

Oradan deyarli ikki yil oʻtib, 2014-yilning may oyida ikkinchi marta chaqiruvni oldi. Gamburgda Polshaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:0) 71-daqiqada debyutant Kevin Vollandn oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. Ushbu oʻyin 2014-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati oldidan sinov tariqasida oʻtkazilgandi.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
4-avgust, 2021-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami Manba
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Eintracht Frankfurt 2008—2009 Bundesliga 6 0 0 0 6 0 [7]
2009—2010 14 1 0 0 14 1 [7]
2010—2011 33 0 3 0 36 0 [8]
2011—2012 2. Bundesliga 33 2 2 0 35 2 [9]
2012—2013 Bundesliga 32 1 1 0 33 1 [10]
2013—2014 30 0 4 0 6 1 40 1 [11]
Jami 148 4 10 0 6 1 164 5
Eintracht Frankfurt II 2008—2009 Regionalliga Süd 16 0 16 0 [7]
2009—2010 7 1 7 1 [7]
Jami 23 1 0 0 0 0 23 1
VfL Wolfsburg 2014—2015 Bundesliga 22 0 2 0 6 0 30 0 [12]
2015—2016 11 0 1 0 4 0 16 0 [13]
2016—2017 4 0 0 0 4 0 [7]
2017—2018 2 0 2 0 4 0 [7]
2018—2019 1 0 0 0 1 0 [7]
Jami 40 0 5 0 10 0 55 0
VfL Wolfsburg II 2016—2017 Regionalliga Nord 3 0 3 0 [7]
2017—2018 3 0 3 0 [7]
2018—2019 1 0 1 0 [7]
Jami 7 0 0 0 0 0 7 0
Hannover 96 2019—2020 2. Bundesliga 9 0 1 0 10 0 [7]
Karlsruher SC 2020—2021 2. Bundesliga 7 0 0 0 7 0 [7]
2020—2021 2 1 0 0 2 1 [7]
Jami 9 1 0 0 0 0 9 1
Jami faoliyati 236 6 16 0 16 1 268 7

Eintracht Frankfurt

VfL Wolfsburg

  1. „FIFA U-20 World Cup Egypt 2009™: List of Players: Germany“. FIFA (6-oktabr 2009-yil). 13-oktabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Zwölftes Remis der Arminia“. kicker.de (8-mart 2009-yil). Qaraldi: 8-mart 2009-yil.
  3. „WOLFSBURG SIGN FRANKFURT'S JUNG“. bundesliga.com (22-may 2014-yil). 2014-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2014-yil.
  4. „Der Jung-Schock“ (olmoncha). bild.de (22-may 2014-yil). Qaraldi: 4-avgust 2014-yil.
  5. Hannover 96 verpflichtet Sebastian Jung aus Wolfsburg, bundesliga.com, 23 June 2019
  6. „"Puzzleteil gefunden": KSC holt Jung aus Hannover“ (olmoncha). kicker.de. kicker (22-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 22-sentabr 2020-yil.
  7. 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 7,11 7,12 „Sebastian Jung » Club matches“. World Football. Qaraldi: 17-fevral 2018-yil.
  8. „Sebastian Jung“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 14-avgust 2014-yil.
  9. „Sebastian Jung“ (olmoncha). kicker. kicker.de. Qaraldi: 14-avgust 2014-yil.
  10. „Sebastian Jung“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 14-avgust 2014-yil.
  11. „Sebastian Jung“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 14-avgust 2014-yil.
  12. „Sebastian Jung“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 14-avgust 2014-yil.
  13. „Sebastian Jung“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 17-fevral 2018-yil.