Sergey Sirtsov
Sergey Aleksandrovich Sirtsov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Rossiya |
Tavallud sanasi |
1966-yil 25-oktyabr SSSR, Oʻzbekiston SSR, Andijon viloyati, Namangan, |
Boʻyi | 175 sm |
Sport | |
Qaysi sport | ogʻir atletika |
Sergey Aleksandrovich Sirtsov (1966-yil 25-oktyabr, Namangan, Andijon viloyati) — sovet va Rossiya ogʻir atletikachisi, Rossiya ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti (2010—2016). EWF (Yevropa ogʻir atletika federatsiyasi) 1-vitse-prezidenti[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sergey Aleksandrovich Sirtsov 1966-yilning 25-oktabrida ishchi oilasida tavallud topgan. Otasi Aleksandr Nikolayevich Sirtsov oʻzlari istiqomat qiladigan hududga qarashli sport boʻlimida ogʻir atletika boʻyicha murabbiy boʻlgan. Onasi Zoya Semyonovna Sirtsova kasalxonada hamshira boʻlib faoliyat yuritgan. Sirtsovlar oilasida 3 nafar oʻgʻil boʻlib, ularning kattasi Valeriy Aleksandrovich Sirtsov, oʻrtanchasi Aleksandr Aleksandrovich Sirtsov va eng kichigi Sergey Aleksandrovich Sirtsov edi. Yigitlarning barchasi ogʻir atletika sport turi bilan shugʻullanishgan.
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sergey Sirtsov ogʻir atletika bilan yoshlik davrlaridanoq shugʻullana boshlagan. Uning bu sportga ilk qadamini qoʻyishiga Igor Vladimirovich Chepasov sababchi boʻlgan.
Sirtsov otasi Aleksandr Nikolayevich Sirtsov rahbarligi ostida sport faoliyatini boshlagan. Keyinchalik, oʻzi ham maktabda mehnat fani oʻqituvchisi va ogʻir atletika boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan. Oʻng oyogʻidan olgan jarohati tufayli yurganda oqsoqlanar edi. Yoshlik yillarida O‘zbekiston SSR Namangan shahrida yashagan va oʻsha yerdagi 48-sonli o‘rta maktabda tahsil olgan.
1990-yilga kelib, O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan ogʻir atletika murabbiyi Vyacheslav Andreyevich Pak taklifi bilan sport faoliyatini davom ettirish maqsadida Qoraqalpog‘istonning Nukus shahriga ko‘chib o‘tadi. Uning rahbarligida 1991-yilda Donaueschingenda (Germaniya) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi[2]. Oʻsha yili SSSR xalqlarining 10-yozgi Spartakiadasida ham chempioni boʻladi. 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi ostida Barselonada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishirok etadi va oʻz vaznida finalda raqibga oʻyinni boy berib, yakunda kumush medal sohibiga aylanadi[3]. Ukasi Aleksandr Sirtsov boshchiligida 1994-yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etadi va u yerda ham g‘oliblikni qoʻlga kiritadi. 1996-yilgi Yozgi olimpiada oʻyinlarida esa yana bir bor ikkinchi o‘rinni egallashga muvaffaq boʻladi.
1992-yildan Rostov viloyati Taganrog shahri jamoasi safida oʻynay boshlagan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yilda Sirtsov Moskva viloyatiga koʻchib oʻtadi va u yerda oʻzining murabbiylik faoliyatini boshlaydi. 1984-yilda Pedagogika institutiga o‘qishga kiradi, 1992-yilda oʻqishni ogʻir atletika boʻyicha murabbiy-oʻqituvchi mutaxassisligi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlaydi. 2002-yil oxiridan 2010-yilgacha ogʻir atletika boʻyicha Rossiya oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib borgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sirtsov 1991-yilda „SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi“, 1995-yilda „Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi“, 1997-yilda „Doʻstlik“ ordeni, 2007-yilda „Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ faxriy koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan.
Unvonlar, mukofotlar, rekordlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1992-yilda — Barselonada va 1996-yilda Atlantada oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi;
- 1991 va 1994 yillar — Jahon chempioni (1991-yilda SSSR terma jamoasi tarkibida, 1994-yilda Rossiya terma jamoasi tarkibida);
- 1994 va 1995-yillar — Yevropa chempioni;
- 1989, 1993 va 1995-yillar — Jahon chempionati kumush medali sohibi;
- 1989-yil — Yevropa chempionatining kumush medali sohibi;
- 1994-yil — Yaxshi niyat oʻyinlari gʻolibi;
- 12 karra jahon va 5 karra Yevropa rekordchisi;
- Doʻstlik ordeni sohibi;
- „Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ faxriy koʻkrak nishoni sohibi;
- SSSR va Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Исполнительный совет EWF“. 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
- ↑ „Sergey Syrtsov“.
- ↑ „TOP OLYMPIC LIFTERS OF THE 20TH CENTURY“.