Sey muzligi
Qiyofa
Sey muzligi - Katta Kavkaz tizmasining shim. yon bagʻridagi muzlik. Uilpata va Adayxox choʻqqilari oraligida. Maydoni 9,7 km². Uz. 8,6 km, eni 600 m. 2200 m balandlikkacha tushib borgan. Muzlikdan Seydon daryosi (Ar-don daryosining chap irmogʻi) boshlanadi. Sey muzligi yaqinida alpinistlar lagerlari va turistik baza joylashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |