Semyon Maltsev
Semyon Maltsev | |
---|---|
Semyon Aleksandrovich Maltsev | |
Tavalludi |
1904-yil |
Vafoti |
Nomaʼlum Nomaʼlum |
Fuqaroligi | Uchinchi reyx |
Partiyasi | Rossiya Milliy Mehnat partiyasi |
Unvoni | 3-darajali harbiy yurist |
Semyon Aleksandrovich Maltsev (ruscha: Семён Александрович Мальцев; 1904-yil, Qoʻqon shahri, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — 3-darajali harbiy yurist, Qizil Armiyada 100-oʻqchi diviziyasining harbiy prokurori[1], Ikkinchi jahon urushi davridagi rus hamkori. Rossiya milliy mehnat partiyasining asoschisi va rahbari.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Semyon Maltsev Qizil Armiyada100-oʻqotar diviziyasining harbiy prokurori edi. 1941-yil iyun oyida Semyon Maltsev Belorussiya SSRning Minsk shahri yaqinidagi Gʻarbiy frontda bedarak yoʻqoldi. Qoʻlga olingan yoki taslim boʻlganligi haqida maʼlumotlar mavjud emas.
1941-yil sentyabr oyida Semyon Maltsev Hammelburg shahridagi[2] Rossiya Xalq Ozodlik Armiyasi harbiy ofitserlari asirlari uchun lagerda Rossiya Milliy Mehnat partiyasini tashkil etdi va unga rahbarlik qildi. Semyon Maltsev ham Rossiya Milliy mehnat partiyasi Markaziy qoʻmitasini boshqargan[3].
Semyon Maltsevni tanigan insonlarning soʻzlariga koʻra:
U oʻrta boʻyli, juda nozik, koʻzlarida yalligʻlanlanish bor edi. U ogʻir bosiq, oʻziga ishongan va magʻrur inson edi. U rus milliy partiyasini tayyorlash zarurligi haqida gapirar edi, chunki nemislar yaqinda Sovet Ittifoqini parchalashi mumkunligini va ularga yangi Rossiyani qurishda yordam berishimiz kerakligi haqida gapirgan edi[4].
1943-yilda Rossiya Milliy mehnat partiyasi tarqatib yuborildi va Semyon Maltsevning keyingi taqdiri nomaʼlumligicha qoldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Мальцев Семён Александрович“. 31 березня 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31 березня 2019.
- ↑ Boris Kovalev. Povsednevnaya jizn naseleniya Rossii v period natsistskoy okkupatsii. — M.: Molodaya gvardiya, 2011. ISBN 5457246213(rus.)
- ↑ Chuev Sergey. Spesslujbi Tretego Reyxa: Kniga 2. 2003 g.(rus.)
- ↑ З Гітлером проти Сталіна, частина 1 «Радіо Свобода» 22 листопад 2011(rus.)