Sehrlangan Ella (film)
Sehrlangan Ella | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Tommy O'Haver |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Qaysi asarga asoslangan |
Ella Enchanted –Gail Carson Levine |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Nick Glennie-Smith |
Kinematografiya | John de Borman |
Muharrir(lar) | Masahiro Hirakubo |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Miramax Films |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 101 daqiqa[1] |
Mamlakatlar |
|
Til | inglizcha |
Byudjeti | $31 million[2] |
Daromadi | $27.4 million[2] |
Sehrlangan Ella – 2004-yilda suratga olingan komediya janridagi musiqiy fantastik filmi. Rejissyorlar Tommy O‘Haver, Karen McCullah Lutz va Kirsten Smith tomonidan suratga olingan va Gail Carson Levinening 1997-yilda yozilgan xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan. Bosh rollarini Anne Hathaway hamda Hugh Dancy ijro etgan.
Film Amerika Qoʻshma Shtatlari, Irlandiya va Buyuk Britaniyadagi kinostudiyalar bilan hamkorlikda suratga olingan. U tanqidchilar tomonidan turli xil fikrlarga sabab boʻldi. Dastlab materialdagi oʻzgartirishlar va yangi qahramonlar qoʻshilganligi uchun qattiq tanqid qilindi. Levinning taʼkidlashicha, bu film „kitobdan shunchalik farq qiladiki, ularni taqqoslash qiyin“ va undan tashqari „filmga alohida ijod asari sifatida qarashni“ ham taklif taklif qildi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anne Hathaway - Ella rolida.
- Aymi Brigg – yosh Ella rolida.
- Hugh Dancy – marhum qirolning oʻgʻli va taxt vorisi shahzoda „Char“ Charmont rolida.
- Keri Elwes – sir Edgar, shahzodaning amakisi rolida.
- Stev Koogan – Edgarning uy hayvonlari ilon va shoh maslahatchisi Heston.
- Erik Idle – hikoyachi rolida.
- Aidan Makardl – Slannen rolidada, advokat boʻlishni xohlagan elf.
- Jimi Mistry – Mandyning yigitini rolida.
- Minnie Driver – Mandy sifatida, Ella uyida yashaydigan uy joni.
- Vivica A. Fox – Lucinda Perriweather, Ellaga yangi tugʻilgan chaqaloq boʻlganida itoatkorlik „sovgʻasini“ bergan pari.
- Lusi Punch - Hattie rolida.
- Jennifer Higham – Oliva rolida.
- Jim Karter – Nish rolida, odamlarni yeydigan yirtqich hayvon va yirtqich hayvonlar toʻdasining sardori.
- Parminder Nagra – Ellaning bolalikdagi eng yaxshi doʻsti Areida.
- Ankita Malkan – yosh Areida
- Patrik Bergin – Sir Peter, Ellaning otasi va Eleanorning eri.
- Donna Dent – Lady Eleanor rolida, Ellaning onasi va Piterning birinchi xotini.
- Joanna Lumley – Ellaning shafqatsiz va zoʻravon oʻgay onasi, Olga rolida.
- Alvaro Lucchesi – Koopooduk, gigant rolida.
- Heidi Klum – Brumhilda rolida, Slanenning muhabbati.
- Johnny Tri Nguyen – qizil ravon rolida.
Tafsilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitobni birinchi marta 16 yoshida oʻqigan Hathawayning aytishicha, dastlab ssenariyning kitobga ancha yaqin boʻlgan versiyasi boʻlgan, lekin u film sifatida ish bermasligi aytilgan; u filmning aslida qanday boʻlishini afzal koʻrishi haqida qoʻshimcha qilar ekan „ertak boʻlganligi uchun unga biroz komediya ham qoʻshish zarur“ – deya taʼriflaydi. Levinning taʼkidlashicha, film „kitobdan shunchalik farq qiladiki, ularni taqqoslash qiyin“. Ser Edgar and Heston kabi yangi qahramonlar qoʻshilganini ham taʼkidlab, „filmga alohida ijodiy asar sifatida qarashni“ taklif qildi.
