Kontent qismiga oʻtish

Sevara Nazarxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sevara Nazarxon Anvarjonovna
Sevara Nazarxon (2006-yil)
Sevara Nazarxon (2006-yil)
Maʼlumot
TaxallusiSevara
Tavallud topgan sanasi va joyi23-dekabr 1976-yil (1976-12-23) (48 yosh) Asaka shahri
Andijon viloyati, Oʻzbekiston
Yo'nalishifolk-rok, pop, estrada.
Kasbiqoʻshiqchi, shoira, aktrisa
Musiqiy asbob(lar)iPianino, dutor, tanbur, elektro gitara.
Veb-sahifasiwww.sevara.uz realworldrecords.com
MukofotlariMehnat shuhrati ordeni[1]
"Nihol" davlat mukofoti

Sevara Nazarxon, toʻliq ismi Nazarxonova Sevara Anvarjonovna (1976-yil 23-dekabr, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek estrada va folk-rok xonandasi, shuningdek, anʼanaviy oʻzbek musiqasi ijrochisi, bastakor. O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti[2].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sevara Nazarxon 1976-yil 23-dekabrda Leninsk shahrida (Andijon viloyati, O‘zbekiston SSR, SSSR) o‘zbek xalq musiqasi ijrochilari oilasida tug‘ilgan. 1998—2003-yillarda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida tahsil olgan.

Sevara Nazarxon „T-solo“ guruhi tarkibida qoʻshiq aytishni boshlagan, guruh Karen Gʻofurjonov, Alisher Madumarov va Zarina T. dan tarkib topgan va ular faqat a kapella janrida kuylashgan. Keyinchalik Sevara Mansur Toshmatov asos solgan to‘rt nafar qizdan iborat „Sideris“ guruhida qo‘shiq kuylagan bo‘lsa-da, mashhurlikka yakkaxon faoliyatini boshlab, dutorda zamonaviy motivlar bilan xalq kuyini chalib erishgan.

Sevara Nazarxon 2000-yil sentabr oyida „Nihol“ davlat mukofoti, oradan 2 yil oʻtib, 2002-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan[3].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sevara Nazarxon o‘zbeklarning ming urug‘iga mansub bo‘lib uning ota tomondan shajarasi quyidagicha[4]:

Sevara—Anvarjon—Bahodir—Nazarbek—So‘fibek—Sheralixon—Hojibek—Abdulrahmonbiy—AbdulkarimbiyShoxruhbiy—Ashurbiy

Qoʻshiqchining „Yoʻl boʻlsin“ albomi 2003-yilda chiqarilgan. Albomning musiqiy prodyuseri taniqli fransuz musiqachisi va prodyuseri Ektor Zazu boʻlgan. Albom yevropalik musiqa tanqidchilari tomonidan iliq kutib olingan. Shundan so‘ng Sevara Piter Gabrielning „Gowing Up“ jahon gastrolida ishtirok etdi, gastrol davomida Yevropa, AQSh va Kanadaning barcha yirik maydonlarida 50 dan ortiq kontsertlar o‘tkazdi.

Sevara 2004-yilda nufuzli BBC World Music Award[en][5][6] tadbirida „Best Asian Artist“ (Eng yaxshi Osiyo sanʼatkori) nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. Keyingi ikki yil davomida Sevara va uning guruhi butun Markaziy Yevropa va Osiyoni qamrab olgan uzluksiz gastrollarda safar qilishgan.

Oʻzbek estradasida Sevara Nazarxon nomi 1999-yilda kirib keldi. Muhammad Yusuf sheʼriga bastalangan „Yur muhabbat“ qoʻshigʻi unga omad olib keldi. 2000-yildagi ilk „Koʻrgim kelar“ albomidan joy olgan qoʻshiqlari hamon katta ahamiyatga ega. 2001-yil boshidagi „Tushim“ va „Unutgin“ qoʻshiqlariga ishlangan kliplari oʻzining zamonaviyligi bilan barchaning diqqatini tortdi. Setora guruhi bilan kuylangan „Dugona“, Abdulaziz Karim bilan kuylangan „Yagonam oʻzing“ qoʻshiqlari haqiqiy mashhurlik keltirdi. 2000-yil sentabr oyida birinchi marta „Nihol“ Davlat mukofotiga Tohir Sodiqov, Dilfuza Rahimova, Setora guruhi qatorida sazovor boʻlib, tantanali marosimda „Millatlar“ qoʻshigʻini ijro etdi. 2001-yil 31 avgust kuni Mustaqillik maydonida boʻlib oʻtgan Istiqlolning 10 yillik tantanalarida Muhammad Yusuf qalamiga mansub „Ulugʻimsan Vatanim“ qoʻshigʻini ijto etib, haqiqiy isteʼdodini namoyon etdi. 2002-yilda ijro etilgan „Vatan bu“ kompozisiyasi ham olqishlarga sazovor boʻldi. Sevara Nazarxon 2000-yildan boshlab Londondagi Universal Music studiyasi hamda dunyoga mashhur xonanda va produser Piter Gabriel bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2003-yildan boshlab xalq qoʻshiqlarini pop-folks yoʻnalishida ijro eta boshladi. Uning ijrosini toʻlaqonli maqom ijrosiga qiyoslash sanʼatshunoslik nuqtai nazaridan notoʻgʻridir. Sevara ijrosidagi maqom va xalq qoʻshiqlari kuylash anʼanalari va stilistikasidan chekingan holda, koʻproq eʼtibor ovozning musiqaga joʻrligiga erishish barobarida uslub buzilishiga duchor boʻlgan. Biroq uning oʻzbek xalq qoʻshiqlarining dunyo miqyosida yangrashiga qoʻshayotgan hissasi beqiyosdir. Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova oʻz intervyularidan birida, Sevara Nazarxon xalq qoʻshiqlarini dunyoga oʻz mualliflik qoʻshigʻi sifatida taqdim etayotganligini tanqid qilib oʻtgan.

