Semyon Narishkin
Semyon Narishkin | |
---|---|
Tavalludi | 1731-yil |
Vafoti | tahminan 1800-yil |
Ijod qilgan tillari | rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi |
Semyon Vasilyevich Narishkin (1731-1800) – Narishkinlar avlodidan boʻlgan rus amaldori va yozuvchisi[1]. Berg kollegiyasi vitse-prezidenti (1775-1778), Sankt-Peterburg konchilik maktabi direktori (1776 – 1777). General-poruchik V. V. Narishkinning oʻgʻli[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotchi Aleksey Narishkinning katta akasi. 1749-yildan boshlab Semyonov polkining leyb-gvardiyasida xizmat qilgan, Yetti yillik urushda qatnashgan, 1765-yilda podpolkovnik unvoni bilan iste’foga chiqgan[3]. Soʻngra fuqarolik idorasida xizmat qildi, avval Hukumat Senatining 1-departamenti ijrochisi, keyinchalik esa Berg-kollegiyasi prokurori lavozimlarida ishladi. 1767-yilda oʻsha paytdagi Moskva guberniyasining Mixaylovskiy uyezdidagi zodagonlar tomonidan Yangi Qonunlar toʻplami loyihasini tuzish komissiyasiga deputat etib saylandi va „oʻrta tabaqadagi odamlar toʻgʻrisida“gi maxsus komissiyada qatnashdi. Deputat sifatida aslzoda boʻlmagan holda ofitserlik unvonigacha koʻtarilgan shaxslardan nasl-nasabli dvoryanlarni ajratish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi. 1775-yilda davlat maslahatchisi S. V. Narishkin Berg-kollegiyaning vitse-prezidenti lavozimida M. Xeraskov oʻrnini egalladi.
Semyon Vasilevich oʻsha davr adabiy doiralarida sermahsul yozuvchi sifatida tanilgan edi. 1757-yilda Shtrube de Pirmonning „Rossiya qonunlarining boshlanishi va oʻzgarishlari haqida nutq“ nomli asarini tarjima qildi. Aleksandr Sumarokov taʼsirida koʻplab elegiyalar va boshqa kichik she’rlar yozib, ularni akademik „Oylik toʻplamlar“da, shuningdek „Foydali hordiq“ va „Mehnatkash asalari“ jurnallarida chop ettirgan. Uning „Haqiqiy doʻstlik“ nomli komediyasi („Didro uslubida“) ham bor; Semyon Vasilyevich yozgan ikkita maktub 1761 va 1765-yillarda nashr etilgan. Narishkin asarlarining adabiy fazilatlari haqida uning doʻsti N. I. Novikov juda yuqori fikrda boʻlgan.
1778-yilda „bir yilga ishdan boʻshatilgan“, shundan keyin yozuvchi haqida maʼlumotlar yoʻqolgan[4]. 8 (19)-sentyabrda vafot etib, Aleksandr Nevskiy lavrasining Lazarevskiy qabristoniga dafn etilgan. Qabr toshidagi epitafiyaga koʻra, umrining soʻnggi yillarida ruhiy xastalikdan aziyat chekkan: „Nozik tuygʻular tufayli sogʻlom fikrlash qobiliyatidan mahrum boʻldi va toʻqqiz yil azob chekib, abadiy hayotga rixlat qildi.“
Xotini Mariya Ivanovna (1738-1807) general-feldmarshal N. I. Saltikovning tugʻishgan singlisi edi. U Luvrda saqlanayotgan Levitskiy chizgan portretidan mashhur. Bu portretni 1773-yil kuzida Katta dengiz koʻchasidagi Narishkinlar xonadonida yashagan Didro Fransiyaga olib ketgan. Oʻsha yerda Levitskiy faylasufning oʻzini ham tasvirlagan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ .
- ↑ „Директора Горного училища“. 2017-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-aprel.
- ↑ Serkov A. I. Russkoe masonstvo. 1731—2000. Ensiklopedicheskiy slovar. M.: ROSSPEN, 2001 god.
- ↑ Statya V. P. Stepanova o Narishkine v „Slovare russkogo yazika XVIII veka“.
- ↑ Rayskiy B. G. Didro i bratya Narishkini // Fransuzskiy ejegodnik za 1982 g. M., 1984.