Film soundtreki ham Hathawayning oʻzi tomonidan kuylangan.
Hind millatiga mansub britaniyalik aktyor Jimi Mistry filmdagi gapiruvchi kitob rolini oʻynashdan zavqlanganini aytadi, chunki bu unga boshqa rollaridan farqli ravishda yangicha uslubni sinab koʻrish imkonini bergan edi.
Suratga olish ishlari Irlandiyadagi Ardmore Studios bilan hamkorlikda Wicklowda 2002-yil avgust-dekabr oylarida boʻlib oʻtgan. Bundan tashqari jarayon Luggala Estate, Killruddery House va Garden va Kiltegan kabi hududlarda ham oʻtkazilgan[3].
Chiqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film 2004 yil 9 aprel kuni Miramax Films tomonidan chiqarilgan.
Daromadi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Sehirlangan Ella" 2004-yil 9-aprelida premyera qilingan va dam olish kunlaridagi namoyishlar orqali 6 169 030 dollar ishlab topgan holda, tijoriy daromadi boʻyicha toʻqqizinchi oʻrinni egallagan[4]. Yakunda film daromadi mahalliy miqyosda 22 918 387 dollar, xalqaro maydonda esa 4 473 380 dollarni tashkil etgan.
Tanqidiy qabul
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film tanqidchilar tomonidan turli xil baholarga sazovor boʻldi. Rotten Tomatoes sayti unga 115 ta sharhlarga asoslanib, oʻrtacha 5,6/10 reyting hamda 51% lik ijobiy bahoni bergan. Saytda quyidagicha izoh ham qoldirilgan: „Hathaway – maftunkor bosh qahramon boʻlsa-da, oddiy syujet ahmoqona uslubiy usullar tufayli oʻz taʼsirchanligini yoʻqotgan[5]“. „Metacritic“da „Sehrlangan Ella“ 30 ta tanqidchi tomonidan baholangan va 100 reytingdan 53 ballga ega boʻlgan holda „aralash yoki oʻrtacha“ toifadagi filmlar qatoridan joy olgan[6][7].
Chicago Sun-Times nashri tanqidchisi Rojer Ebert filmga 4 balldan 3,5 yulduz berib, uni „yilning eng yaxshi oilaviy filmi“ (2004-yil 9-aprelda) deya taʼriflagan[8] .
Soundtrek
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film soundtreki 2004-yil 6-aprelda Hollywood Records tomonidan chiqarilgan. Trekda Kelly Clarkson va Aretha Franklinning „Respect“, Queenning „Somebody to Love“ hamda Elton Jon va Kiki Deelar tomonidan ijro etilgan „Donʼt Go Breaking My Hear“ qoʻshiqlarining musiqalaridan foydalanilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ELLA ENCHANTED (PG)“. British Board of Film Classification (2004-yil 26-aprel). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 „Ella Enchanted (2004)“. Box Office Mojo. 2018-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 10-sentyabr.
- ↑ „'Ella Enchanted' Leads The Production Schedule For Rest of 2002“. IFTN (2002-yil 29-iyul). 2018-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.
- ↑ „Weekend Box Office Results for April 9-11, 2004“. Box Office Mojo. Internet Movie Database (2004-yil 12-aprel). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-avgust.
- ↑ „Ella Enchanted“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. 2024-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.
- ↑ „Ella Enchanted“. Metacritic. CBS Interactive. 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-avgust.
- ↑ Brueggemann, Tom „The Easter When 'The Passion of the Christ' Beat 'Hellboy' for #1 at the Box Office“ (en). IndieWire. Penske Media Corporation (2020-yil 12-aprel). 2022-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Ella Enchanted“. Chicago Sun-Times. 2021-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.