Pop yoʻnalishida ijod qiluvchi Sevara Nazarxon oʻz qoʻshiqlarida Markaziy Osiyo qoʻshiqchiligida keng tarqalgan milliy cholg'u asboblari dutor va tanbur dan keng foydalanadi. Soʻnggi yillarda xorijiy musiqa yozish studiyalarida yaratilgan qoʻshiqlarda xalq ogʻzaki ijodi namunalarining zamonaviy yoʻnalishda yangicha talqin etilishi Sevara Nazarxonga oʻziga xos imidj yaratdi. 2003 yilda fransiyalik prodyuser Hector Zazou hamkorligida yaratilgan Yol Boʻlsin albomi tanqidchilar tomonidan xush kutib olindi. Ushbu albomdag baʼzi qoʻshiqlar 2005 yilda Afro Celt Sound System albomiga kiritilgan (Volume 5: Anatomic).

2000-yilda suratga olingan „Tohir va Zuhra“ yangi talqin filmida rol ijro etib, Abdulaziz Karim bilan „Yagonam oʻzing“ duetini ijro etgan. Sevaraning Rossiya Fedratsiyasining vokal ijrochiligi boʻyicha eng asosiy „Golos“ yaʼni „Ovoz“ loyihasidagi ishtroki hamma oʻzbeklar uchun kutilmagan hol boʻldi. Shundan keyin u „Vishka“, „Toch v Toch“, „Tantsi so Zvezdami“ kabi loyihalarda ham qator yutuqlarga erishdi. Hozirda u oʻz oilasi bilan Angliyaning London shahrida istiqomat qilsada, London — Moskva — Toshkent yoʻnalishida muntazam qatnab turadi. Bahor va kuzda asosan Toshkentda istiqomat qiladi. Deniz ismli oʻgʻli bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 26-avgustdagi Farmoni bilan Sevara Nazarxonga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni berilgan.

„Tam net menya“ qoʻshigʻi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda shoir Pavel Jagunning 1980-yillarning oxirida yozgan bastakori Igor Nikolaev boʻlgan „Tam net menya“ sheʼri asosida kuylangan Sevaraning eng mashhur qoʻshiqlaridan biriga rasmiy klip suratga olingan[7][8]. Sharhlovchilarning fikriga koʻra, Sevara qoʻshiqda chuqur shaxsiy tuygʻuni toʻldirishga muvaffaq boʻlgan va uning ijrosi tinglovchilar orasida eng yaxshi va eng mashhurlaridan biriga aylangan. 2022-yilda Olimpiya chempionlari Nikita Katsalapov va Viktoriya Sinitsina Pekinda boʻlib oʻtgan Olimpiadada qatnashish jarayonida Sevaraning „Tam net menya“ qoʻshigʻiga raqsga tushishgan[9]. Qoʻshiq „Cheburashka“ filmida ham yangraydi.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Bahtimdan (2000)
  • Yoʻl Boʻlsin (2003)
  • Bu Sevgi (2006)
  • Sen (2007)
  • Tak legko (2010)
  • Maria Magdalena (2012)
  • Pisma (2013)

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film nomi Rol
2000 Tohir va Zuhra yangi talqin Zuhra
"Maysara" super yulduz
2014 Koʻrgim keladi Ziyoda Aliyeva (Vokal)
Yil Film nomi qoʻshiq
2000 Tohir va Zuhra yangi talqin (Abdulaziz Karim (Asr guruhi) bilan)
2002 Osmondagi bolalar (film)
2003 Osmondagi bolalar-2
Maysara super yulduz
2005 Yoʻl boʻlsin (Yalla qoʻshigʻiga kaver)
2006 Bir kam dunyo (teleserial) (Shahzod guruhi bilan)
2006 Bir kam dunyo 2 (Shahzod guruhi bilan)
2009 Suv yoqalab
2009 SMS qursin (Shahriyor bilan)
2014 Baxt ortidan
2014 Koʻrgim keladi
2014 Sensiz hayot zerikarli
  1. http://lex.uz/docs/2396343
  2. „Sevara Nazarxon xalq artisti boʻldi“. Qalampir.uz.
  3. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan "O nagrajdenii v svyazi s odinnadsatiletiem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov nauki, zdravooxraneniya, kulturi, iskusstva, prosveщeniya, sredstv massovoy informatsii i sotsialnoy sferi " 26 avgusta 2002 goda № UP-3119
  4. Shoxruhbek Umarov. Xudoyorxon avlodlari tarixi. Adabiyot uchqunlari, 2016. ISBN 978-9943-992-35-1. 
  5. „Awards for World Music 2004: Winners & Nominees“ (en). BBC Radio 3[en]. 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-dekabr.
  6. Griffiths, James. „BBC Radio 3 awards concert“ (en). The Guardian (2004-yil 11-mart). 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-dekabr.
  7. „Севара - Там нет меня (Официальное видео)“. 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.
  8. „Смысл песни Там нет меня — Севара“. 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.
  9. „РБК, 20 февраля 2022. Видео лучших моментов показательных выступлений фигуристов на Олимпиаде“. 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.