Kontent qismiga oʻtish

Seuldagi tiqilinch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Seuldagi tiqilinch
Asosiy
Sababi tiqilinch, vahima
Mamlakat Janubiy Koreya
Joy Seul
Sana 29-oktabr 2022-yil
Talofatlar
Jabrlanganlar 151
Xarita
Seuldagi tiqilinch Vikiomborda

Seuldagi tiqilinch — 2022-yil 29-oktabr shanba kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa[1][2]. Ushbu fojia oqibatida 156 kishi[3][4][5][6][7][8] halok boʻldi, 151 nafar odam tan jarohatlari oldi[3][9].

Voqea sodir boʻlgan joy xaritasi[10]

2022-yil 29-oktabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridagi Itxevon tumanida mahalliy vaqt bilan 22:00 da odamlar Halloween (talaffuzi: Hellouin) bayramini nishonlayotgan paytida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa. Seul markazida joylashgan Itxevon hududida tungi klublar va barlar joylashganligi sababli tadbirlar uchun mashhur joy xisoblanadi. Itxevondagi Xellouin tadbiriga 100 000 ga yaqin odam tashrif buyurdi. Bu COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri mintaqada eng koʻp odam ishtirok etgan Xellouin festivali boʻldi. Olomon „Hamilton“ oteli[11] yonidagi tor koʻchada bir-birini itarib tiqilnch holatni yuzaga keltirgan[12]. Tiqilinch kengligi taxminan 4 m boʻlgan tor koʻchada boshlangan. U yerdagi yoʻl qiyalik joy boʻlgan. Ushbu hodisa Janubiy Korea tarixida 2014-yil sodir boʻlgan „Sevol“ paromini xalokatidan soʻng sodir boʻlgan yirik fojiadir. Ushanda 304 kishi (asosan yuqori sinf oʻquvchilari) halok boʻlgandi.

Voqeaga guvoh boʻlganlarning aytishicha koʻcha qiya holatda boʻlgan, shuningdek, koʻchaning asfalt qismi ham noravon boʻlgan.

Jabrlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Koreyada Seul fojiasi munosabati bilan milliy motam eʼlon qilindi[13]. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida 156 kishi[3][4] halok boʻldi va 151 kishi jarohatlandi[14]. Halok boʻlganlarning[11] 22 nafari[15] xorij fuqarolaridir. Ular orasida Oʻzbekiston (1 kishi), Qozogʻiston (1 kishi[15]), Xitoy (4 kishi), Norvegiya, Rossiya (4 kishi[4]) AQSh, Fransiya, Vyetnam, Shri-Lanka, Tailand, Avstriya va Eron (5 kishi) fuqarolari bor[14]. Baxtsiz hodisa sabab Janubiy Koreya prezidenti milliy motam eʼlon qildi[11] va favqulodda holat sodir boʻlgan joyga tashrif buyurdi.

Vafot etganlar[16]
Fuqaroligi Soni
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 130
Eron bayrogʻi Eron 5
Rossiya bayrogʻi Rossiya 4
Xitoy bayrogʻi Xitoy 4
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 2
AQSH bayrogʻi AQSh 2
Vyetnam bayrogʻi Vyetnam 1
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 1
Fransiya bayrogʻi Fransiya 1
Norvegiya bayrogʻi Norvegiya 1
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 1
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 1
Avstriya bayrogʻi Avstriya 1
Shri Lanka bayrogʻi Shri Lanka 1
Malayziya bayrogʻi Malayziya 1
Jami 156[3]

Guvohlarning aytishicha, Seuldagi fojia sabablaridan biri barlargav kirishning pullik boʻlgandir. Shu sababli koʻpchilik ichkariga kirmay, koʻchada turishgan. Toʻlashga rozi boʻlganlar ham barga darhol kiritilmagan. Kirish joyida odamlarning hujjatlari, „dress-code“ qoidalariga rioya qilinganligi tekshirilgan. Politsiya ushbu barlarni tekshirishni boshlagan[17]. Baʼzilar xavfsizlik choralarini tashkil etishdai xatolarni ham taʼkidlaydilar. Guvohlardan birining soʻzlariga koʻra, koʻchaning turli chekkalarida bir-ikki politsiyachi boʻlganida bu fojianing oldi olinardi. Ular oqimlarni yoyib yuborishar va tartibli harakatni taʼminlagan boʻlardi[17].

