Semyon Gelferg
Semyon Gelferg | |||
---|---|---|---|
Asl ismi | ruscha: Семён Григорьевич Гельферг | ||
Tavalludi |
1924-yil Odessa, USSR | ||
Vafoti |
29-sentyabr 1943-yil Grigorovka, Kanevskiy tumani, Cherkassi viloyati | ||
Fuqaroligi | SSSR | ||
Xizmatdagi yillari | 1942-1943-yillar | ||
Unvoni | |||
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi | ||
Mukofotlari |
|
Semyon Grigoryevich Gelferg (ruscha: Семён Григорьевич Гельферг; 1924-yil — 1943-yil 29-sentyabr) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.10.1943).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1924-yil Odessada ishchilar oilasida tugʻilgan. 7-sinfni tugatgach, avto-chilangar boʻlib ishlagan. 1942-yilda Toshkent harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1943-yildan janglarda qatnashgan[1].
1943-yil 22-sentyabrga oʻtar kechasi motooʻqchi batalyonining u boshchiligidagi guruhi birinchilardan boʻlib Dneprni jang bilan kechib oʻtadi va oʻng sohildagi dushman bilan jangga kirishadi. Guruh tomonidan Lukovitsi va Grigorovka qishloqlari (Kanevskiy tumani, Cherkassi viloyati) uchun boʻlgan janglarda 2 ta tank va mototsikl yakson etiladi. 29-sentyabrda balandlik uchun boʻlgan jangda, halok boʻlgan vzvod qoʻmondonini oʻrnini egallab vzvodni jangga boshlaydi, shaxsan oʻzi bitta dushman tankini yoʻq qiladi. Shu jangda oʻzi ham halok boʻlgan[2].
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-oktyabrdagi farmoni bilan „Dnepri tez va mohirlik bilan kechib oʻtganligi, gʻarbiy qirgʻoqdagi platsdarmni mustahkam ushlab qolganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, Semyon Gelferg Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan soʻng)[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ warheroes.ru. „Гельферг Семён Григорьевич“.
- ↑ war-heroes.uz. „GELFERG SEMYON GRIGORYEVICH“.
- ↑ Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.