OAV yozishicha, 150 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan tiqilinch yuzasidan tergov doirasida Seul politsiya boshqarmasi va boshqa bir qancha boʻlimlarda tintuvlar oʻtkazildi[18].

Janubiy Koreya prezidenti 5-noyabrga qadar mamlakatda milliy motam eʼlon qildi[19]. Butun mamlakat boʻylab Hellowen bilan bogʻliq barcha tadbirlar bekor qilindi[20].

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu fojia munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga taʼziya yoʻlladi[21][22].

RF prezidenti Vladimir Putin Seulda koʻp sonli insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga chuqur hamdardlik bildirdi[23].

2023-yil 8-fevral kuni Janubiy Koreya parlamenti mamlakat konstitutsiyasining 75 yillik tarixida birinchi marta ichki ishlar vazirini isteʼfoqa chiqarish uchun ovoz berdi. Li Sang Min ushbu Xellouin bayramida 159 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan tiqilinch paytida yomon ishlagani sabali ishonchsizlikka uchragan edi[24].

  1. [https://m-en.yna.co.kr/view/AEN20221030000254315?section=national/politics „(4th LD) 59 killed, 150 injured in stampede at Halloween parties in Seoul 02:40 October 30, 2022“] (inglizcha). en.yna.co.kr. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  2. „Janubiy Koreyada Hellouinni nishonlash paytidagi tiqilinchda yuzlab odamlar halok boʻldi“ (oʻzbekcha). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Число погибших в давке в Сеуле выросло до 156“ (ruscha). tass.ru. Qaraldi: 3-noyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2  (RIAN) (oʻzbekcha) Telegram mesenjerida
  5. „Seulda Xellouin bayramini nishonlash vaqtidagi tiqilinch oqibatida 120 kishi vafot etdi — Yonhap“ (oʻzbekcha).
  6.  Vofot etganlar RIA Novostida(rus.) Telegram mesenjerida
  7. YouTube logotipi CNN xabari YouTubeda
  8. YouTube logotipi AFP xabari YouTubeda
  9.  RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
  10. „South Korea mourns, wants answers after Halloween crush kills 153 people“.
  11. 11,0 11,1 11,2 „At least 153 killed, 133 injured in Halloween stampede in Seoul's Itaewon“ (inglizcha). en.yna.co.kr. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  12. YouTube logotipi Euronews xabari YouTubeda
  13.  Milliy motam (RIAN)(ingl.) Telegram mesenjerida
  14. 14,0 14,1 Tafsilotlar (RIAN) Telegram sahifasi
  15. 15,0 15,1  RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
  16. „사망자 156명으로 늘어…부상자 111명 귀가“ (koreyscha). Naver. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
  17. 17,0 17,1  RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
  18.  RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
  19. „Президент Южной Кореи объявил общенациональный траур после давки в Сеуле“ (ruscha). РБК. Qaraldi: 30-oktabr 2022-yil.
  20. cue. „South Korea cancels concerts, government briefings after Itaewon crush | The Straits Times“ (inglizcha). The Straits Times (30-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2022-yil.
  21.  Rasmiy axborot (oʻzbekcha) Telegram mesenjerida
  22. „Shavkat Mirziyoyev Seuldagi fojia munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga ta’ziya yoʻlladi“ (oʻzbekcha). daryo.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  23.  Rasmiy axborot (RIAN) (oʻzbekcha) Telegram mesenjerida
  24.  RIA Novosti AG(rus.) Telegram mesenjerida
Tashqi tasvir
Fojia sodir boʻlgan koʻchaning xaritadagi koʻrinishi